1. A. Gamiltonning AQSh mustaqilligining dastlabki yillardagi faoliyati. 1774 yilning kuzida Shimoliy Amerikaning loyalistlari juda ham qattiq xavotirga tusha boshlashdi. Yaqinda yakunlangan Qit’a kongressining qarorlari imperiya va monarxning oliy xokimiyatiga qarshi edi. Aynan shu qarorga qarshi Nyu-York loyalistlaridan bo‘lgan ruxoniy Semyuel Siberi kongressmenlarga yo‘naltirilgan pamflet maqolasini taqdim etadi. U o‘z maqolasida monarxiyaga va absolyutizmga tayangan holda davlat boshqarish kerakligini uqtiradi.
Lekin Siberining maqolasiga raddiya javobini Nyu-York vatanparvarlari uzoq kutib o‘tirishmadi. 15 dekabr kuni xammani xayron qoldiradigan, hech kimga tanish bo‘lmagan bir muallifdan monarxiya tuzumiga qarshi fikrlar shunday yozilgan ediki, o‘sha maqola vatanparvarlarni juda ham qattiq xayratda qoldirdi. Keyinchalik Nyu- York axli taajjubda qolishdi, negaki bu pamflet muallifi yosh talabaga mansub ekanligi va bu talaba Aleksandr Gamilton ekanligi ma’lum bo‘lib chiqadi .
Gamilton o‘zining pamfleti bilan chiqishi- qaxramonlik edi. U endi xoxlasa xam, xoxlamasa xam koloniyaning eng kuchli bilimdonlari bilan kuch sinashi shart edi. Bundan tashqari Shimoliy Amerikadagi Angliyaning manfaatlarini jon-jaxdi bilan himoya qiluvchi shaxs bilan baxs-munozara olib bordi. Gamilton uchun bu aqliy-intellektual sinov bo‘ldi. Koloniyalarni huquq va erkinliklarini himoya qilish borasidagi maqolasi xuddi birinchi pamfleti kabi ikkinchisi ham (23 fevral 1775 yil) a’lo baholandi.
Harbiy xarakatlar boshlangandan keyin Gamilton o‘ylanmasdan va ikkilanmasdan yangi tuzilgan xukumat armiyasida xizmat qilishini bildirdi. 1776 yilning 1 martida Nyu-York legistraturasi Gamiltonga
1) Sogrin V.V.Ideynыe techeniya v Amerikanskoy revolyusii XVIII veka.M., 1980g
kapitan unvonini taqdim etadi va batalon komandiri lavozimi beriladi. Gamilton yosh kapitanga xos shijoat bilan artilleriya bataloniga 68 odamni jalb etdi. Nyu-York shaxriga harbiy xarakatlarni ko‘chgunga qadar Gamiltonning batalonining turmush tarzi bir xilda o‘tardi. Ularni kuni asosan saf tortib yurish, marshirovka qilish bilan shug‘ullanardilar. Xizmatni yaxshi o‘taganliklari uchun batalonga shaxar legistraturasi qirg‘oq mudofasini ishonib topshiradi.
1776 yilning 12 iyulida kapitan Gamilton Gudzon gorizontlarida ingliz kemalarini ko‘radi. Artilleriya qurollari shay holatiga keltirildi. Kema yaqin masofaga kelganida bir necha to‘p otiladi. Lekin otgan to‘plari ingliz kemalariga hech qanday zarar yetkazmagan bo‘ladi. Nadomatlarga qolgan Gamiltonni ingliz kemasini orqaga suzib ketganligi uni bunday sharmandalikdan asrab qoladi.
9 avgustda Gamiltonning bataloni Qit’a kongressi armiyasi bilan birlashib ketadi. Sentabr oyida Vashington askarlari mag‘lubiyatga uchraganlaridan so‘ng Gamilton bataloni ular bilan birga Nyu-Yorkdan chiqib ketishga majbur bo‘ladilar. Ammo 1776 yilning oxirida vatanparvarlarga omad kulib boqadi. Ular ikkita jangdan so‘ng qo‘li baland keladi va inglizlarning ta’qibidan xalos bo‘ladilar. Endi esa Morristaun tepaliklarida uzoq qishlik turishi boshlandi. Shu vaqt mobaynida uch oy davomida qilingan yo‘qotishlarni sarhisob qilish kerak edi. Gamilton uchun bu ish qiyinchilik tug‘dirmagan.
1777 yilning mart oyi kunlarining birida bosh qo‘mondonning taklifiga ko‘ra Gamiltonga ad’yutantlik lavozimi taklif etiladi. Bu lavozimga Gamiltonni tavsiya qilgan odam general Grin edi. Gamilton ad’yutantlik lavozimini qabul qildi.
Avvalam bor Vashington unga podpolkovnik unvonini beradi. Keyinchalik esa Gamiltonning vazifalarini sekin astalik bilan uqtirilib borildi. Aleksandr Gamilton Djorsh Vashington devonxonasining boshlig‘i etib tayinlandi. Uning vazifasi Vashington nomidan mamlakatning siyosiy arboblari, biznesmenlari va boshqa shaxslar bilan yozishmalar olib borish edi. Aynan ad’yutantlik davrida u Vashingtonga o‘zining shijoati, tadbirkorligi, aqlliligi va uddaburonligi kabi xislatlari bilan e’tiborga tushgan edi. Bundan tashqari mustaqillik uchun olib borilgan urush mobaynida kongressning armiyasida askarlar yetishmasdi.Gamilton bu muammoni ham hal qilishga urinadi. Uning fikricha, “Armiyani negr-qullar bilan to‘ldirilishi va evaziga ularni qullikdan ozod etilishi ” bo‘lgan .
Bundan tashqari Gamilton bu urushni qanday qilib g‘alaba qozonishi to‘g‘risida ko‘p fikr yuritgan. Gamilton bu masalada siyosiy tomonlama yondoshgan. Asosiy g‘alabalar jang maydonida emas, balki o‘sha jang qilayotgan armiyaning davlati qay darajada ekanligidadir. Kuchli davlatni tuzish uchun bu davlat birinchi o‘rinda nafaqat siyosiy mustaqillikka, balki shu bilan bir qatorda moliyaviy-iqtisodiy barqarorlikka ega bo‘lishi va o‘z-o‘zidan shu o‘rinda mustaqil bo‘lishidir. Boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalarni rivojlantirishdir, negaki xalqaro ahvol janglar yoki urushlar jarayonlarini tubdan o‘zgartirib yuborishligini bir necha marta ta’kidlab o‘tgan.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida davlat xokimiyatini tashkil etishda antiingliz lagerida ikkiga bo‘linish sodir bo‘ldi. Kuchli markazlashgan davlatni federal asosida birlashtirish. Keyingilari esa konfederatsiya shaklida shtatlarda o‘z vakolatlarini saqlab qolish. Konfederatsiya shaklidagi davlat markazdan uzoqlashishni keltirib chiqardi. 1781 yilda xattoki Konfederatsiya tashkil qilindi. Lekin 1787-1788 yillarda federialistlar “Konfederatsiyalar moddalarini” bekor qilib, AQSh konstitutsiyasini qabul qilishdi. Bu konstitutsiyada federal ko‘rinishidagi davlat barpo etildi. Gamilton markazlashtirish tarafdori bo‘ldi.
1) Sogrin V.V. Osnovateli SShA: istoricheskie portretы., M; 1983g. s 56
“Konfederatsiya moddalari” har bir shtatlarning xukumatlariga davlatning asosiy funksiyalari va vazifalarini bergan edi : Soliqqa tortish va uni yig‘ish, qurolli kuchlarni tashkil etish va ularni moddiy-texnikaviy bazasi bilan ta’minlash, davlat bojlarini yig‘ish, pul birliklarini joriy qilish edi. Ma’lum bir darajada ular demokratiya tamoyillarini ro‘yobga chiqardilar, lekin kamchiliklari va nuqsonlari borligi bilan albatta . Negaki shtatlar o‘rtasida kelishmovchiliklar borligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Qit’a kongressi “Konfederatsiya moddalarini” qabul qilishi bilan o‘zining obro‘siga putur yetkazdi. Shtatlar xukumatlari Qit’a kongressi borligi to‘g‘risida ba’zi hollarda yodidan chiqarib yuborishardi.
“Konfederatsiya moddalari”ga bag‘ishlangan Gamiltonning tanqidiy maqolalarida aytib o‘tadiki, mamlakat ichidagi boshboshdoqlik, shtatlar o‘rtasidagi o‘zaro ziddiyatlar, xalqaro munosabatdagi mag‘lubiyatlarni juda kuyinib va afsuslanganicha yoritib beradi. Bu davlatni qadimgi yunon respublika polislariga o‘xshatadi, ular oxir oqibatda yagona markazlashgan davlatga birlasha olmaganliklari sababli, yo‘q bo‘lib ketganligini ta’kidlaydi .
Gamilton insonlarning qalbiga o‘z maqolalari orqali kira bilgan. Bunday maqolalarni, pamfletlarni o‘qigan har bir fuqaro juda ham taajjublanar edi. Moliya va iqtisodni markazlashtirmas ekan, davlat pulni yagona valyutani joriy etmaguncha, davlat qoloqligicha qolib ketishligini tushuntirib o‘tgan. Oxir oqibatda inflyatsiyaning ortib ketishi, pulni qadrsizlanishi va uni bir parcha qog‘ozga aylanishini aytib o‘tadi.
Qit’a kongressini shtatlarda soliq yig‘ish huquqini shtatlar xukumatiga berib yuborganligini, Gamilton buni o‘zida hech singdira olmadi. Qit’a kongressi faqatgina shtatlar xukumatidan o‘zini qilgan chiqimlarini qoplash huquqi qolgan edi xolos. Qit’a kongressi “xamyoni
1) Fursenko A.A. Amerikanskaya revolyusiya i obrazovanie SShA. L.,1978g.
yo‘q” davlat bo‘lganligi sababli o‘zining armiyasiga maoshlarini to‘lay olmay
qoldi. Bunday xukumatga xattoki hech qanday chet el davlatlarning qarz bergisi kelmas edi.
Gamiltonni qit’a kongressiga deputat bo‘lib saylangandan so‘ng, bir necha siyosiy dasturlarga ega edi. Lekin 1783 yildagi voqealardan so‘ng o‘zining siyosiy dasturlariga bir qancha o‘zgarishlar kiritdi. Mustaqillik uchun urush yakunlangan. Oldinda o‘tkir ijtimoiy sinfiy kurashlar yetilib borayotgan edi. Ayniqsa kambag‘al qatlamdagilar o‘zining ijtimoiy va siyosiy xuquqlari uchun kurashlarini davom ettirishgan, vaxolanki Angliya bilan urush yakunlangan bo‘lsa hamki, ular xali beri bunday noxaqlikka norozi edilar. Bu o‘z-o‘zidan mamlakat ichida yana urush boshlanib ketishi mumkinligini anglatib turar edi. Endi bu yurush mustaqillik uchun emas balki fuqarolar urushining xavfi bor edi. Bu esa endigina paydo bo‘lgan mamlakat uchun o‘zi qiyindan-qiyin axvolini yanada chigallashtirardi.
Birinchi g‘alayonlar armiyaning ichida boshlandi. Urushdan qaytgan faxriy askarlar yangi tuzilgan xukumat tomonidan va’da qilingan maoshlar va imtiyozlarni ololmadilar. Kongress xazinasi qiyin axvolda edi, to‘lash uchun mablag‘ yo‘q edi
Gamilton xammadan oldin bu xolatga to‘g‘ri baxo bera boshladi. Armiyaning axvolini yaxshi tushungan Gamilton Qit’a kongressi a’zolariga tez orada armiyaning talablarini bajarilmas ekan inqilobning yangi to‘lqinlari boshlanib ketishligini tushuntirardi.
Lekin Gamiltonning ming kuyinishlariga qaramay, 1783 yil iyun oyida Filadelfiyada 300 ta qurollangan askarlar Pensilvaniya shtatining kongress binosini o‘rab olishgandi. Ularning asosiy talablaridan biri maoshlarini 20 daqiqa ichida to‘lab qo‘yishlari lozim edi. Ammo na Pensilvaniya shtatining ma’murlari, va na Qit’a Kongressi a’zolari bu muammoni xal kilisha olmadilar. Oxir - oqibatda soldatlar isyoni bostirilmadi.
Shu voqealardan so‘ng N’yu-York shtatining deputati bo‘lgan Gamilton o‘zining federalistik g‘oyalarini amalda ro‘yobga chiqarishda astoydil xarakat qila boshladi. 1783 yilning iyul oyida Prinston rezolyusiyasida birinchi uqtirib o‘tadiki: “Konfederatsiya moddalari” nafaqat “tashqi” balki “ichki” xavfsizlikni ta’minlay olmaydi va va ta’minlash uchun xech qanday tadbir va vositalarga ega emas”.
Yana Armiyadagi muammodan tashqari N’yu-York shtatida 1783 yilda maxalliy xokimiyatga loyalistlarga qarshi ruxdagi bir qator vatanparvar deputatlar saylangan edi. Ularning asosiy maqsadi birinchi o‘rinda urush vaqtida inglizlarga yordam bergan loyalistlarga qarshi keskin choralar ko‘rish va ularni mol-mulklarini musodara etish, siyosiy xuquqlarini bekor qilishdek choralari edi. Bunda xali Gamiltonning uzoqni ko‘ra bilishligi va loyalistlarga bunday adovatlar shtatni mamlakattni qiyin axvolga tushib qolishini yaxshi tushungandi. Bunda xam Gamilton adashmagan edi. Xakikatdan xam, Nyu-yorkliklar loyalistlarga qarshi qatag‘onlikni boshlab yuborishgan edi. Gamilton Nyu-York legislaturasining vakillarini keskin qoraladi. Negaki bu, demokratik tamoyillarga zid va to‘g‘ri kelmas edi.
1787 yilga kelib “Konfederatsiya moddalari” Amerika jamiyati uchun eskilik sarqiti bo‘lib, uni rivojlantirishga, taraqqiy etishiga juda katta to‘sqinlik qilardi. Shu sababli 1787 yilning may oyida Filadelfiyaga mamlakatni xar bir shtatlaridan 55 delegatlar kelib qatnashdilar. Bularni asosiy maqsadi Shimoliy Amerika shtatlarining asosiy qonunlarini qaytadan ko‘rib chiqish edi .
Xar bir shtat vakillari “Konfederatsiya moddalirga” o‘zlarining loyixalarini taqdim etdilar. Virginiya shtati vakili E. Randalf tomonidan AQShning federel konstitutsiyasi loyixasini o‘qib bergandan so‘ng, bir nechta vakillar etiroz bilan javoban, ular shtatlardan
1) Foster U.Z. Ocherk politcheskoy istorii. M., 1965g.
boshqaruvni qo‘ldan boy bermaslikni aytishdi.
Birinchi bor Aleksandr Gamilton Konstitutsion konventida 1787 yilning 4-iyunida minbarga chiqib nutq so‘zladi. Bu nutqning asosiy mazmuni xokimiyatning “veto” huquqiq to‘g‘risida bo‘lgan. Loyixa to‘g‘risida qat’iy qarshiliklar Virginiya shtatining vakili Dj. Meyson va Pensilvaniya shtatidan B.Franklinlar nutq so‘zlashib va ular tomonidan qat’iy norziliklar bildirdilar.
Bir necha kundan so‘ng, ertalab 1787 yilning 18-iyunida Aleksandr Gamilton yana bir bor nutq so‘zladi, bu nutqini tushlikka qadar davom ettirdi. Besh soatlik nutqi davomida mamlakatni kelajakda turgan muammolarini xal etish kerakligini yig‘ilish qatnashchilariga tushuntirib bergan edi. Gamilton o‘z nutqida aytadiki: “o‘n bir yil mustaqillik yillari davomida amaldagi xukumat o‘zinin ro‘yobga chiqara olmadi, davlatni yagona bir mexanizm sifatida yurgiza olmaganligini, yagona armiya va flotga xaligacha ega emasligini, o‘zini-o‘zi ximoya qila olmasligini, ichki va tashqi siyosatda parokandalikni bartaraf etish to‘g‘risida xam bir qator fikrlar bildirdi”. Iqtisodiyotni va moliyaviy axvolni jar yoqasiga kelib qolganligini xam ta’kidlab o‘tadi.
