Aminokislotalarning dekarboksillanishi va biogen aminlarning hosil bo’lishi. Almashinadigan aminokislotalar va tarkibida azot saqlovchi oqsil bo’lmagan birikmalarning hosil bo’lishi Reja



Yüklə 15,22 Kb.
səhifə4/5
tarix26.12.2023
ölçüsü15,22 Kb.
#197696
1   2   3   4   5
Aminokislotalarning dekarboksillanishi va biogen aminlarning hos-hozir.org

4

N C - CH2 CH - COOH


CH CH NH2

NH
.Gistamin, serotonin hosil bo’lishi va ahamiyati.
Gistamin gistidindekarboksilaza ta’sirida gistidindan sintezlanadi:
N C - CH2 – CH2
CH CH NH2
NH
-CO2

Gistidin gistamin


Deyarli hamma to’qima va organlar tarkibida gistamin bo’ladi. Asosan o’pka va teri to’qimasida ko’proq bo’ladi. Ko’p miqdordagi gistamin biriktiruvchi to’qimaning yog’ hujayralarida hosil bo’ladi, to’planadi va oqsil-geparin kompleksi ko’rinishida bog’langan bo’ladi. Bu to’qimalardagi gistamin gistaminning liberatorlari deb ataluvchi moddalar ta’sirida ajralib chiqadi. Shuningdek, gistaminning ko’proq miqdori pepsin va xlorid kislota sekretsiyasiga ta’sir etadi. U kam miqdorda qon plazmasi va boshqa biologik suyuqliklarda ham bo’ladi.
Gistamin keng biologik ta’sir qilish spektriga ega:
  • arteriolalar bilan kapillyarlarni kengaytiradi, natijada qon bosimi pasayadi;


  • kapillyarlarning o’tkazuvchanligini kuchaytiradi;


  • bosh miyada kapillyarlarni kengaytiradi va qondan suyuqlik chiqishi boshning ichki bosimi ko’tarilishiga va bosh og’rig’i paydo bo’lishiga olib keladi;


  • o’pka silliq muskullarini qisqartiradi, natijada birdan nafas qisib qolishi va bo’g’ilish tariqasida namoyon bo’ladi;


  • me’da shirasi va so’lak ajralishini kuchaytiradi.


Gistamin patologik jarayonlarda ko’p miqdorda ajralib chiqib, allergik reaktsiyalarning mediatori bo’lib hisoblanadi. Bunday holatlarda antigistamin dori-darmonlar qo’llaniladi. Organizmda ba’zi antigen moddalar (oqsil tabiatli, polisaxaridli antigenlar, bir qancha dorilar) tushganda organizmning sensibilizatsiyalashgan holati (darhol yuzaga chiqadigan turdagi o’ta sezuvchanlik holati) rivojlanadi. O’sha antigenning o’zi bir necha daqiqa davomida organizmga yana tushadigan bo’lsa, bu gistamin shokining deyarli aniq nusxasidan iborat bo’lgan o’tkir reaktsiya boshlanishiga olib keladi (anafilaktik va allergik reaktsiyalar). Bu reaktsiyalar mexanizmi semiz hujayralardagi gistamin ajralib chiqishini o’z ichiga oladi. Bu hujayralardan gistamin ularning yuzasida antigen-antitana ta’siri yuzaga kelishi natijasida ajralib chiqadi.


Ushbu reaktsiyalarni oldini olish va davolashda quyidagi antigistamin preparatlardan foydalaniladi: sanorin, pinolfen, dimedrol, glyukokortikoidlar va boshqalar.
Serotonin esa triptofandan hosil bo’ladi. Katta yoshdagi odamning 90% serotonini ichakning enteroxprommafin hujayralarida saqlanadi. Qolgan qismi teri qavatining yog’ hujayralari, taloq, jigar, buyrak, op’kada bo’ladi. Serotonin ko’proq miqdorda qon trombotsitlari va markaziy nerv sistemasida bo’ladi. Xususan, u bosh miyaning kul rang qavatida va gipotalamusda hosil bo’ladi. U yuqori biologik faollikka ega bo’lgan biogen amindir. Serotonin qon tomirlarini toraytiradi va arterial qon bosimini oshiradi, tana harorati, nafas olish va buyrak filtratsiyasini boshqarishda ishtirok etadi; allergik reaktsiyalar, homiladorlik toksikozi vujudga kelishida ishtirok etadi.
Serotonin markaziy nerv sistemasida mediatorlik va periferik organ va to’qimalarda mahalliy boshqaruvchilik vazifasini bajaradi.




    1. Yüklə 15,22 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin