Amir Temur davriga oid manbalar


Amir Temurni dunyoga tanitgan janglar. To‘xtamishxon va Boyazid Yildirimlarga qarshi yurishlar



Yüklə 217,59 Kb.
səhifə9/48
tarix20.12.2022
ölçüsü217,59 Kb.
#76673
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48
Amir Temur davriga oid manbalar (3)

10. Amir Temurni dunyoga tanitgan janglar. To‘xtamishxon va Boyazid Yildirimlarga qarshi yurishlar.
Ta’kidlash lozimki, Amir Temur o‘z oldiga Oltin O‘rda davlatini tugatishni maqsad qilib qo‘ymagan edi. Aksincha, u o‘zaro hamjihatlik va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish tarafdori bo‘lgan. Qolaversa, To‘xtamishxonni hokimiyatga olib chiqayotganda ham yuqoridagi maqsadlarga tayangan edi. Oltin O‘rdaga qarshi harbiy harakatlar avvalo o‘z saltanatini xavf-xatardan muhofaza etish, uning harbiy kuch-qudratiga xavf solmaslik uchun tegishli zarba berish bilan izohlanar edi. Shimoliy Kavkazdagi Darband yo‘lida Amir Temur o‘zaro nizolarni tinchlik yo‘li bilan hal qilishga harakat qildi hamda To‘xtamishxon huzuriga Shamsiddin Olmaliqiy boshchiligidagi elchilarni jo‘natdi. To‘xtamishxon riyokorlik qilib urushga tayyorgarlikni davom ettirdi. Jang 1395 yil 15 aprelda Shimoliy Kavkazdagi Tarak daryosi bo‘yida bo‘lib, umumiy qo‘shinlar soni 400 ming atrofida, 30-35 km.lik katta maydonda olib borildi. Amir Temurning yangi harbiy taktikasi (qo‘shinni yetti g‘o‘l (korpus)ga ajratish, yigirma yetti qo‘shindan iborat kuchli zaxira bo‘linma tuzish, kuchli markaz tashkil etish) o‘z natijasini ko‘rsatdi. Amir Temur qo‘shinlari butkul g‘alaba qozondilar, To‘xtamishxon qolgan - qutgan qo‘shini bilan Bulg‘or tomonga qochib ketdi. Amir Temur Oltin O‘rdaga oxirigacha zarba berish maqsadida Volga va Dnepr oralig‘idagi yerlarga yurish qildi. U Movarounnahr va umuman o‘z davlati xavfsizligi yo‘lida Volga va Dnepr daryolari oralig‘idagi To‘xtamishxon yerlariga zarba berishi lozim edi. Bu masalada Shamsiddin Abbos va amirzoda Pirmuhammad boshchiligidagi qo‘shin Jo‘chi ulusining o‘ng
qirg‘og‘idagi yerlarga jo‘natildi. Amir Temurning o‘zi Dnepr daryosining chap qirg‘og‘i bo‘ylab yurib, Ankerman degan joyni, so‘ngra Azov daryosi bo‘yidagi muhim qo‘rg‘on bo‘lmish Azov (Azoq)ni egalladi. Shundan so‘ng Rus davlati tomon yurish qilib, Ryazan, Yeles va boshqa Markaziy Rossiya hududidagi yerlarni egalladi. Oltin O‘rda poytaxti va boshqa Oltin O‘rda shaharlari to‘liq Amir Temur qo‘shinlari tomonidan egallandi. Keyinchalik cherkeslar yurti va Dog‘iston hududi ham egallandi. 1396 yili qishda Kaspiy bo‘yidagi Ashtarxon shahri ham qo‘lga kiritildi. 1400 yilga kelib Amir Temurning turk sultoni Boyazid Yildirimva Misr sultoni Faraj bilan munosabatlari keskinlashdi. Ta’kidlash joizki, Yaqin va O‘rta Sharqda hukmronlik masalasida yuqorida qayd etilgan masala yaqqol namoyon bo‘lib qoldi. Ikkala qudratli davlat hududda hukmronlik qilishga da’vo qilishar edi. Usmoniylar davlati sultoni Boyazid Yildirim (1389-1402) bilan o‘zaro nizoli masalalarni hal etish borasida Amir Temur u bilan to‘rt marotaba maktub almashdi. Lekin, Boyazid munosabatlarni tinchlik bilan yo‘lga solish o‘rniga bir qator nomaqbul harakatlarni ham amalga oshirdi. Tabiiyki, bu hol tez orada ikki qudratli hukmdor o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lishiga olib keldi. Hal qiluvchi jang 1402 yilning 20 iyul kuni Anqara yaqinidagi Chibukobod tekisligida sodir bo‘ldi. Jang oqibatini Amir Temur urushning chalg‘itish usuli bilan hal qildi. Bu borada sultonga xavf solish uchun Temurning nevarasi Muhammad Sultonga turklarning strategik ahamiyatga ega tepaligini zabt etish vazifasi yuklanadi. Shohrux va Mironshoh Mirzolar Muhammad Sultonga yordam berdilar. Sohibqiron qo‘shinlari Boyazid qo‘shinlari qanot qismini uzib, turklar qo‘shinini har ikkala qanotini qurshab oldi. Kechga borib turklar to‘la mag‘lubiyatga uchradilar. Turk sultoni ham asirga olindi.

Yüklə 217,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin