Xulosa qilib aytganda, Temuriylar davri ilm-fan, ma'rifat, ma'naviyat va madaniyati jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi. Bunda ulug‘ bobomiz, davlat arbobi, sarkarda sohibqiron Amir Temurning xizmatlari beqiyos va benazirdir. Buni hammamiz, ayniqsa Siz talaba yoshlar to‘g‘ri anglamog‘ingiz lozim, ul ulug‘ zot ila faxrlanishimiz barchamizning burchimiz.

Amir Temur ma'naviyat masalalari tomomdan XIV-XV asrlarda yozilgan bo'1ib, dastlab turk tilida chop etilgan. 1783-yilda ing1iz tilida nashr qilingan. Birinchi marta o'zbek tiliga 1967-yilda forschadan tarjima qi1ingan. «Temur tuzuk1ari»da Amir Temur, Movarounnahrning 1342-1405-yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, qo'shni mam1akatlar va xalqlar bilan bo'lgan o'zaro munosabatlar haqida hikoya qilinadi. «Temur tuzuklari»da Amir Temurning asosiy doktrinasi -jamiyatga, ijtimoiy-siyosiy hayotga qarashi, birlashgan qudratli feodal davlatning siyosiy va ax1oqiy tamoyillari Jfodalangan. «Temur tuzuklari» podshohlarning turish-turmushi va odob-axloq me'yorlarini belgilovchi risoladir. Asar 2 qismdan iborat. Birinchi qismda jahon tarixida mashhur fotih, sarkarda va iste'dodli davlat arbobi sifatida nom qoldirgan Amir Temurning 7 yoshidan to vafotiga qadar kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, aniqrog'i, uning Movarounnahrda Markaziy hokimiyatni qo'lga kiritish, feodal tarqoqlikka barham berish va markazlashgan davlat tuzish, qo'shni yurt va mam1akatlarni, masalan, Eron hamda Afg'onistonni o'z tasarrufiga kiritish, oltin O'rda hukmdori To'xtamishxon (1376-1395), butun Yevropaga qo'rquv va dahshat solgan Turkiya su1toni Boyazid Yildirim (1389-1402) ga qarshi va, nihoyat, buyuk jahongirning Ozarboyjon, Gruziya va Hindistonga qilgan harbiy yurishlari ixcham tarzda bayon etilgan.