Kurs ishining maqsadi. ”Sohibqiron Amir Temur hazratlari – millatimizning suyangan tog’laridan biri, xalqimizning abadiy faxri va g’ururidir. Ul zot Turonzaminni mo‘g’ullar istilosi asoratidan ozod etdi, mamlakat va xalq daxlsizligini, tinchligini va osoyishtaligini, obodlik va farovonlikda rivojlanishini to‘liq va ishonchli kafolatlay oladigan markazlashgan qudratli davlatni vujudga keltirdi, uning amru irodasi ostida bu yerda hayot har taraflama gullab-yashnadi. Turonzamin Amir Temur davrida Buyuk Ipak yo‘lining qaynoq, gavjum, fayzli-barakali go‘shalardan biriga aylandi.Amir Temur va temuriylar davrida yashagan muarrixlar Sharafiddin Ali Yazdiy, Nizomiddin Shomiy, Mirxond, Ibn Arabshoh, Muiniddin Nataniy va boshqa qator mualliflarning aksariyati o‘sha davrda yashaganliklari uchun bo‘lib o‘tgan voqyea va hodisalarni uning bevosita hamda bilvosita shohidlari sifatida jonli va ishonchli tarzda bayon qilingan.
Kurs ishining vazifasi. 1.Amir Temur davrida musiqachilar sa’nati namoyishlari
2.Amir Temur saroyida o‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi risolasi
3.Temuriylar davri musiqa madaniyati
4.Amir Temur saltanatida san'at va musiqa pedagogikasi
5.Musiqiy nazariy meros
6.Bayram, o‘yinlar tomoshalar
7.Hoja Abdulqodir Marog‘iy va uning musiqiy-nazariy merosi.2
I BOB. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI JAHON MADANIYATI TARIXI 1.1.Amir Temur davrida musiqachilar sa’nati namoyishlari O‘zbek xalqining musiqa madaniyati ko‘p asrlik tarixga ega, ko‘pgina sozanda va xonandalar avlodining faoliyatida qaror topgan xalq hamda og‘zaki ananadagi professional musiqa san’ati bu haqida guvoxlik beradi. Moddiy madaniyat yodgorliklarining tasdiqlashicha, bugungi O‘zbekiston territoriyasida O‘rta Osiyo xalqlari ajdodlari yaratgan qadimgi sivilizatsiya mavjud bo‘lgan. Arxeologiya malumotlari, tasviriy sanat asarlari (sharq poetik ijodiyoti asarlarida tasvirlangan miniatyuralar), sharqshunoslarining yangi tadqiqotlari va, nihoyat o‘rta asrdagi O‘rta Osiyo olimlarining musiqiy risolalari tarjimasi o‘zbek xalqi musiqa madaniyati taraqqiyotining tarixiy jarayonini tasavvur qilishimizga yordam beradi.O‘zbek xalqi ajdodlarning musiqa sarchashmalari O‘rta Osiyo territoriyasida yashagan kardosh xalqlar, birinchi navbatda tojik xalqi ijodi bilan mustahkam bog‘langan. Bu musiqa asarlarning X-X1 asrgacha (ya'ni bu xalqlar akti chegaralangunlarigacha) o‘zida bir butunlikni ifoda etdi, keyinchalik u o‘zbek va tojik musiqa madaniyatlarining shakllanishi uchun umumiy asos bo‘lib xizmat kildi.O‘rta Osiyo xalqlari xayotida tarixiy chegaralanish bosqichi taxminan bizning eramizgacha bo‘lgan birinchi ming yillikdan boshlanadi. Bular o‘troq dexkonlar (sug‘diylar, baktriyaliklar, xorazmiylar) xamda ko‘chmanchi (saklar, massagetlar va boshka) qabilalar edi. Ular haqidagi malumotlar Avestado ham uchraydi. Xalq poetik va musiqa sanataning boshlanishi o‘sha davrlarga borib taqaladi. Xalq poetik va musiqa sanati dastlab sinkretik holatda bo'lgani to'qrisida Avesto kitobi va boshqa qadimgi yozma yodgorliklar, turmushi, ularning urf-odatlari, to‘y-tomoshalarining elementlaridan guvoqlik beradi,.yuksak salohiyati yunon, rim va xitoy manbalarida ham yakdillik bilan e'tirof etilgan. Ayrim shshiy qarashlarga ko‘ra, Xorazm ko‘hna zardo‘shtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lmish "Avesto"ning vatani hisoblanadi. Tadqiqotlarning dalolat berishicha, "Aryanim Veyjo" deb ataluvchi Avesto makoni o‘zining qaxraton sovuqi, jazirama issiqiga ega bo‘lgan hamda yerlari tars yoriladigan va ilonlari ko‘p o‘lka, deb ta'riflanadi. Darhaqiqat, Orol fojeasidan oldingi davrlarda, yuqorida aytilgan keskin kontinental iqpimni, taqir yerlarning xuddi qovun to‘riga o‘xshab yorilishini, ilonlar uy hayvonlaridek tomu omborlarda yashab yurishini butun mintaka buyicha ko‘prok Xorazmda kuzatish mumkin edi. Zardo‘shtlik urf-odatlarining qiyofasi biroz o‘zgargan holda Xorazm vohasining bugungi hayot tarzida xam ko‘plab kuzatiladi. Ularning hammasi qo‘shimcha dalil sifatida ko‘zlayotgan fikrimizning isbotiga xizmat etishi mumkin.
Sohibqiron Amir Temur bobomiz o‘zining o‘tkir zehni, ilmga zukkoligi va san’atsevarligi, qolaversa, zamonasining olimu fuzalo, me’moru hunarmand, shoiru san’atkorlariga mehr-muruvvatliligi bilan ham dong taratgan edi.
Ulug‘ Sohibqironning shu kabi go‘zal fazilatlari ham bois bu davrga kelib diyorimizda shaharsozlik va me’morlik, amaliy va tasviriy san’at, mumtoz adabiyot va musiqa keng ko‘lamda ravnaq topishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Nozik did sohibi Amir Temur shaxsida haqiqiy ijodkorlik javhari mujassam bo‘lganligini, jumladan, Sohibqironning musiqaga bo‘lgan munosabatidan ham anglab olish mumkin. Yozma manbalardan ma’lum bo‘lishicha, buyuk bobokalonimiz musiqani teran idrok eta olgan hamda asl musiqachilar qadrini bilgan va ularni mudom e’zozlagan.
Amir Temur ishtirok etgan saroy ziyofatlari, to‘y marosimlari va boshqa tantanali bayramlarda turli o‘lkalarning musiqachilari ham o‘z san’atlarini namoyish etishlari odat tusini olgan edi. Sohibqiron amri bilan yozilgan Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma»sida qayd qilinishicha, «Olamning turli tarafidan yig‘ilgan tillari va kiyimlari bir-birlaridan farqli har qaysi mamlakat sozandalari, har bir iqlimning san’at ahllariyu hunar sohiblari guruh-guruh bo‘lishib har diyorning o‘zida rasm va odat qilingan zeb-ziynat buyumlari, taqinchoqlari, kiyim-kechak va matolari bilan yasanib, o‘zlariga oro berdilar. Xushnag‘ma sozandalar va xushovoz xonandalar fors tariqasida, ajam tartibida, arab qoidasida, turk yo‘sinida, mo‘g‘ul ayolg‘usida, xitoy rusumida, oltoy uslubida soz chalmoq, ashula aytmoq va ohang bog‘lamoq ila mashg‘ul edilar».
Shuni ta’kidlash kerakki, musiqaning ijtimoiy ahamiyati yuksalgan, uning janrlari ortgan hamda xilma-xil ijrochilik shakllari yuzaga kelgan Amir Temur va Temuriylar davri jahon madaniyati tarixida yuqori baholanadi. Bizgacha yetib kelgan kitobiy mo‘’jaz tasvirlar va tarixiy yozma manbalar esa bu fikrlar asosli ekanligini tasdiqlaydi. Xususan, XV-XVII asrlarga oid Hirot, Buxoro va Samarqand miniatyura maktablari vakillarining kitobiy mo‘’jaz tasvirlari asosida ansambl ijrochiligi bilan bog‘liq muayyan vaziyat va joylar hamda o‘sha davrlarda ijro etilgan musiqa janrlari haqida ham ma’lum tasavvur hosil qilish mumkin. Masalan, karnay, nog‘ora va dovullar harbiy yurishlar, janglar, ov jarayonlari, shuningdek, xalq sayllari, ommaviy marosim va bayram tantanalarida chalingan bo‘lsa, tanbur, rubob, g‘ijjak, ud, nay, chang-arfa kabi cholg‘ularning nozik nolasi saroylardagi ziyofatlarda, oshiqlarning xonaqohlardagi nafis yig‘inlarida, kiborlar majlislarida, do‘stlar davrasida yangragan.
Shu kabi manbalar asosida harb musiqasini ov musiqasidan, cho‘pon kuyini to‘y musiqasidan, maqom sadosini zikru samo‘dan farqlash mumkin. Shu o‘rinda saroy mumtoz musiqasining shakllanishi, ayniqsa, o‘sha davr Sharq musulmon olamida mashhur bo‘la boshlagan «O‘n ikki maqom» tizimining Amir Temur asos solgan buyuk davlat poytaxti – Samarqand saroy musiqa amaliyotiga rasmiy joriy etilish jarayonlari alohida diqqatga sazovordir. Zero, bu ilmiy-ijodiy vazifani hayotga tatbiq etishning qator murakkab jihatlari va xususiyatlari mavjud bo‘lgan. Jumladan, yuksak g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan «O‘n ikki maqom» tizimi ilk bor alloma Safiuddin Urmaviy (tax. 1215-1294 y.) tomonidan advor (doiralar, davrlar) ilmi tarzida Bag‘dodda tasnif etilgan bo‘lib, unda aksariyat Sharq xalqlari ijodi va kasbiy musiqa jabhalarida yuzaga kelgan musiqiy qadriyatlar tizimlashtirilgan edi.3 Bu tizimni joylarda amaliy qo‘llash uchun esa milliy musiqa xazinasida jamlangan kuy-ohang va ritmik usul boyliklarini matematik metodlar asosida advor holiga keltirish, shuningdek, ularning sifat (mukammal, nomukammal va h.k.) darajalarini ilmiy aniqlash va shu asosda musiqiy tizimdagi (ma’lum g‘oya ifodasiga muvofiq) tartib o‘rinlarini belgilash talab etilgan. Zero, mutaxassislarga yaxshi ma’lumki, maqom bu, eng avvalo, yuksak ilm, so‘ngra shu asosdagi ijodiy mehnat (bastakorlik) mahsulidir. Tabiiyki, ijodiy va ijroviy amaliyotlar uchun poydevor yanglig‘ zarur bu kabi ilmiy masalalarning ishlanmalari (yechimi) musiqashunos olimlar zimmasida bo‘lgan.Tarixdan ma’lumki, Sohibqiron poytaxt Samarqandni jahondagi eng ko‘rkam va madaniy rivojlangan shaharga aylantirishga mudom intilgan va shu maqsadda o‘zga yurtlik mashhur hunarmand usta, olim, shoir va ulug‘ san’atkorlarning Samarqandda faoliyat yuritishi uchun jamlagan. Shu jumladan, Sohibqironning bevosita sayʼ-harakatlari ila maqom ilmining benazir ustozlari ham turli mamlakatlardan bizning yurtimizga keltirilgan edi. Alalxusus, manbalarda qayd qilinishicha, 1393 yili ulug‘ Amir Temur bobomiz Bag‘dodni zabt etgach, bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan yaxshi hunarmand kishilar qatorida zamonasining tengsiz xushovoz hofizi va mashshoqi, maqomshunos olimi va yuksak salohiyatli ijodkori Abdulqodir Marog‘iy (Xoja Abdulqodir ibn G‘oibiy Hofiz al-Marog‘iy, 1353-1435) iste’dodiga alohida e’tiborini qaratgan.
Muarrix Ibn Arabshohning «Temur tarixida taqdir ajoyibotlari» nomli kitobida qayd etilishicha, Samarqandga yuborilganlar qatorida Abdulqodir Marog‘iy bilan birga «uning o‘g‘li Safiuddin, kuyovi Nasriyin, Qutb al- Mousiliy, Ardasher al-Changiy va boshqalar» ham bo‘lgan. E’tiborlisi shundaki, poytaxtda to‘plangan olim va ustoz san’atkorlarning ilmiy-ijodiy faoliyat ko‘rsatishlari uchun zarur sharoitlar ham yaratib berilgan edi. Inchunin, dastlab Sohibqiron saroyi, keyinchalik esa Mironshoh, Shohrux Mirzo, Xalil Sulton kabi Temuriy hukmdorlar saroyining benazir musiqachisi bo‘lgan Abdulqodir Marog‘iy ana shunday sharoit va imkoniyatlar o‘laroq o‘zining musiqa ilmida hozirga qadar mashhur «Maqosidul-alhon» («Kuylarning o‘rni») va «Jami’ul-alhon» («Kuylar to‘plami») nomli shoh asarlarini bizning diyorimizda yaratgani bejiz bo‘lmasa kerak.