AMIR TEMUR SALTANATIDA SAN'AT VA MUSIQA PEDAGOGIKASI
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………………..2
I BOB. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI JAHON MADANIYATI TARIXI……………………………………………………………………..…….4
1.1.Amir Temur davrida musiqachilar sa’nati namoyishlari………..….……..4
1.2.Amir Temur saroyida o‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi risolasi..…7
1.3.Temuriylar davri musiqa madaniyati……………………………………...9
II BOB. AMIR TEMUR SALTANATIDA SAN'AT VA MUSIQA PEDAGOGIKASI………………………………………………………….……16
2.1.Musiqiy nazariy meros………………………………………………….…..16
2.2.Bayram, o‘yinlar tomoshalar………………………………………….……36
2.3.Hoja Abdulqodir Marog‘iy va uning musiqiy-nazariy merosi………..…39
XULOSA…………………………………………………………………….…...41
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………….…….43
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida yurtimizda tarixni yozma manbalar asosida tadqiq etishga e’tibor kuchaydi, ajdodlarimiz tomonidan uzoq o‘tmishda yaratilgan madaniy-ma’naviy merosni o‘rganish va targ’ib qilish dolzarb masalalar qatoriga qo‘yildi. Ilm-fan, madaniyat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning unutilgan nomlari qayta tiklandi. Mohir sarkarda, davlat arbobi, ilm-fan, madaniyat homiysi bo‘lgan Amir Temur ana shunday tarixiy shaxslardan biridir. Hazrat sohibqiron markazlashgan davlatga asos soldi, uni har tomonlama mustahkamlab, rivojlantirib, shon-shuhratini butun jahonga yoydi, buyuk saltanatning hukmdori sifatida millatlar va halqlarni birlashtirdi. Uning hukmdorlik yillarida madaniyat, ilm-fan, me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa va she’riyat yuksak cho‘qqiga ko‘tarildi. Bir so‘z bilan aytganda, temuriylar davri renesansiga asos solindi. O‘zbekiston birinchi Prezidenti I.A. Karimov temuriylar tarixi davlat muzeyining ochilishi marosimida shunday degan edi: «Kimki o‘zbek nomini, o‘zbek millatining kuch-qudratini, adolatparvarligini, cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat rivojiga qo‘shgan hissasini, shu asosda kelajakka ishonchini anglamoqchi bo‘lsa, Amir Temur siymosini eslashi kerak!». Birinchi Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida shunday deyiladi “… buyuk bobolarimizning ma’naviy olami xususida fikr yuritilganda, Sohibqiron Amir Temur haqida alohida to‘xtalishimiz tabiiydir.1 Chunki tengsiz azmu shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi bo‘lgan bu mumtoz siymo buyuk saltanat barpo etib, davlatchilik borasida o‘zidan ham amaliy, ham nazariy meros qoldirdi, ilmu fan, madaniyat, bunyodkorlik, din va ma’naviyat rivojiga keng yo‘l ochdi.
Dostları ilə paylaş: |