Америкаликлар


Gamiltonning AQSh moliya ministri lavozimida olib borgan ishlari



Yüklə 262 Kb.
səhifə3/5
tarix15.06.2023
ölçüsü262 Kb.
#130726
1   2   3   4   5
Jalolov Javohirbek

2. Gamiltonning AQSh moliya ministri lavozimida olib borgan ishlari .
Bosh vazir bo‘lishni xoxlayotgan moliya vaziri. 1788 yilning yozidan e’tiboran yangi konstitutsiya amalda o‘z kuchiga kiritildi. 1789 yilning boshida esa Shimoliy Amerika respublikasining tashkil etilgani o‘n ikki yildan so‘nggina ijro etuvchi xokimiyatining birinchi prezidenti saylandi. Bundan so‘ng esa uchta vazirlik tashkil etildi. Davlat kotibiyati, moliya va xarbiy vazirliklar tashkil etiladi. Aynan shu vazirliklarni tashkil etishi to‘g‘risida Gamilton 70-yillarda fikr yuritgandi. Shunday qilib Vazirlar Maxkamasiga asos solingandi. Biroq yangi xukumatning ichki va tashqi siyosatda borasida qaysi yo‘nalishda borishligini bilish juda xali xam mushkul ish edi .
Agarda konstitutsiya tamoyillariga bir nazar tashlaydigan bo‘lsak, AQShning siyosatini prezident amalga oshirishi lozim bo‘lgan. Lekin AQShning birinchi prezidenti Dj.Vashington bunday xokimiyatga unchalik da’vogarlik qilmagan. Lekin birinchi moliya vaziri Aleksandr Gamiltonning bunday vakolatlarni egallashi to‘g‘risidagi fikri yo‘q emas edi. Gamiltonning bunday xarakatiga Dj. Vashingtonning ham qarshiligi yo‘q edi. Ammo Gamiltonga davlat kotibi Tomas Djefferson qarshilik ko‘rsatgan. Keyinchalik esa bu ikkisi ikkita partiyaga raxbarlik qilishgan. Gamilton federalistlar, Djefferson esa respublikachilar partiyasini tashkil etishdi. Federalistlar AQShning ijtimoiy taraqqiyotini savdo-sanoatning rivojlanishi, siyosiy jabxasida esa muxofazakor tadbirlarni olib borishda deb tushunishgan. Respublikachilar esa iqtisodiy taraqqiyotni agrar xo‘jalikni rivojlantirishda va siyosiy jabxada esa demokratik asoslarda rivojlanish yo‘lini tanlashgandi.
Gamilton moliya vaziri sifatida bir qancha tayyor yirik g‘oyalar bilan ish boshladi. Va bu g‘oyalarni endi amalda tatbiq etish kerak edi. Aynan
1) Sogrin V.V. Osnovateli SShA: istoricheskie portretы., 1983g.
Gamilton tomonidan ishlab chiqilgan federal xukumatining dasturlari mamlakatning iqtisodiy tarqqiyot yo‘lini belgilab berishi lozim edi. Ikki yil ichida moliya vaziri o‘zining dokladlarida Kongressga bir necha marotaba takliflar bilan murojaat qiladi. 1790 yil 14 yanvarida “Kreditlar” to‘g‘risida, 1790yil 13dekabrida “Milliy bank” tashkil etish to‘g‘risida, 1791yilning 28 yanvarida “Monetniy dvor”, 1791 yilning 5 dekabrida “Manufakturalar” to‘g‘risida takliflar kiritadi.
Gamiltonning iqtisodiy dasturi avvalambor davlat xokimiyatini mustaxkamlash, xukumatning boshqaruvchilik va nazoratchilik rolini oshirishiga qaratilgandi. Moliya vazirining asosiy maqsadi birinchi o‘rinda Kongressning va shtatlarning tashqi va ichki qarzlarin tugatishga qaratilgandi. Xammasi bo‘lib davlatning qarzi 80mln. dollarni tashkil etgandi. Davlatning asosiy qarzlari askarlarning o‘z vaqtida to‘lanmagan sertifikatlari bo‘lgandi. Lekin g‘aznada pul yo‘qligidan ko‘p askarlar 10-12% foizga arzonga o‘z sertifikatlarini chayqovchilarga sotib yuborishardi. Bu o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki bundan davlat katta ziyon ko‘rardi. Biroq o‘sha chayqovchilarning daromadlari bir necha marotabaga oshib ketardi.
Shundan foydalangan Gamiltonning raqiblari zudlik bilan sertifikat bo‘yicha oldingi egalariga to‘lashni talab qildilar. Xar bir narsadan imkoniyatni bilgan moliya vaziri u boshqacha bir taklif bilan chiqadi. O‘sha sertifikatlarni bekor qilish emas, balki uni to‘lab, va o‘sha to‘langan sertifikat egalari davlatga qayta kredit yoki zayomlarni foydali va imtiyozlar bilan taqdim etish edi. Bular endi soldatlar emas, balki o‘sha chayqovchilar bulishi mumkin edi. Oxir-oqibatda moliya vazirining raqiblari bunga ko‘nishga rozilik bildirdilar. Negaki, o‘sha chayqovchilar endi sertifikat bo‘yicha davlatdan olgan pullarini, yana qaytadan davlatga qarzga beryotgandilar.
Bunday katta qarzlardan qutulish uchun AQSh yangi xukumatining moliya vaziri Aleksandr Gamilton bir necha chora-tadbirlarni ishlab chiqdi. Birinchi o‘rinda chet eldan kelayotgan mollarning boj to‘lovlarini oshirdi, keyingisi rom va viski ishlab chiqaruvchilari va sotuvchilaridan aksiz to‘lovlarini bir necha barobarga oshirdi. Bundan masalan boy burjua tabaqalari ancha-muncha daromad ko‘rdilar. Masalan: Yangi Angliya vino bilan shug‘ullanuvchilar maxsulotning tannarxini oshirib, asosiy yukni xaridorga yukladilar.Lekin 1791 yili kongressning o‘sha qaroriga binoan G‘arb yerdagi mayda fermer xo‘jaliklari juda katta zarar ko‘rdilar, ular asosiy daromaddan maxrum bo‘ldilar .
Gamiltonning eng asosiy g‘alabalaridan biri shuki, 1791 yilda “Milly bank”ning tashkil etilishi bo‘ldi. Kongressda bir necha marotaba baxs-munozaralardan so‘ng moliya vazirining bunday loyixasiga rozilik bildirildi. AQSh uchun Milliy bankning tashkil etilishi juda katta daromadlar keltirishi mumkin edi. Milliy bankning asosiy funksiyalaridan biri davlat va xususiy kreditlarni tashkil etish va pullarni emissiya qilish. Sarmoyalarni, milliy boyliklarni yig‘ish va ko‘paytirish Gamiltonning ta’kidlashicha, Fonddan tashqari qimmatbaxo metallar xisobidan kreditlar berish. Aynan shunday loyixalar orqali sarmoyalar tashkil etilib, qo‘shimcha sifatida sanoatni va savdo-sotiqni rivojlantirishda katta turtki bo‘ladi.
G amilton urush yillarida pulni ko‘p chop etilishiga juda qattiq norzilik bildirdi. Negaki, pullarni muomalada ko‘p bo‘lishi avvalambor mamlakatning iqtisodiyotini tushkunlikka, oxir oqibatda inflyatsiya keltirib chiqarishiga sababchi bo‘lar edi. 90-yillarda esa o‘zining nutqlarida inflyatsiya – bu davlatning parchalanishining birinchi ko‘rinishidir, inflyatsiya – anarxiyaning ibtidosidir, deb aytadi. Lekin Gamilton inflyatsiyani to‘g‘ri yo‘nalishga bursa, bu davlatga juda katta daromadlar olib kelishi mumkin bo‘ladi deb aytadi. Bu inflyatsiyani avvalambor davlat o‘zi qattiq nazoratga olishi kerak bo‘ladi. Sun’iy
1) Sogrin V.V. Osnovateli SShA: istoricheskie portretы., 1983g.
inflyatsiya orqali kreditlar taqdim etish mumkin bo‘ladi va shu asosda yangi sarmoyalarni joriy qilish imkoniyati tug‘iladi.
Aleksandr Gamiltonning eng asosiy g‘alabalaridan biri davlat bilan yirik bankirlar o‘rtasidagi birlashuv asosida AQShning Milliy Banki ta’sis etilishida xizmatlari beqiyosdir. Bu bankning birinchi mijozlari yuqorida ta’kidlaganimizdek o‘sha soldatlarning sertifikatlarini sotib olgan ishbilarmonlar edi. Endi ularga bankning aksiyalari va eng asosiysi yangi xukumat tomonidan doimiy kafolatlangan yillik daromadlar va’da qilingandi.
Yirik manufakturalarni tashkil etilishida xam Aleksandr Gamiltonning xizmatlari beqiyosdir. Bundan tashqari yirik manufakturalar bilan birgalikda zavod va fabrikalarni barpo etilishi sanoatni rivojlantirishda asosiy faktorlardan biri deb xisoblaydi. Shuningdek, shu yo‘l orqali asbob-uskunalarni ixtiro qilinishini tezlashtiradi. Bundan tashqari manufakturalargi qo‘l mexnati tanqisligi bir vaqtida aynan asbob-uskunalarni. zavod –fabrikalarni joriy etilishi bu muammoni xal etishi mumkin edi. Zavod – fabrikalarni tashkil etilishida bir qancha qiyinchiliklar bor edi. Bu sarmoyalarning yo‘qligi edi. Aynan shu muammoni biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, AQShning Milliy Banki orqali xal etilishi lozim edi. Sanoatni rivojlantirishda xissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga, ular qancha bo‘lmasin, xoxlagan miqdorda kreditlarni taqdim etishga aynan shu bank imkoniyatidan foydalanish mumkin edi.
Gamiltonning iqtisodiy dasturlarining asosiy qismlaridan biri bu - sanoatni rivojlanishida davlat va kongress tomonidan muxofaza qilinishidir. Moliya vaziri tomonidan kongress muxokamasiga bundan tashqari yana bir qancha davlat tomonidan muzokaralar chora-tadbirlarni taklif etdi, bular quyidagilar: ximoya qiluvchi kerak bo‘lsa ayrim maxsulotlarga ta’qiqlovchi choralarni qo‘llash, xom-ashyoni mamlakat tashqarisiga olib chiqishni ta’qiqlash, kerak bo‘lgan yetishmayotgan xom-ashyo maxsulotni chetdan olib kelish, texnika ilm-fan yutuqlarini sanoatga keng tadbiq etish. Ishlab chiqarilgan maxsulotning sifatini davlat tomonidan qattiq nazorat ostiga olish, kanallar va yangi yo‘llarin qurilishi va x.k.
Gamilton savdo-sotiqni, sanoat – ishlab chikarishni rivojlanishi uchun xukumat tomonidan keng va ko‘lamli imtiyozlar berish lozimligini ta’kidlaydi. Zero aynan shu soxalar orqali u jaxon bozorlarini egallash mumkinligini aytadi. U shu orqali yangicha boshqalarga qaraganda tubdan farq qiladigan konsepsiyani-aktiv tijoratni yoqlab chiqadi va buni keyinchalik “Amerikacha” deb nom beriladi. Aktiv tijorat bu dengiz yo‘llarida intensiv suzib yurish, eksportning importdan ustunligi, manufakturalarning gullab-yashnashi, ichki iqtisodiy imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanish demakdir. Aktiv tijorat orqali AQSh dunyo bozorlarida nafaqat o‘z o‘rniga, balki birinchilardan biri bo‘lishligiga xech shak-shubxa qilinmaydi. Agarda aktiv tijoratdan voz kechadigan bo‘lsak, deydi Gamilton – biz boshqa davlatlarga tobe bo‘lib qolishimiz va o‘z mustqilligimizdan ayrilishimiz muqarrardir.
Xulosa
Mustaqillik uchun olib borilgan urushning muvaffaqiyatli tamom bo‘lishi yosh Shimoliy Amerika millatining iqtisodiy birlikni mustahkamlash asosiga erkin taraqqiy qilishi uchun imkon berdi.
1789 yilda kuchga kirgan konstitutsiya asosida milliy xukumat tuzilib, bu xukumat shtatlar o‘rtasidagi boj urushiga xotima berdi. Bu konstitutsiyada G‘arbda yangi vujudga kelayotgan shtatlarni huquq jihatidan avvalgi 13 shtat bilan tenglashtirish va barcha shtatlarni bir davlat qilib birlashtirish ko‘zda tutilgan edi. Bunday qilish Shimoliy Amerika millatining taraqqiy qildirishdek tarixiy vazifaga va burjua milliy davlatini birlashtirishga muvofiq kelar edi.
Konstitutsiyani demokratlashtirish yo‘lidagi xarakat munosabati bilan boshlangan keskin siyosiy kurash jarayonida AQSh da ikkita burjua partiyasi – 1787 yilda konstitutsion Konvent tuzib chiqqan konstitutsiyani yoqlovchi federialistlar partiyasi va burjua-demokratik erkinliklarni himoya etishga qaratilgan dastlabki o‘nta tuzatishni (“huquqlar haqidagi loyiha”ni) konstitutsiyaga kiritish uchun xarakat qilganlarga boshchilik qiluvchi antifederalistlar partiyasi, ya’ni respublikachilar partiyasi tarkib topdi.
1780-1801 yillarda hokimiyat tepasida turgan federalistlar partiyasi yirik burjuaziya- savdogarlar, manufakturachilar, kema egalari, bank korchalonlari, yer olib-sotarlar, shuningdek, yer-mulklari qarzdan holi bo‘lib, muvaffaqiyat bilan ho‘jalik yurgizayotgan katta plantatorlar partiyasi edi. Bu partiyaga Vashington kabinetining moliya boshqarmasi sekretari, demokratiyaning ashaddiy dushmani, konstitutsion monarxiya tarafdori Aleksandr Gamilton boshchilik qilar edi. Federialistlar manfaatini ifoda etuvchi burjua guruxlar moliyaviy va iqtisodiy jihatdan Angliya bilan savdo qilishga bog‘liq bo‘lganliklari sababli, ular tashqi siyosat sohasida ham Angliya bilan yaqinlashish yo‘lini tuta boshladilar.
Jefferson boshchilik qilgan respublikachilar ham plantatorlarning bir qismiga, maydaroq palntatorlarga tayanar edilar. Burjuaziyaning bir qismi, shuningdek fermerlar, shaharlardagi hunarmandlar va mayda burjuaziya respublikachilarga ergashdi, chunki respublikachilar yer olishni yengillashtirishni va mehnatkashlarga demokratik yon berishni yoqlab chiqqan edilar.
Federialistlarga qarama-qarshi o‘laroq, respublikachilar revolyusion Fransiya bilan yaqinlashish yo‘lini qidirdilar va fransuz revolyuqiyasini quvonib tabriklagan xalq ommasi bu masalada ularni qo‘llab-quvvatladi. Amerika halqi, yaqindagina o‘zining Amerikadagi mustamlakalari aholisini ezish siyosatini o‘tkazib kelgan Angliyaga nisbatan dushmanlik kayfiyatida edi.
1789 yilda respublikaning Lafaystdan Bastiliya kalitini, Amerika revolyusiyasi bilan fransuz revolyusiyasi o‘rtasidagi vorislik timsoli deb, qabul qilgan birinchi prezidenti Vashington (1789-1797), dastlabki paytda Fransiyadagi revolyusiyaga dushmanlik ko‘zi bilan qaramagan bo‘lsa ham, lekin revolyusiya rivojlana borgani sari uning Amerika xalqiga ta’sir ko‘rsatishidan xavfsiray boshladi.
Vashington Kongress bilan maslahatlashmay turib, Fransiya bilan Yevropa kontrrevolyusion koalitsiyasi o‘rtasidagi urushda Amerikaning betaraf ekanligi to‘g‘risida 1793 yilning aprelida proklamatsiya e’lon qildi. Federialistlar betaraflik niqobi ostida Angliya tomonida bo‘lmoqchi edilar, Vashington tobora federialistlarga yon bosmoqda edi.
Demokratik klublarda Vashington – Gamilton hukumatining siyosati qattiq tanqid qilinar edi, klublarda fransuz revolyusiyasini yoqlab otashin nutqlar so‘zlanar edi, AQSh bilan 1783 yilda tuzilgan sulh shartnomasida ko‘rsatilgan shartlarni bajarmayotgan va monarxlar koalitsiyasining Fransiyaga qarshi urushini avj oldirayotgan Angliyaga qarata po‘pisa gaplar aytilar edi.
Mamlakatda Britaniyaga qarshi keng tarqalgan kayfiyat Kongressda ham aks etdi. Vakillar palatasi 1794 yilning aprelida, sulh shartnomasiga binoan Angliya shimoli-g‘arbidagi istehkomlarni ko‘chirib olib ketmagunicha u bilan savdo aloqalari to‘xtatilsin, degan rezolyusiya qabul qildi.
Biroq federialistlar xukumati sal vaqt o‘tmay Angliya bilan hamkorlik qilish yo‘liga kirdi.
1794 yilda u Angliya bilan savdo shartnomasi tuzdi. Federialistlar partiyasining boshliqlaridan biri bo‘lgan Jon Jey imzolagan bu shartnomada Amerika Qo‘shma Shtatlarining Angliyaga bo‘lgan, urushdan ilgarigi qarzlarini to‘lash ko‘rsatilgan, bu esa Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vest-Indiya bilan olib borgan savdosiga ziyon yetkazar edi, chunki bu shartnomada bir qancha xil tovarlarni Amerika kemalarida tashib berish taqiqlangan edi. Amerika Qo‘shma Shtatlarini tahqirlaydigan va uning uchun noqulay bo‘lgan bu tengsiz shartnoma xalqda katta g‘azab qo‘zg‘atdi. Xatto federialistlarning bir qismi ham bu shartnomani ma’qullamadi. Halq shartnomaga qarshi norozilik bildirdi, mamlakatda namoyishlar boshlanib, bu norozilik vaqtida Jeyning yasama jasadi olovga yoqildi, Nyu-Yorkda shartnomani yoqlab so‘zlagan Gamilton tosh bo‘ron qilinadi.
Bug‘doydan aroq haydovchilarga soliq solinadigan bo‘lishi munosabati bilan Vashington- Gamilton xukumatining siyosatidan fermerlarning noroziligi 1794 yilda G‘arbiy Pensilvaniyada, G‘arbiy Virjiniyada va Shimoliy Karolinaning bir necha okrugida ma’murlarga qarshi qurolli qarshilik ko‘rsatish tusini oldi. Amerikaning reaksion tarixchilari xalq xarakatlarining ahamiyatini kamsitib, bu g‘alayonlarning ko‘tarilishiga aroq haydovchilarga soliq solinadigan bo‘lishini sabab qilib ko‘rsatadilar, haqiqatda esa bu soliq halqda xukumatning antidemokratik siyosatidan tug‘ilgan qattiq g‘azabni yuzaga chiqargan sabablardan birigina edi, xolos. Xukumat fermerlarning g‘alayonlarini bostirish uchun Gamilton qo‘mondonligi ostida 15 ming kishidan iborat militsiya otryadi yubordi. 1799 yilda Pensilvaniyaning uchta okrugida soliq siyosatiga qarshi yana norozilik ko‘tarildi. Bu safargi qo‘zg‘olon deraza solig‘i solinishiga qarshi qaratilgan edi. Bu qo‘zg‘olonga mustaqillik uchun olib borilgan revolyusion urush qatnashchisi Jon Frays boshchilik qildi.
Shaxarlarda demokratik klublar o‘z faoliyatini avj oldirayotgan, fermerlar esa o‘z huquqlarini himoya qilish uchun qo‘llariga qurol olayotgan bir vaqtda, Janubda negr-qullar g‘alayonlar ko‘tardi. 1793 yilda Gaiti orolida ko‘tarilgan negrlar qo‘zg‘olonining g‘alaba qozongani to‘g‘risidagi xabar qullarning o‘z zolimlariga qarshi qurolli kurashga da’vat qiluvchi chaqiriq bo‘lib yangradi.
Jefferson, avvalgi vaqtdagi, ya’ni mustaqillik uchun olib borilgan urush yillaridagi kabi, qullikka qarshi edi, ammo u qullikni zo‘rlik yo‘li bilan bekor qilish fikrida emas edi. U, federialistlarning reaksion siyosatiga qarshi bo‘lib, keng shuhrat qozongan edi. Prezident bo‘lganidan keyin u yosh milliy burjuaziya manfaatlarini ifoda qildi.
Yevropada uzoq vaqt davom etgan urush Yevropa davlatlarining diqqatini G‘arbiy yarim shardan chalg‘itib, ularning bu rayondagi mustamlakachilik faoliyatini zaiflashtirdi. Ayni zamonda, urushayotgan davlatlarning g‘allaga va mustamlaka tovarlarga ehtiyoji kattaligidan foydalanib, Amerika Qo‘shma Shtatlari burjuaziyasi Yevropada o‘z mahsulotlari bilan, shuningdek (dallol sifatida) mustamlaka tovarlar bilan savdo qilishni avj oldirib yubordi. Amerika burjuaziyasi urushayotgan ikkala tomon bilan savdo qilishdan mumkin qadar ko‘proq foyda olishga xarakat qildi. Biroq bu yo‘lda u to‘sqinliklarga uchradi: urushayotgan davlatlarning har biri dushmanning savdosini cheklashga urunib dushman mamlakatga yuborilgan Amerika kemalari va tovarlarini musodara qildi. Shu zaminda, urushayotgan ikkala tomon bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida bir qancha katta janjallar chiqdi. Amerikaning Angliyaga yuk ortib borayotgan savdo kemalariga 1798 yilda hujum boshlagan Fransiya bilan AQSh o‘rtasida chiqqan tortishuv, ikkala davlat ( Fransiya bilan AQSh) o‘rtasidagi munosabatlarning jiddiy suratda keskinlashuviga sabab bo‘ldi; Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan Fransiyaning harbiy kemalari va qurollangan savdo kemalari bir-birining payiga tushdi. Uch yil ichida (1797-1800) amerikaliklar fransuzlarning 15 ta kemasini qo‘lga tushirib oldilar. Napoleon Amerika savdosiga qarshi ko‘rgan tadbirlarini 1799 yilning dekabirida bekor qilgandan keyingina, Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan Fransiya o‘rtasida urush chiqish xavfi yo‘q bo‘ldi.
XVIII asrning 80- yillari Amerika tarixida “keskin davr” hisoblanadi. Mustaqillik uchun olib borilgan shiddatli kurashlar g‘alaba bilan yakunlandi. Shunga qaramay, mustaqillik urushidan keyingi dastlabki o‘n yilliklar davomida mamlakatda og‘ir iqtisodiy qiyinchiliklar saqlanib qoldi. Ichki va tashqi iqtisodiy aloqalar va moliyaviy xayot izdan chiqdi. Iqtisodiy tanglikning qiyinchiliklari xalq gardaniga tushdi. Ulkan davlat qarzini turli soliqlar xisobidan qoplashga xarakat qilindi. Ayniqsa, fermerlarning ahvoli mushkul bo‘ldi. Qamoqhonalar qarzdorlar bilan to‘ldi.
Mustaqillik urushi davom etayotgan bir sharoitda yosh respublikachilar rahbariyati ichki siyosat soxasida katta o‘zgarishlarni ammalga oshirishdi. Sobiq mustamlakalar shtatlarga aylantirilgan holda, boshqaruvning respublika shakliga o‘tildi. 1776-1780 yillarda shtatlarda konstitutsiyalar qabul qilindi. Grajdanlar hokimiyati asosini belgilovchi qonunlar qabul qilindi. Grajdanlik hokimiyati asosini belgilovchi qonunlar qabul qilindi. Bir qator shtatlarda saylovlarda mulkiy senz bekor qilindi.
13 ta shtatlardan 10 tasida qonun chiqaruvchi organlar (ligistratura) 2 palatali bo‘lgani holda, quyi palatalarning tarkibi demokratik harakterga ega edi. 7 ta shtat konstitutsiyalari fuqarolarning huquqlari haqidagi qonunlar bilan to‘ldirilgan edi. Chunonchi, shaxsning daxlsizligi, so‘z va yig‘ilish o‘tkazish erkinligi, prisyajniylar sudi.
Eng muhimi, respublika hokimiyati agrar masalani demokratik tarzda hal etishga kirishdi. Yerrga egalikning feodal tartiblari bekor qilindi. 1787 yilda Kongress ijtimoiy yer fondini tashkil qildi, o‘sha yerlarni fuqarolargi xususiy mulk qilib sotilishi qonunlashtirildi.
Shimoliy shtatlarda va erkin yer maydonlarida qulchilik bekor qilindi. Lekin mamlakatning janubida qulchilik saqlab qolindi.
Dastavval AQSh ning davlat tuzillishi suveren shtatlarning uyushmasi (konfederatsiya) ko‘rinishiga ega bo‘ldi. 1781 yilda “Konfederatsiya moddalari va abadiy ittifoq” haqidagi hujjat tasdiqlangan edi.
Markaziy hokimiyat funksiyasini shtatlarning vakillaridan iborat bo‘lgan Kontinental kongress bajardi. Deputatlar xalq tomonidan tayinlanardi. Bu davrda respublika prezident ham Senat ham va Oliy sud ham yo‘q edi.
Garchand Markaziy hukumat bo‘lsa-da, shtatlar o‘z mablag‘iga, qurolli kuchlariga, bojxonalarga va hokozolarga ega bo‘lganlar. Mamlakatning turli shtatlarida ijtimoiyg‘iqtisodiy ziddiyatlar keskinlashdi. Savdo-moliya burjuaziyasi hokimiyatni o‘z qo‘lida mahkam tutishga intilardi.
O‘sha murakkab sharoitda kambag‘allikka mahkam etilgan fermerlar qo‘liga qurol oldilar. Ayniqsa, Yangi Angliyadagi shtatlarda kurash keskin tus oldi. 1786-1787 yillarda Massachusets shtatining shimolida kambag‘allashgan fermer Deniel Sheys boshchiligida kuchli qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Isyonkor guruxlarning soni 10 ming kishiga yaqin edi. Qo‘zg‘olonchilar barcha qarzlarini bekor qilish va arzon qog‘oz pul chiqarilishini talab qilishdi. Lekin bu qo‘zg‘olon mag‘lubiyat bilan tugallandi. Sheys qo‘zg‘oloni hukumron doiralarning kuchli markazlashgan davlatni barpo etish haqidagi intilishlarini yanada kuchaytirdi. Xalqaro vaziyat ham qudratli markazlashgan davlat tuzishni taqozo qilardi. Yevropa davlatlari yosh davlat hisoblangan AQSh bilan kam hisoblashardi.

Yüklə 262 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin