STARS International University
61
rasmiylashtirilgan holatlar mavjud bo‘lsa, korxona balansida chalkash (buzib ko‘r-
satilgan) ma’lumotlar aks ettiriladi.
2.
Balansning haqqoniyligi.
Ushbu prinsip hisob obyektlari bahosi bilan balans-
ning tegishli satrlarida aks ettirilgan ma’lumotlar bilan muvofiqligini anglatadi.
3.
Balansning birligi.
Ushbu prinsip buxgalteriya balansi
hisob va baholashning
yagona prinsiplari asosida shakllanishini bildiradi.
4.
Balansning davomiyligi.
Balans shakllanishining ushbu prinsipi har bir keyin-
gi balans o‘zidan oldingi balans ko‘rsatkichlaridan kelib chiqishini anglatadi. Misol
uchun, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yakuniy balans hisobot yili uchun boshlang‘ich
balans bo‘lishi kerak.
Balansning aniqligi.
Ushbu prinsip buxgalteriya balansini tuzgan hamda uni
o‘qiydigan va tahlil qiladigan shaxslarning barchasi tushunishi
uchun qulayligi bi-
lan izohlanadi.
Bizning fikrimizcha, buxgalteriya balansini shakllantirishda yuqoridagi prinsip-
larga rioya qilish unda keltirilgan axborotlarning to‘g‘riligi,
haqqoniyligi hamda
taqqoslanuvchanligini ta’minlashga imkon beradi.
XULOSA
O‘tkazilgan tadqiqot natijaslarini umumlashtirgan holda iqtisodiy adabiyotlarda
buxgalteriya balansini turkumlashning belgilari bo‘yicha yagona yondashuv mav-
jud emasligi haqida xulosa qilish mumkin. Buxgalteriya balansini turkumlash belgi-
lari va turlari bo‘yicha har bir muallifning o‘ziga xos qarashi mavjud.
Har bir davrda
buxgalteriya balansini turkumlash belgilari axborotlarni shakllantirish va umumlas-
htirish talablari va prinsiplariga javob bergan bo‘lsa-da, jamiyat rivojlanishi bilan
birgalikda buxgalteriya
hisobining kuzatuv obyektlari, xo‘jalik yurituvchi subyekt-
lar ma’lumotlarini shakllantirishga yondashuvlar o‘zgardi va shundan kelib chiqqan
holda buxgalteriya balanslarini turkumlash belgilari ham o‘zgarishlarga uchradi.
Mualliflarning buxgalteriya balansini turkumlashga turli xil yondashuvlari bo‘lishi-
dan qat’i nazar, umumiy jihatni– tuzgan vaqtini ko‘rsatish mumkin.
Buxgalteriya
balansini turkumlashga nisbatan qarashlarning umumiyligi balansning ma’lum bir
sanada tuzilganligi va tuzish maqsadiga bog‘liqligidir.
Shunday qilib, umumlashgan ko‘rsatkichlarni shakllantirish va balansni tuzish
maqsadlariga bog‘liq holda istalgan xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriya balan-
sining turkumlash belgilarini ajratib ko‘rsatishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: