Ikkinchi qism jahongirning nomidan aytilgan va uning toj-u taxt vorislariga atalgan o'ziga xos vasiyat va pand-nasihatlaridan iborat. Unda davlatni idora qilishda kim1argtayanish, bosh1iqlarni saylash, sipohiylarning maoshi, mamlakatlarni boshqarish tartibi, davlat arboblari va bosh1iqlarning burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u taxt oldidagi alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar xususida gap boradi. Amir Temur davlatni boshqarishda o'zidan avval o'tgan hukmdorlardan farq qilib, davlat va mamlakatni boshqarishda 1 yoki 2 tabaqaga emas, balki aholining barcha tabaqalariga suyandi. «Temur tuzuklari»da aytilishicha, davlat asosini 12 ijtimoiy toifa tashkil qiladi: 1) sayyidlar (payg'ambar avlodlari), ulamo, mashoyix, fozil kishilar; 2) ishbilarmon, donishmand kishilar; 3) xudojo'y, darvesh, qalandarlar; 4) no'yonlar- amirlar, ya'ni harbiy kishilar, mingboshilar; 5) sipoh va raiyat; 6) maxsus ishonchli kishilar; 7) vazirlar va sarkotiblar; 8) hakimlar va tabiblar, muna]imlar va muhandislar; 9) tafsir va hadis olimlari; 10) ahli hunar va san'atchilar, hunarmand, kosiblar; 11) so'fiylar; 12) tojir (savdogar) va sayyohlar xorij bilan savdo-sotiq. Uning taqdirini 3 narsa: podshoh, xazina va askar hal qiladi. Qo'shin, asosan, o'n, yuz, ming va tumanga bo'lingan, o'n kishilik harbiy bo'linma tepasida turgan bosWiq- o'nboshi, shuningdek... yuzboshi, mingboshi, tuman boshlig'i, no'yon deb atalgan. Asarda ularning haqhuquqlari, oylik maoshi ham aniq ko'rsati1gan. Masalan, oddiy sipoh mingan otining bahosi baravarida, bahodirlar 2-14 ot baravarida va h.k. maosh olishgan. «Temur tuzuklari»da qilich chopishda o'zini ko'rsatgan bahodirlar 1-marta o'nboshi, 2-marta o'zini ko'rsatsa - yuzboshi, 3-marta esa mingboshi etib tayinlansinlar, deyilgan. Jang va xizmatda o'zini ko'rsatgan amirlar rag'batlantirilgan. Qaysi bir amir qo'shin bilan mamlakatni olsa, 3 narsa- imtiyoz bilan siylangan. Unga: 1) tug', nog'ora va bahodirlik martabasi;- 2) davlat kengashlariga bemalol kirish huquqi; 3) biron sarhadning noibligi berilgan. Temur tuzgan qo'shin o'zining strategik va taktik mahorati bilan o'sha davrning eng mukammal va kuchli armiyalaridan hisoblangan. «Temur tuzuklari»da o'sha qo'shinning tuzilishi, qurollanishi, harbiy san' ati haqida muhim ma'lumotlar keltirilgan..