5. Gamma-aminomoy kislota va uning nerv impulslarini o’tkazishdagi ahamiyati. Gamma-aminomoy kislota (GAMK) miya to’qimasida glutamatdekarboksilaza ta’sirida glutamatdan hosil bo’ladi.
GAMK kontsentratsiyasi miya va orqa miyada juda yuqori. GAMK (glitsin ham) miya neyronlarining juda ko’p qismida barcha sinapslarning taxminan yarmida mediator vazifasida xizmat qiladi. Ushbu mediatorlar neyronlarda tormozlanish jarayonlariga sabab bo’ladi.
Α β γ α β γ
H OOC – CH2 – CH2 – CH – COOH CH2 – (NH2) – CH2 – CH2– COOH
- CO2
NH2
Glutamat GAMK
Katexolaminlarning hosil bo’lishi. Katexolaminlar – biogen aminlarga mansub mediator va gormonlar guruhi bo’lib, ular fenilalanin va tirozindan hosil bo’ladi. Fenilalanin va tirozindan quyidagi biogen aminlar: DOFA, dofamin, noradrenalin va adrenalin hosil bo’ladi. Ulardan adrenalin va noradrenalin asosiy mediatorlik yoki gormonal vazifani bajaruvchi hisoblanadi. Noradrenalin va adrenalin buyrak usti bezlarining mag’iz qismidagi xrommafin hujayralarda, bosh miyaning adrenergik sinapslari va vegetativ nerv sistemasining simpatik nervlarining uchlarida sintezlanadi.
http://hozir.org
Dostları ilə paylaş: |