AMIR TEMUR SALTANATI
O’zbekiston tarixi
Ta’limiy maqsad: Amir Temur, uning ajdod va avlodlari, Movarounnahrdagi siyosiy hayot, mo’g’ullarga qarshi kurash, Samarqanddagi sarbadorlar harakati haqida bilim berish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni ajdodlar merosiga hurmat, ular hfyotidan ibrat olish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilar bilimini boyitish, ularni qo’shimcha manbalardan foydalanishga, A.Temur tuzuklarini hayotga tatbiq etishga o’rgatish.
Dars turi: Noan’anaviy.
Dars usuli: Aqliy hujum, guruhlararo musobaqa, sahna ko’rinishi, savol-javob, o’z-o’zini boshqarish.
Dars jihozlari: Darslik, dunyoning siyosiy xaritasi, Amir Temurning rasmi, “Amir Temur ajdodlarining hukmronlik shajarasi” ko’rgazma vositasi, sahna kiyimlari, mavzuga oid xarita.
Darsning borishi: Davomat aniqlanib, tashkiliy qism o’tkazilgach, o’quvchilarga dars etaplari va DTS talablari haqida ma’lumot beriladi. O’quvchilar ikki guruhga bo’linadi. Ma’naviyat daqiqasi o’tkaziladi.
O’qituvchi: Aziz o’quvchilar! Yangi yilni kutib olgach, yanvar oyida yurtimizda yana qanday bayramni nishonlaymiz?
1-o’quvchi: 14-yanvar-“Vatan himoyachilari kuni”ni bayram qilamiz.
O’qituvchi: Vatan himoyachilaridan kimlarni bilasiz?
2-o’quvchi: Harbiy xizmatga otlangan har bir yigit Vatan himoyachisidir.
3-o’quvchi: Qishloqdoshimiz Orzubek Tojimatov nomini alohida tilga olamiz. Chunki “Chegara qo’shinlari a’lochisi” nishondori, marhum O.Tojimatov nomi bizning maktabimizda adabiylashtirilgan.
O’qituvchi: Rahmat, bolajonlar!
Yangi mavzuning bayoni: A.Temur siymosidagi o’quvchi guruhlarning nomlarini “Amir Temur ajdodlari” va “Amir Temur avlodlari” deb e’lon qiladi. Har ikkala guruhga A.Temur siymosidagi bola boshlovchilik qiladi.
1-guruh uchun savollar:
Amir Temurning ajdodlari bilan tanishtiring.
Amir Temurning yoshligi haqida gapiring.
Amir Temurning mo’g’ullarga qarshi olib borgan kurashlarini so’zlab bering.
Xaritadan Amir Temur saltanatini ko’rsating.
2-guruh uchun savollar:
Amir Temurning avlodlari bilan tanishtiring.
Movarounnahrdagi siyosiy tarqoqlik haqida gapiring.
Samarqanddagi sarbadorlar harakati haqida gapiring.
Xaritadan Movarounnahrdagi siyosiy tarqoqlikni tushuntiring.
Boshlovchi nazoratida guruhlarning javoblari o’quvchilar tomonidan to’ldiriladi. To’g’ri yoki noto’g’riligi o’qituvchi tomonidan izohlanib, guruhlarga kartochkalar berib boriladi.
Klaster usulida 1-guruh “Amir Temir kim?”, 2-guruh “Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik” jadvalini to’ldiradi. Javoblardagi asosiy g’oyalarni o’quvchilardan biri doskaga yozib boradi.
Darsni yakunlash: O’qituvchi har bir guruhning ballarini jamlaydi va g’olib guruh aniqlanadi. Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi, so’ngra darsga xulosa qilinadi.
Uyga vazifa: “Amir Temur markazlashgan davlat asoschisi” mavzusiga tayyorlanib kelish.
Davronbek SULTONOV,
Uzun tumanidagi 11-maktabning
tarix fani o’qituvchisi
http://mahorat.uz portali "Pedagogik internet yarmarka" resursi
Dostları ilə paylaş: |