Amir temur saltanatida san'at va musiqa pedagogikasi mundarija: kirish


Axloq va odob haqidagilarga quyidagilar kiradi



Yüklə 183,54 Kb.
səhifə9/13
tarix21.12.2023
ölçüsü183,54 Kb.
#188794
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
AMIR TEMUR SALTANATIDA SAN\'AT VA MUSIQA PEDAGOGIKASI

Axloq va odob haqidagilarga quyidagilar kiradi:

  • adolat va adolatsizlik;

  • so’z va ishning birligi;

  • do’st va dushmanlik;

  • botirlik va qo’rqoqlik;

  • so’z va shirinsuxanlik.

Shunday qilib Amir Temurning “Temur tuzuklari” asarlari olamshumul tarixiy voqealarni haqqoniy aks ettirgan tarixiy yodgorlikdir, undagi odob-axloq, vatanparvarlik va adolatparvarlik g’oyalarini yoshlar qalbiga etkazib berish bizning burchimizdir.
Amir Temur va Temuriylar davrini, mubolag‘asiz, nafaqat o‘zbek xalqining, balki butun Yaqin va O‘rta Sharq ellarining musiqa san'ati jadal ravnaq topgan, kamolot cho‘qqisiga erishgan, chinakam Uyg‘onish davri bo‘lgan deyish mumkin. Zero, bu xalqlar yagona davlatni tashkil etib, o‘zaro samarali madaniy aloqalar o‘rnatibgina qolmay, ayni vaqtda Osiyo va Ovro‘poning eng yirik mamlakatlari bilan ham ma'naviy bog‘lanish imkoniyatiga ham ega bo‘lganlar. Temuriylar sulolasi hukmronligi davrida xonanda va sozandalar rasmiy-diplomatik, harbiy va boshqa tantanalarning doimiy qatnashchilariga aylangan. Xalq tomoshalari, ommaviy bayramlar ularsiz o‘tmas edi. Bu esa, o‘z navbatida musiqaniig boshka san'atlar qatoridan muhim o‘rin egallashini ta'minladi. Manbalarda keltirilishicha, o‘zbek xalq musiqasi qatori harbiy-rasmiy musiqa turlari, mumtoz maqom san'ati, mintaqaning boshqa turkiy hamda arabzabon, forsiyzabon xalqlarining musiqiy fol'klori rivoj topdi. Eng muhimi, musiqiy sozlar jasorat va mardlik ramziga aylandi.
«...amr qildimki, - deb ta'kidlaydi Amir Temur o‘z « Tuzuklari»da, -qaysi bir amir biron mamlakatni fath etsa, yo g‘anim lashkarini yengsa, uni uch narsa bilan mumtoz qilsinlar: (birinchisi) faxrli xitob, tug‘ va nog‘ora berib, unn bahodir deb atasinlar».
Mazkur manbaning yana bir bo‘limi Amir Temurning xalq cholg‘u asboblariga bo‘lgan munosabatini ayniqsa yaqqol namoyon qiladi: «...amr qildimki, o‘n ikki katta amirlarning har biriga bitga bayroq (alam) va bir nog‘ora berilsin, Amir ul-umaroga bayroq sa nog‘ora, tuman tug‘ pa chortug‘ takdim etsinlaMingboshiga esa bir
tug‘ va karnay (nafir) bersinlaYuzboshi va o‘nboshiga bittadan katta nog‘ora (tabal) bersinlaAymoqlarning amirlariga bo‘lsa, bittadan burg‘u taqdim etsinlaTo‘rt beklar begining har biriga bittadan bayroq, nog‘ora, chortug‘ va burg‘u bersnnlar».
qizig‘i shundaki, Sohibqiron fikriga binoan oddiy xalq orasida keng tarqalgan milliy cholg‘u asboblarimiz qonuniy ravishda hokim va lashkarboshilarning ijtimoiy va harbiy mavkeini belgilab beruvchi timsolga aylandi.
Amir Temurning o‘zi musiqaning xis-tuyg‘ularga ta'sir imkoniyatlaridan boxabar bo‘lib, amaliyotda undan mohirona foydalangan.
Sohibqiron saroyda o‘tkazilgan tantanalarda doimo musiqachilarning ijrosini maroq bilan tinglab, yangi yaratilgan asarlarga baho berishni xush ko‘rgan. Uning bu fazilatlarini merosxo‘rlaridan tortib sarkardalarigacha butun saroy ahli yaxshi bilgan.
Sohibqiron harbiy yurishlarda ham musiqiy asboblarga bo‘lgan ixlosini unutmagan. Jumladan, uning harbiy amaliyot tarixiga kiritilgan qator «kashfiyotlari» nihoyatda qiziqarlidiMasalan, mo‘jaz shahar yoki kishloqqa hujum boshlangdan oldin, u yerga yashirin ravishda karnaychi va nog‘orachilar kiritilgan. Erta tong bexosdan bu asboblarning yangrashi aholini dovdiratib, harbiylarga katta yordam bergan.
Amir Temurning musiqiy asboblarga bo‘lgan mehrini uning harbiy yurishlari tasvirlangan ko‘pgina miniatyuralar ham tasdiqlaydi. Temuriylar davrida, saroylarning bosh darvozalari tepasiga maxsus nog‘oraxonalar qurish odat tusini olgan, bu hol musiqa san'atiga bo‘lgan e'tiborning yana bir yorqin dalilidiMa'lumki, Saroy musiqiy guruhlarining asosan karnaychi va nog‘orachilardan iborat yetakchilarini hukmdorning shaxsan o‘zi tayinlar, ularni «mehtar» deb atashar edi.
Mazkur to‘dalar ommaviy bayram va tantanalarda, masalan, Ramazon oyida bozorlarda kechasi o‘tkaziladigan udumlarda (bozor-i-shab) va hokazolarda faol qatnashardi.
Katta va kichik cholg‘u to‘dalari Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”siga, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur asarlariga ishlagan miniatyuralarida ko‘p uchraydi. Eng muhimi, ullarni umumiy bezak sifatida emas, balki faoliyatini
ko‘rsatish uchun tasvirlangan.
Amir Temur davriga xos bo‘lgan ma'naviy ko‘tarinkilik musiqa san'atining deyarli barcha jabhalari uchun keng imkoniyat yaratib berdi: sozandalik va xonandalik, musiqa ta'limi, bastakorlik ijodi, musiqa ilmi kamol topdi. Asrlar qa'rida shakllangan an'anaviy ustoz-shogird ta'lim tizimi keng quloch yozdi.
O‘z mohiyatiga ko‘ra, tom ma'nodagi uyg‘onish harakatini yaratgan bu jarayon nafaqat Amir Temur saltanatining poytaxti Samarqandda, balki uning avlodlari Shohruh, Ulug‘bek, Husayn Boyqaro, Bobur va boshqalar davridagi Buxoro, XIVa, Kitob, Balx, qobul shaharlarida ham kizg‘in kechdi. OO‘rta asrlar an'anasi shahar aholisining kasb-koriga ko‘ra, jamoa (mahalla) bo‘lib yashashni taqozo etar edi.
Ulug‘bek Samarqandni idora qilgan davrda (1409-1449) fan va madaniyat ravnaqiga katta ahamiyat berib, o‘z atrofiga olim, shoir, musiqachi va boshqa san'at ahllarini to‘plagan edi. Bu davrda qimmatli madaniy boyliklar yaratildi, xususan matematika, astronomiya, tarix va boshqa fanlar rivoj topdi.
XIV-XV asrlarda O‘rta Osiyo madaniyati, o‘rta asr adabiyoti va musiqasining eng yuksalgan davri ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy va tojik klassik shoiri va atoqli olimi Abdurahmon Jomiy yashagan davr edi. Bu vaqtda temuriylarning ikkinchi yirik madaniyat markazi Hirotda fan, adabiyot va san'at rivojlandi. Sulton Husayn Mirzo (1458-1506) hukmronligi vaqtida shoir va musiqachilarning katta qismi saroyga, xususan ulug‘ Navoiyning atrofiga to‘plangan edilar.
Hirotda she'riyat va musiqa ayniqsa gullab-yashnadi. Bu davrda yaratilgan ko‘psonli she'riyat va musiqa haqidagi asarlar, nazariy risolalar, adabiyot va musiqa madaniyatining yuksak darajada bo‘lganligini tasdiqlaydi.
Bizga qadar yetib kelgan qo‘lyozmalar XIV-XV asr musiqa madaniyati xususida boy ma'lumotga ega bo‘lib, bu davr haqida to‘laqonli taassurot hosil qilish imkonini beradi. Shunga ko‘ra bu davrning o‘ziga xosligi unda jo‘shkin harkatchanlik yetakchilik qilganligidadir, deyish mumkin.
Shu boisdan, aynan mazkur davrda, mahobatli maqomlar tizimi-»Shashmaqom»ning shakllanishi mantiqiy nihoyasiga yetdi. Bu jarayonga, ya'ni «Olti maqom» turkumining maydonga kelishiga adabiy «Xamsa»lar ta'sir ko‘rsatgani ehtimoldan xoli emas.

Yüklə 183,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin