Reja: Konstitutsiya tushunchasi va mohiyati



Yüklə 28 Kb.
səhifə1/2
tarix05.08.2023
ölçüsü28 Kb.
#138759
  1   2
Konstitutsiya




Reja:
1. Konstitutsiya tushunchasi va mohiyati.
2. Konstitutsiyalarni turkumlarga (turlarga) bo’lish (klassifikatsiyalash)
3. Formal vamoddiy Konstitutsiya. Yuridik va amaliy Konstitutsiya
4. Konstitutsiyaning yuridik xususiyatlari
5. Konstitutsiyaning yuridik mazmuni va funksiyalari
6. Konstitutsiyaning tuzilishi

“Konstitutsiya" tushunchasi XVIII asr oxirida paydo bo’lib, Konstitutsiyaga juda ko’p ta’riflar berilgan.


Birinchi ta’rif: fransuz davlatshunos olimi J.Byurdoning Konstitutsiyaga bergan ta’rifi:"Konstitutsiya.siyosiy hokimiyatlarni tayinlash, tashkiletish va faoliyat ko’rsatishga oid qoidalar yig’ndisidar".
Ikkinchi ta’rifda esa ushbu (yuqoridagi) ta’rifga amerikalik olim K.Berd “Fuqarolar erkinliklari" tushunchasini qo’shadi.
Uchinchi ta’rif sifatida Nigeriyalik konstitutsiyashunos B.Nvabudzening ta’rifini berishimiz mumkun: "Konstitutsiya–bu qonun kuchiga ega bo’lgan formal hujjat bo’lib, uning yordamida jamiyat o’z- o’zini boshqaradi hamda o’zining turli idoralari bilan shuningdek, bu idoralarning fuqarolar bilan munosabatlarini o’rnatadi"

Turli mamkakatlardagi konstitutsiyalarni turli mezonlarga asoalanib, har xil guruhlarga (turlarga) bo’lish mumkin.


Birinchidan, konstitutsiyalarni ularning mohiyatiga ko’ra quyidagi turlarga bo’lish mumkin:
Yuridik Konstitutsiya (formal) –davlatningАsosiy Qonuni.
Ijtimoiy (sotsial) Konstitutsiya (amaliy) –amaldagi real ijtimoiy munosabatlar tartbgasolinadi.
Tirik Konstitutsiya – AQSH Oliy Sudi bu Konstitutsiyani o’zgarayotgan ijtimoiy mezonlariga moslab kelmoqda.
Fiktiv (soxta) Konstitutsiya – SSSRning 1936 yilgi Konstitutsiyasi.
Moddiy Konstitutsiya – konstitutsiyaviy tuzum va inson huquqlarini tartibga soluvchi qonundir.
Formal Konstitutsiya – Asosiy Qonun bo’lib, alohida tartibda qabul qilinadi va oliy yuridik kuchga ega.

Konstitutsiyalarni shakliga ko’ra quyidagi turlarga bo’lish mumkin:


Yozma konstitutsiyalar.
Og’zaki (yozilmagan) konstitutsiyalar–Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Butan kabi davlatlar Konstitutsiyalari.
Yaxlit konstitutsiyalar - Konstitutsiya matni yaxlit bo’lib, bir vaqtda qabul qilinadi. Masalan, O’zbekiston, Rossiya, Braziliya Konstitutsiyalari yaxlit Konstitutsiyalarga misol bo’la oladi.
Yaxlit bo’lmagan (noyaxlit) konstitutsiyalar-bunday Konstitutsiyalar turli vaqtda qabul qilingan qonunlardan iborat bo’ladi.Мasalan, Shvetsiya, Finlandiya, Isroil konstitutsiyalari.
Yumshoq konstitutsiyalar-bundayKonstitutsiyalar oddiy qonunlar kabi o’zgartiriladi. Маsalan, Buyuk Britaniya Konstitutsiyasiga 350ga yaqin qonunlar kiradi va oddiy tartibda o’zgartiriladi.
Qattiq konstitutsiyalar–аlohida murakkab tartibdao’zgartiriladi. Маsalan, АQSH, Rossiya, O’zbekiston konstitutsiyalari.
Doimiy konstitutsiyalar. Аksariyat konstitutsiyalar doimiydir.
Vaqtinchalik (muvaqqat) konstitutsiyalar-Iroqda 1970 yil Birlashgan Аrab Аmirligida 1971 yildan beri harakatda bo’lgan konstitutsiyalar.
Konstitutsiyalarni ijtimoiy mazmuniga qarab ham bir necha turga bolish mumkin. Hozirgi kunda dunyoda 300 dan ortiq Konstitutsiya bor (federativ davlatlar sub’ektlarining Konstitutsiyalari bilan birga).
G’arb mamlakatlari Konstitutsiyalari.
Rivojlanayotgan mamlakatlar Konstitutsiyalari.
O’tish davri mamlakatlari Konstitutsiyalari.
Deokratik davlatlar Konstitutsiyalari.
Konstitutsiyalarni quyidagi turlarga ham bo’lish mumkin:
Demokratik Konstitutsiyalar.
Аvtoritar Konstitutsiyalar.
Totalitar Konstitutsiyalar.

Yüklə 28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin