STARS International University
59
3.
Aktivlarni xarid qilish natijasida vujudga kelgan, kelgusida tayinlanishi bo‘yic-
ha qaytarilishi zarur bo‘lgan majburiyatlar [7].
I.T. Abdukarimov va N.V. Ten tomonidan bildirilgan ushbu fikrda buxgalteriya
balansining tuzilishi ularni tahlil qilish nuqtayi nazaridan bildirilgan bo‘lib,
buxgal-
teriya balansining strukturasini to‘liq ochib bermaydi.
Buxgalteriya balansi bo‘limlari va moddalari joylanishining o‘ziga xos qat’iy
qonuniyatlari mavjud. Buxgalteriya balansining tarkibiy tuzilishi O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-son “Moliyaviy hi-
sobot shakllari va ularni to‘ldirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i bi-
lan tasdiqlangan. Ushbu buyruqning 1-ilovasida buxgalteriya balansining shak-
li tasdiqlangan bo‘lib, buxgalteriya balansi aktiv va passiv qismlardan iborat.
O‘z navbatida, aktiv qismi ikkita bo‘lim: uzoq muddatli aktivlar va joriy aktivlar,
passiv qismi esa o‘z mablag‘lari manbalari va majburiyatlar deb nomlangan bo‘lim-
lardan iborat [8].
O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya balansi aktivi
qismlari va moddalari
aktivlarning likvidligi o‘sib borishi tartibida joylashtirilgan. Buxgalteriya balansi-
ning 1-bo‘limi “Uzoq muddatli aktivlar”da realizatsiya qilinishi nisbatan qiyin bo‘l-
gan aktivlar, “Joriy aktivlar” deb nomlangan 2-bo‘limida 1-bo‘limda joylashgan
atkivlarga nisbatan likvid hisoblangan aktivlar joylashgan, ya’ni ular osonlik bi-
lan pulga aylantirilishi hamda qarzdorlikni so‘ndirish uchun yo‘naltirilishi mumkin.
O‘z navbatida, “Joriy aktivlar” bo‘limining ichida ham aktivlar
likvidlik darajasining
oshib borishi tartibida joylashtirilgan [9].
Demak, buxgalteriya balansining tuzilishi bo‘yicha mutaxassislar fikr bildirishda
o‘z davlatining buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar
talablarini e’tiborga olishga harakat qilishgan.
Buxgalteriya balansining eng muhim jihatlaridan biri bu manfaatdor tomonlarga
korxonaning mablag‘lari va ularning manbalari, o‘z aylanma mablag‘lari, majburi-
yatlari,
umuman olganda, moliyaviy holati haqida ma’lumot taqdim qilishidir.
Buxgalteriya balansining muhimligi va ahamiyati korxonaning aktivlari va pas-
sivlari harakati ustidan to‘liq nazorat qilish, keyinchalik foyda olish maqsadida
u yoki bu resurslarni ishlab chiqarishga jalb qilishning
maqsadga muvofiqligini
aniqlash, salbiy iqtisodiy hodisalarning oldini olish yoki oqibatlarini pasaytirish,
moliyaviy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash imkoniyatini taqdim etishi-
dan iborat. Ushbu maqsadlarga erishish uchun buxgalteriya balansi ma’lumotla-
ridan foydalanuvchilarni buxgalteriya balansi subyektlari deb nomlash mumkin.
Buxgalteriya balansi subyektlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
1.
Qonunchilik va ijro hokimiyati organlari.
2.
Investorlar va aksionerlar.
3.
Mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar.
4.
Turli xil kreditorlar.
Buxgalteriya balansi ma’lumotlari foydalanuvchilarining turli xil ma’lumotla-
ridan foydalanadilar. Korxonaning joriy va kelgusidagi to‘lovga layoqatliligi kabi
ma’lumotlar mol yetkazib
beruvchilar va kreditorlarni, korxonaning foydalilik da-
rajasi aksionerlar va investorlarni, aylanma mablag‘larning harakati va holati ichki
foydalanuvchilarni qiziqtiradi. Bundan ko‘rinadiki, buxgalteriya balansi ma’lumot-
laridan foydalanuvchilarining ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojlari turli xil. Shundan
Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi
innovatsion
rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.
60
kelib chiqqan holda buxgalteriya balansi ma’lumotlarini shakllantirishga nisbatan
ma’lum bir talablar ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya balansiga nisbatan qo‘yilgan talablar
“Buxgalteriya balansi” nomli 15-sonli buxgalteriya hisobi milliy standarti bilan tar-
tibga solinadi.
“Buxgalteriya balansi” nomli 5-sonli BHMS buxgalteriya balansini topshirish
chog‘ida oshkor qilinadigan axborotga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi [10]. Ush-
bu standartning 4-bandida “Buxgalteriya balansidagi barcha axborot to‘g‘ri osh-
kor qilinishi va foydalanuvchilarga tushunarli bo‘lishi kerak”[11]ligi ta’kidlangan.
Ushbu 15-son BHMs O‘zbekiston Respublikasida Buxgalteriya
balansining maz-
muniga hamda undagi axborotlarni shakllantirishga nisbatan talablarni tartibga
soluvchi asosiy hujjat hisoblanganiga qaramasdan, buxgalteriya balansini tuzishda
amal qilinadigan prinsiplar keltirilmagan.
Mamlakatimizdagi soha mutaxassislari hisoblangan A.A. Karimov, F.R. Islomov,
A.Z. Avloqulov, R.D. Dusmuratov, D. Xolboev, I.K. Ochilov, D.X. Azlarov va bos-
hqalarning ishlarida buxgalteriya hisobini tuzishda rioya qilinishi kerak bo‘lgan
prinsiplar keltirilgan bo‘lib, moliyaviy hisobotni tuzishda amal qilinishi kerak bo‘l-
gan umumiy talablar bayon qilingan [12].
O.V. Mamoshina buxgalteriya balansining ahamiyati uni shakllantirishning asosiy
prinsiplarida o‘z aksini topadi, deb ta’kidlagan hamda
quyidagi asosiy prinsiplar-
ni keltirgan. O.V. Mamoshinaning fikriga ko‘ra, ushbu prinsiplarga amal qilishgina
buxgalteriya balansining zarur funksionalligini ta’minlaydi [13]:
Dostları ilə paylaş: