Amir Temur buyuk davlat arbobi, yuksak ma'naviyat sohibi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə3/11
tarix07.05.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#109141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Arim Temur buyuk sarkarda

Tarix bu ko‘hna dunyoda juda ko‘p jahongirlarni ko‘rgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr bo‘yi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Uning «qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim», degan so‘zlari bunyodkorlik, yaratuvchanlik faoliyatining tasdig‘idir. «Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo‘lsangiz, qurgan binolarimizga boqing» deganda Amir Temur, avvalo, o‘z xalqiga, kelajak avlodlariga murojaat qilgan, desak yanglishmaymiz.

  • Tarix bu ko‘hna dunyoda juda ko‘p jahongirlarni ko‘rgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr bo‘yi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Uning «qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim», degan so‘zlari bunyodkorlik, yaratuvchanlik faoliyatining tasdig‘idir. «Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo‘lsangiz, qurgan binolarimizga boqing» deganda Amir Temur, avvalo, o‘z xalqiga, kelajak avlodlariga murojaat qilgan, desak yanglishmaymiz.
  • Har qanday jamiyat taraqqiyotini ilm-ma'rifatsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Buni teran anglagan sohibqiron hokimiyatga kelishi bilan chiqargan dastlabki farmonlarini madrasalar barpo etishga, ilm toliblariga nafaqalar tayinlash bilan boshlagan. Qaysi bir shaharga tashrif buyurmasin Amir Temur avvalo o‘sha yerlik olimu fozillar bilan uchrashar, ular bilan suhbat qurar, turli mavzularda bahslashar edi.
  • Tarix, tibbiyot, matematika, astronomiya, me'morchilik sohalarida yuksak salohiyatga ega Amir Temur uchun bu tabiiy hol edi.
  • Amir Temur ma'naviyatini belgilovchi bosh mezon uning butun umr bo‘yi amal qilgan «Kuch - adolatda!» degan shioridir. Bu shiorda Amir Temur hayoti va faoliyatining butun mazmuni mujassamlashgan, desak yanglishmaymiz. Amir Temurning ma'naviy va ma'rifiy qarashlari uning o‘z farzandlari, nabiralari, taxt vorislariga qoldirgan o‘gitlari «Temur tuzuklari»da mujassamlashgan. Bu bebaho tarixiy asarda, hokimlar va vazirlarning vazifalari, o‘z ishiga munosabati, aholi turli qatlami - raiyatning haq-huquqini himoya qilish, sipohlarga munosabat kabi hayotiy ma'naviy-axloqiy qonun-qoidalar o‘z ifodasini topgan.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin