Fizikaviy xossalari. Aminokislotalar yuqori haroratda suyuqlanadigan, suvda yaxshi eriydigan rangsiz kristall moddalardir. Ularning suyuqlanish haroratlari bir-biridan kam farq qiladi.
Bir asosli aminokislotalarning suvdagi eritmalari neytral xarakterga ega. Aminokislotalar ichki tuz (bipolyar ion) N+H3–CH2COO– ko’rinishida mavjud bo’ladilar. Ularning bunday tuzilishga ega bo’lishligi fizikaviy tekshirish usullari yordamida aniqlanilgan.
Bipolyar ion kislotali muhitda kation, ishqoriy muhitda esa anion sifatida mavjud bo’ladi. Aminokislota eritmalari izoelektrik nuqtada elektr tokini o’tazmaydi.
Tabiiy aminokislotalar ikkiga: almashtirib bo’lmaydigan (lizin, metionin, izoleysin, trionin, tiptofan, valin va boshqalar) va almashtirsa bo’ladigan aminokislotalarga bo’linadilar. Ko’pchilik tabiiy aminokislotalar optik faollikka ega bo’lib, ulardan L-qatorga mansublari achchiq, yoki mazasiz, D-qatorga mansublari esa shirin mazaga egadirlar.
Dostları ilə paylaş: |