Temur va Temuriylar davri, umuman Sharq, xususan O‘rta Osiyo ilm-fani, madaniyati, ma'naviyati, adabiyot va san'ati rivojida muhim bosqich, yangi tarixiy davr, tub burilishdir. Bu davrdagi ma'naviy-ma'rifiy hayotdagi ko‘tarilish va yuksalishining manbai, boshlanishi IX-XII asrlarga borib taqaladi. XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrdagi O‘rta Osiyoning madaniy, ma'naviy va ma'rifiy kamoloti IX-XII asr madaniyati, ma'naviyati va ma'rifatining davomidir. O‘rta Osiyo xalqlari orasida yetishib chiqqan buyuk tafakkur egalarining butun bir avlodi xuddi shu davrda shakllandi va ijod etdi. Butun dunyoga nomlari mashhur tarixchilar Sharofiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir, Davlatshoh Samarqandiy; olimlar - Ulug‘bek, Ali qushchi, qozizoda Rumiy; faylasuf shoirlar - Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy; musavvirlar - Kamoliddin Behzod, Qosim Ali, Mirak Naqqosh; hattotlar - Sulton Ali Mashhadiy, Sulton Muhammad Xandon, Muhammad bin Nur va boshqalar shular jumlasidandir. Ularning hammasi o‘sha davr va o‘zlarigacha bo‘lgan insoniyat ma'naviyati, ma'rifati va madaniyati yutug‘ining barcha sohalarini mukammal bilib va o‘zlashtirib olgan, o‘zlari tanlagan sohalarning hali hyech kim tomonidan zabt etilmagan cho‘qqilarini egallagan ulug‘ siymolar, qomusiy ilm, aql egalari bo‘lganlar. Shuning uchun ham ularning boy, serqirra ijodlari, tengi yo‘q va takrorlanmas ilmiy-falsafiy, badiiy, tarixiy asarlari asrlardan asrlarga, davrlardan davrlarga eson-omon o‘tib, barcha alg‘ov-dalg‘ovlarga bardosh berib bizlargacha yetib keldi.

Temuriylar davri ma'naviyati va ma'rifati rivoji o‘zlarining ongli hayoti va faoliyatini insonning baxt-saodati, xalqlar osoyishtaligi, obodonlik ishlari, ilm-fan, adabiyot va san'at rivojiga bag‘ishlagan ikki buyuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy (1414-1492) va Mir Alisher Navoiy (1441-1501) larning nomi bilan chambarchas bog‘liqdir.