Америкаликлар


AQShning 1787 yilgi konstitutsiyasi va uning mohiyati



Yüklə 262 Kb.
səhifə4/5
tarix15.06.2023
ölçüsü262 Kb.
#130726
1   2   3   4   5
Jalolov Javohirbek

AQShning 1787 yilgi konstitutsiyasi va uning mohiyati
Mustamlakachilik istibdodidan xalos bo‘lgan Amerika xalqi hokimiyatning yangi tuzilmasini darhol barpo qilishi qiyin edi. Lekin uzoqni ko‘ra oladigan siyosatdonlar kuchli markazga ega bo‘lgan federal raspublika bo‘lishiga umid bog‘lashdi, umum milliy konstitutsiyaga katta ehtiyoj sezildi.
Bu g‘oya urushdan keyingi yillarda vujudga kelgan iqtisodiy tanazzul sharoitida kuchaya bordi. Davlatning ulkan qarzi bo‘lgani holda, hukumat yagona budjetga, bankka ega emas edi. Uning ustiga ayrim shtatlar qadrsiz qog‘oz puli chiqara boshladi.
1787 yilning yozida tayyorlangan konstitutsiya barcha shtatlar vakillarining rasmiy konventida qabul qilingani holda konfederativ tuzilmadagi barcha kamchiliklarni bartaraf qilishi zarur edi.
Konstitutsiyani tayyorlashda AQShning yetuk siyosatdonlari sifatida tanilgan J.Vashington, B.Franklin, A.Gamilton, Jems Medison, Tomas Jeffersonlar qatnashgan edi. 1787 yil konstitutsiyasi markaz vakolatini va shtatlarning huquqlarini aniqlab berdi. Konstitutsiyaga asosan, AQShda qonun chiqaruvchi hokimiyat Kongress va ijroiya hokimiyat vakolatlari belgilab berilgan.
AQSh prezidentining vakolatlari konstitutsiyada aniq ko‘rsatilgan bo‘lsada, bu masalada ikki yuz yildan ortiq muddat davomida muayyan evolyusion o‘zgarishlar ro‘y berdi, ya’ni prezidentlik yangi siyosiy mazmun bin boyidi.
Dastlab AQSh Prezidentining funksiyalari cheklangan edi. Chunonchi, prezidentning qonunlarni tayyorlashda tashabbus ko‘rsatish huquqi berilmagan edi. Lekin Prezidentga federal mashtabda ijroiya hokimiyatni boshqarishda to‘laqonli hokimiyat berilgan edi.
Ta’kidlash o‘rinliki, o‘sha davrda prezidentga kongressning qonun loyihalariga veto qo‘yish huquqi berilgan edi. Shuningdek, prezident vaqti-vaqti bilan mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy axvol haqida Kongressga axborot berib turish vakolatini ham olgan.
Prezident Senatning roziligi bilan AQSh Oliy sudi a’zolarini va boshqa oliy mansabdorlarni tayinlash huquqiga ega. Konstitutsiyaga asosan, AQSh prezidenti 35 yoshga to‘lgan bo‘lishi va 14 yil mobaynida o‘z mamlakatida yashagan bo‘lishi shart qilib qo‘yilgan.
Prezident vakolat muddati davomida muayyan maosh belgilangan. Kongress prezidentning faoliyatiga ta’sir o‘tkazish niyatida uning maoshini kamaytirish yoki oshirish huquqiga ega emas. Uning maoshi yiliga 20 ming dollar va 90 ming dollar safar xarajatlari hamda qabul marosimlari uchun ajratilgan.
1787 yil Konstitutsiyasida impichment moddasi mavjud. Unga asosan, konstitutsiyadagi qoidalarni qo‘pol tarzda buzgan va unga xiyonat qilgan prezidentga nisbatan impichment moddasi qo‘llanib, o‘z mansabidan chetlashtirilishi belgilangan.
Kongressning vakillar palatasiga shtatlar aholisi sonidan kelib chiqib deputatlik o‘rinlari belgilanadi. Senatorlar esa, har bir shtatdan 2 kishidan tayinlanadi.
Kontitutsiyani tayyorlash jarayonida shimol va janub manfaatlari asosida qator murosasizlik amalga oshirildi.
Federal konstitutsiya 13 ta shtatdan 9 ta shtat tasdiqlansa kuchga kirishi belgilandi. Bu masala atrofida keskin siyosiy kurash ketdi. Antifederalistlar shtatlar suverinitetini kamayishiga qarshilik qilishdi. Ular ko‘proq markaziy hokimiyatning zo‘rovonligidan cho‘chishdi. Lekin federalistlar muayyan ustunlik bilan 1787 yil konstitutsiyasi qobul qilinishiga erishdilar.
1788 yilning iyulida yangi konstitutsiya kuchga kirdi, 1791yilning noyabrida
Yüklə 262 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin