O’quv sharoitining motivaciyasi. Motivaciyaning manbalari quyidagilar:
Ichki manbalar. Ular insonning tug’ma yoki orttirilgan ehtiyojlari bilan belgilanadi. Ulardan eng muhimi tug’ma informaciyaga bo’lgan ehtiyojdir. Orttirilgan ehtiyojlar esa gnostik va ijtimoiy ijobiy ehtiyojlar hisoblanadi.
Tashqi manbalar. Ular shaxsning ijtimoiy hayot shart-sharoitlari bilan belgilanadi.
Talabalar ularning birinchisi bo’lib, jamiyatning shaxsdan talab qiladigan ta`limiy xulq-atvor formalarini bildiradi. Bog’cha, maktayu, oila boladan juda ko’p ishlarni amlaga oshirishni talab qiladi.
Ijtimoiy kutish har birimizdan ma`lum bilimlar, ko’nikmalar darajasini bo’lishi zarurligini jamiyat kutishini bildiradi. Masalan, 1 yoshli bola yurishi kerak deb hisoblaymiz.
Imkoniyatlar – shaxs faoliyatini belgilovchi ob`ektiv shart-sharoitlardir. Masalan, bolaning uyidagi boy kutubxona uni kitob o’qishga undaydi.
Shaxsiy manbalar. Bu shaxsning qadriyatlari sistemasi, ustanovkalari, g’oyalaridir. Bu manbalar har bir shaxs faoliyatida u yoki bu darajada mavjud. Ularning barchais faoliyatning kechishiga ta`sir etib, ta`lim jarayonining motivaciyasini tashkil etadi.
O’quv harakatlari faoliyatda qanday funkciyani bajarishiga qarab o’quv faoliyati quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:
tashqi informaciyani passiv o’zlashtirish;
qisman izlanish metodi – o’quvchidan ijod qilishni talab etadigan metod;
tadqiqot metodi – o’qituvchi (metodisiz) yordamisiz tashkil etiladigan ta`lim metodi;
aqliy xatti-harakatlar bilimlar, malaka va ko’nikmalarni bosqichma-bosqich rivojlanishi nazariyasiga ko’ra (P.Ya.Gal`perin) bu jarayon 6 bosqichdan iborat:
a) motivaciya;
b) tushuntirish;
v) moddiy shakldagi xatti-harakatlarni bajarish;
g) baland ovozda xati-harakatlar va vazifalarni bajarish;
d) xatti-harakatlarni ichki planda bajarish;
e) faoliyatni fikran bajarish.
Ta`lim jarayonining samaradorligi bir qancha psixologik omillarga bog’liqdir.bular avvalo o’quvchining o’qishga bo’lgan munosabati, uning diqqati xususiyatlari, o’qituvchi tomonidan belgilangan ustanovkalar, o’qitishning emocional xususiyati va o’quvchining qiziqishlaridir.