Gamilton kuchli markazlashtirilgan xokimiyat tarafdori ekanligini, xokimiyat va davlat yagona markaz orqali boshqarish ekanligini tushuntiradi. Konstitutsion konventida u birinchi marotaba amerikaliklarni “ozchilik-menщeviklar” va “ko‘pchilik - bolsheviklar”ga bo‘lib o‘tadi .
Davlat xokimiyatini ko‘pchilik bilan emas, ozchiliklar tomonidan boshqarishligini aytib o‘tadi. Mamlakat iqtisodiyotini avvalambor sanoatini va savdo-sotiqni rivojlantirish orqali barqarorlikka erishish mumkinligini ta’kidlaydi. Gamiltonning bu qonun loyixalarida ayrim iqtisodiy baquvvat bo‘lgan va ma’lum yirik sarmoyaga ega bo‘lgan sinf
1) Voyna za nezavisimost i obrazovanie SShA. M., 1976g.
qatlamlarini ximoya qiladi. Bir qancha ijtimoiy bo‘linishlar asosida saylovlar tizimini o‘tkazilishi to‘g‘risida fikr yuritadi. Lekin bu bilan biz fakatgina Gamiltonning qonun loyixalariga AQShning konstitutsiyasiga asos bo‘lgan deyishimiz noto‘g‘ri, negaki, bu qonun loyixasida Gamiltondan tashqari AQShning buyuk mutafakkirlari xam o‘z xissalarini qo‘shgan. Shu o‘rinda aytishimiz joizki, Gamiltonning loyixalarida bir qancha xato kamchiliklar va bir-biriga zid bo‘lgan fikrlar bor. Ammo Gamilton yangi konstitutsiya loyixasiga bir muncha xozirgacha o‘zining moxiyatini yo‘qotmagan fikr va muloxazalari bilan boyitgan va xissa qo‘shgan.
Konstitutsiya loyixalarida “Konfederatsiya moddalarining” bir qancha kamchiliklar, nuqsonlar va xatoliklar bartaraf etilib, bundan Gamilton qandaydir qoniqish xosil qilgan. Shuningdek, bu konstitutsiyada uning g‘oyalari shakllangan edi. Anchadan beri o‘zi o‘ylagan federalistik konstitutsiyasi ro‘yobga chiqdi. Shundan boshlab u xammani shu loyixani tasdiqlashga va imzo chekishga da’vat qila boshladi. Bu loyixaga xammasi rozilik bildirishgani yo‘q, o‘ziga yarasha bu konstitutsiya loyixasiga qarama-qarshiliklar bo‘ldi. Xattoki, Nyu-York shtatidan faqatgina Gamiltonning imzosi bor edi xolos. Qolganlari esa bu konstitutsiya loyixasini tasdiqlashdan umuman bosh tortdilar. Nyu-York shtatidan kelgan qolgan ikkita vakillar esa allaqachon konventni tark etgan edilar. Negaki, ular Gamiltonni kelishiga Nyu-York legislaturasida konstitutsiya loyixasiga qarshi ishlarni boshlab yuborishgan edi. Bundan tashqari boshqa shtatlarda xam bu konstitutsiyani ratifikatsiyasi qisman juda mushkul vazifa xisoblangan.
Nyu-York gubernatori Klinton maxalliy ratifikatsion konventni chaqirishga shoshilmas edi, negaki, “Konfederatsiya moddalari” qonuning umrini amal qilish vaqtini uzaytirish, shuningdek, o‘zining tarafdorlaning federalistlarga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko‘rishi kerak edi. Bundan tashqari Nyu-York shtatining gubernatori konstitutsion loyixasiga qarshi keng jamoatchiilkka xam targ‘ibot va tashviqot ishlarin boshlab yuborgan edi.
Gamilton xam xech ikkilanmasdan baxs-munozaralarga kirishib ketdi. Yangi konstitutsion loyixasini ximoya qilgan xolda, konstitutsiyani falsafiy asosnomasini ishlab chikdi. Bundan tashqari Gamilton va yaqin do‘stlari Qit’a kongressining sobiq prezidenti Djon Djey va Djeyms Medisonlar bilan birgalikda “Millat timsollari” degan bir asr yaratadilar. Bu uchlikni (triumvirat) bir oydan sal keyinroq, 1787 yilning 27 oktabridagi – Konstitutsion konventdan so‘ng ularning maqolasi nashr etiladi. Xammasi bo‘lib “Federalist” ruknida chiqib, 85 moddalardan iborat edi. Xammualliflikda Djon Djeymsni xizmatlari unchalik baland emas edi. U asosan axamiyatga ega bo‘lmagan beshta moddaga mualliflik qilgan, (№2-5,64). Moddalarning asosiy qismlariga 51tasi-Gamilton qalamiga mansub bo‘lgan, 15 moddani Medison yozgan. Uchta moddalarga Medison bilan Gamiltonlar birgalikda yozishgan. Qolgan 11ta moddani esa Gamilton yoki Medison yozgan, lekin bu to‘g‘rida aniq bir ma’lumot yo‘q. Gamiltonning bu asari yuzasidan 1788 yilning avgust oyida AQSh prezidentligiga da’vogarlaridan biri bo‘lgan Dj.Polington tomonidan juda yuqori baxolangan edi.
“ Federalist” deb nomlangan asarida shtatlarning o‘z suverinitetiga ega bo‘lishning qanday ayanchli axvolga olib kelishligi to‘g‘risida batafsil yoritilgan. Bu asarida savdo sanoatining raqobatbardosh bo‘lishligi, g‘arb yerlarini o‘zlashtirilishi va siyosiy xukmronlikka intilishi kerakligi to‘g‘risida fikr yuritadi. Eng asosiysi kuchli markazlashgan davlat xokimiyatini yo‘qligi oqibatida xar bir shtatdagi xar-xil siyosiy kuchlarning o‘zaro kurashlari oqibatida mamlakat deyarli jar yoqasiga kelib qolganligini aytib o‘tadi .
1) Sogrin V.V.Ideynыe techeniya v Amerikanskoy revolyusii XVIII veka.M., 1980g.
“Isyonlar” deb yozadi Gamilton, konfederatsiya shaklidagi tuzilishga ega bo‘lgan xar bir shtatlarda birin-ketin shtatlarda bir vaqtni o‘zida boshlanib ketsa, va bu isyonlarni maxalliy shtatlar bostira olmasa ular kimdan yordam so‘rash kerak bo‘lardi. Bu o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki kuchsiz, xech qanday axamiyatga ega bo‘lmagan markaziy xokimiyatga murojaat qilish kerak edi. Lekin bu xam o‘z-o‘zidan ma’lumki, bu xech qanday natija bermas edi. Yangi dunyoga kelgan mamlakat parchalanib ketishi mumkin edi. Aynan shu asarida u kitobxonlarga bu to‘g‘risida o‘z fikrini bayon etgan.
“Federalist” asarlari bilan birgalikda Gamilton Nyu-York legistraturasi yangi konstitutsiyani ratifikatsiya qildi. Bu masala bo‘yicha Nyu-Yorkda 1788yilning 17 iyunidan 26-iyuligacha ya’ni bir oydan ortiqroq vaqt ichida baxs-munozaralar bo‘lib o‘tdi. Aynan shu masala g‘alaba qozongan federalistlarning xursandchilikdan boshlari osmonga yetgudek bo‘ldi. Xattoki, bir nechta Nyu-York xunarmandlar birlashmalari (ularning ichida ko‘pchiliklari federalistlar bo‘lishgan) zudlik bilan 32ta zambaraklardan iborat fregat barpo etdilar. Bu fregatning nomi “Aleksandr Gamilton” deb nomlandi. Kemasozlik ustaxonalarning egalari xam ularga javoban federalistlar yo‘lboshchisiga atab kema yasadilar. Kemaga esa “Yangi Konstitutsiya” deb nom berishdi, fregat bilan adashtirmaslik uchun albatta. Biroq kemaning burniga fregatdagi kabi Gamiltonning yog‘ochdan yasalgan xaykali o‘rnatilgan edi. Xaykalning chap qo‘lida “Konfederatsiya moddalari”dan voz kechayotganligi, o‘ng qo‘lida esa yangi qabul qilingan konstitutsiya ushlab turganini ko‘rshimiz mumkin bo‘ladi. Xaykalning peshonasida zaytun daraxtidan gulchambar qo‘yilgandi. Gamiltonni xalk orasida obro‘si oshib bormokda edi. U o‘sha vaqtga kelib 33 yoshini qarshilagandi.