Amerika sivilizasiyasi. Reja Qadimgi Amerika sivilizatsiyalarining kelib chiqishi Mayalar sivilizatsiyasi



Yüklə 28,46 Kb.
səhifə6/6
tarix19.04.2023
ölçüsü28,46 Kb.
#100311
1   2   3   4   5   6
3-mavzu (2)

Atsteklar.
XIII asrda shimoldan hozirgi Meksika hududiga kelgan atsteklar Tenochtitlan shahriga asos solgan. Atsteklar – Markaziy Amerikada yashagan hindu xalq edi. Ular boshqa hududlarni xam istilo qiladilar. 1520 yilga kelib, Atsteklar imperiyasi Tinch okeanining qirg'oqlaridan Atlantika sohiligacha, shimolidagi cho'llardan janubdagi Yukatan yarim orolidagi Mayya hindulari yashash joylariga qadar tarqaldi.
Atsteklar sivilizatsiyasi qita`dagi eng gullab-yashnaganlardan biri hisoblangan. Bu davlatning 15 million aholisi bo'lgan va imperiya o`ziga yarasha mukammal boshqarilgan. Davlatni merosxo'r hukmdor boshqargan. Yuqori lavozimlarni aslzoda odamlar egallagan va xizmat uchun ish haqi olishgan. Zarur maxsulot nazorat ostidagi hududlardan olib ketilgan.
Atsteklar qo'shni qabilalarni bo'ysundirib, ularni og'ir soliqlarni to'lashga va qullarni berishga majbur qildilar. Qabilalar hali ham mahalliy boshliqlar tomonidan boshqarilgan bo'lsa-da, asosiy shaharlarda atsek hokimlari va o'lpon yig'uvchilar tayinlangan.
Atsteklar ko'plab xudolarga sig'inishgan, lekin o'zlarini inson qurbonligini talab qiladigan Quyosh xudosi tanlangan odamlar deb hisoblashardi. Ular bu xudo doimiy ravishda oziqlantirishga muhtoj deb ishonishgan. Koinotdagi hayot faqat mahbuslarni qurbon qilish orqali uzaytirilishi mumkin deb xisoblaganlar.
Asteklar ko'proq asirlarni qo'lga olish uchun kurashdilar. Suma II ning davrida bir marosimda 12 ming asir qurbon qilinadi. Ba'zida asteklar qurbonlarining oyoq-qo'llarini yeb, ruhoniylari esa odam terisidan qilingan marosim kiyimlarini kiyib yurishgan. Agar jasur jangchi qurbon qilingan bo'lsa, asteklar uning kuchi o'z askarlariga o'tishiga ishongan.
Asteklarga 2 yoʻlboshchi va 20 urugʻ oqsoqolidan iborat kengash rahbarlik qilgan. Savdo rivojlangan, hunarmandchilik ajralib chiqa boshlagan. Ispanlar kelguniga qadar Asteklar temirni bilmaganlar, lekin oltin, kumush, mis va jezni eritishni bilganlar. Asosiy ekinlari joʻxori, paxta, kakao, tamaki boʻlgan. Itdan boshqa uy hayvonlari boʻlmagan. Asteklarning piktografik xati, yuksak sanʼati, quyosh taqvimi boʻlgan. 
Yüklə 28,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin