Amir Temur davriga oid manbalar


Amir Temur va temuriylar davlatida unvon va mansablar



Yüklə 217,59 Kb.
səhifə16/48
tarix20.12.2022
ölçüsü217,59 Kb.
#76673
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48
Amir Temur davriga oid manbalar (3)

21.Amir Temur va temuriylar davlatida unvon va mansablar
Bizga manbalardan ma’lumki, Amir Temur hokimi mutlaq bo‘lib, uning farmolari so‘zsiz ijro etilgan. Ammo, o‘rta asrlar davlatchilik an’analariga ko‘ra, nasl-nasabi xon avlodiga mansub bo‘lmagan shaxs taxtni boshqara olmas edi. Shuning uchun ham, o‘z davrida Amir Qozog‘on tomonidan belgilangan an’anaga ko‘ra, Amir Temur avval Chingizxon avlodidan bo‘lgan Suyurg‘atmishni (1370-1388 yy.) keyin esa uning o‘g‘li Sulton Mahmudxonni (1388-1402yy.) o‘z huzurida “xon” qilib ko‘taradi. Ularning nomidan yorliqlar chiqarilib, tanga pullar zarb qilingan bo‘lsa-da, Sohibqiron ularni davlat ishlariga umuman aralashtirmagan. Sohibqiron “amir” unvonida bo‘lib, 1370yilda Qozonxonning qizi Saroymulkxonimga uylanganidan so‘ng “Qo‘ragon” (“Xon kuyovi”) unvonini oladi. Bu holat, ya’ni, xon avlodiga kuyov, qarindosh bo‘lishi ham uning siyosiy mavqeini rasman bo‘lsa ham mustahkamlashga xizmat qilgan. Dargoh- eng oliy davlat idorasi bo‘lib, oliy hukmdor Amir Temur, yuqorida eslatganimizdek, Suyurg‘atmishni «xon» deb e’lon qilgan bo‘lsa-da, hokimiyat batamom Sohibqiron ihtiyorida bo‘lgan. «Soxta xon» e’lon qilinishi holati o‘sha davr vaziyati va voqeyligidan kelib chiqib, Amir Temur hokimiyatini mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilgan edi. «Tuzuklar»da keltirilishicha, dargohda vaqti-vaqti bilan xos majlislar o‘tkazilib
turilgan. Bunday majlislarda davlat va mamlakat idorasi, sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga munosabat, mansab va vazifalarga tayinlash masalasi ko‘rib chiqilgan. Bunday tadbirlarni tor doirada o‘tkazilishiga sabab, davlat ahamiyatiga molik masalalarni chetga ayon bo‘lishidan saqlanish edi. Dargoh faoliyatini boshqarish, uning devonlar va joylardagi mahalliy hokimiyat idoralari bilan bog‘lanib turish ishlari Oliy devon zimmasida bo‘lgan. Dargoh tizimidagi bu devonga devonbegi boshchilik qilgan. O‘sha davrda oliy devonning ahamiyati va mavqei shu qadar baland bo‘lganki, ayrim manbalar (Ali Yazdiy) uni dargoh bilan bir ma’noda ta’riflagan.

Yüklə 217,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin