II BOB. AMIR TEMUR SALTANATIDA SAN'AT VA MUSIQA PEDAGOGIKASI 2.1.Musiqiy nazariy meros Mumtoz musiqa va uning o‘rganilishi Tayanch so‘zlar: klassik musiqa, nag'ma, qonun, bo'd, parda, zangula, zirajkand, vazn, raxoviy, oberton, navro % akustik. Mumtoz musiqa va uning tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan kasb-hunar azaldan amaliy va nazariy bilimlami o‘z ichiga oluvchi yagona ilm hisoblangan. Sharq klassik musiqasining nazariy masalalari Forobiy, Ibn Sino, Safiuddin Urmaviy, Abdulqodir Marog‘iy, Abdurahmon Jomiy kabi ulkan olimlar tomonidan atroflicha o‘rganilgan. Ulaming asarlari musiqa ilmining poydevorini tashkil qiladi. Risolalarda mumtoz musiqaning ijtimoiy hayotdagi o‘mi, tarixiy shakllari, ijrochilik masalalari hamda ular negizidagi kuy va usul tuzilmalarining tarkib topish qonun-qoidalari batafsil yoritilgan. Nomlari zikr etilgan musiqashunoslarda har birining o‘ziga xos tomonlari bo‘lishi bilan bir qatorda umumiy qarashlar, vorisiylik rishtalari, izchil an’analar ham yaqqol sezilib turadi. Ular ijodi tabiiy ravishda bir-birini to‘ldirib, umuman, mumtoz musiqa asoslariga nisbatan yagona ilmiy an’ana bo‘lib gavdalanadi. Forobiy (taxallusi, to‘la nomi esa Abu Nasr Muhammad ibn Uzlug Tarxon Forobiy) - o‘rta asr Sharq musiqa madaniyatining eng yirik namoyandasi. Fanda Forobiyning hayoti va faoliyatiga doir aniq ma’lumotlar, afsuski, juda oz. U 873-yilda Sirdaryoning Forob deb nomlanuvchi joyida tug‘ilgan (hozirgi Qozog‘istonni Chimkent viloyati hududi). Forobiyning otasi harbiy xizmatchilik qilgan. Uning yoshligi o‘z vatanida o‘tgani va yigitlik chog‘larida Toshkent, Buxoro va Samarqandda bo‘lgani, unda tahsil ko‘rgani ma’lum. Keyinchalik Forobiy o‘z bilimini oshirish maqsadida xalifalikning madaniy markazi Bag‘dodga qarab yo‘l olgan. U Eronning Isfaxon, Hamadon, Ray shaharlarida ham bo‘lgan. Taxminan 940-yildan u Damashqda yashagan. Forobiy umrining keyingi yillari esa Xalab (Aleppo) shahrida o‘tgan. U Sayfuldavla Hamdamiy huzurida xizmat qilib, uning iltifotiga sazovor bo‘lgan. Manbalarda ko‘rsatilishicha, u zabardast bastakor hamda ud, tanbur, g‘ijjak, nay, chang va qonun asboblarining mohir ijrochisi bo‘lgan. Forobiy o‘tkir didli va ajoyib musiqaviy qobiliyati tufayli 0 ‘rta va Yaqin Sharqda yashovchi turli xalqlaming musiqa madaniyati bilan yaqindan tanish bo‘lgan. Uning musiqaviy qarashlarining shakllanishida, ayniqsa Markaziy Osiyo va Eron xalqlarining musiqiy merosi katta ta’sir ko‘rsatgan. Bu xalqlarning musiqa merosining ilmiy va amaliy tomonlarini chuqur o‘zlashtirganligi Forobiyning asarlarida ma’lum bo‘ladi. Forobiy musiqa ilmi va amaliyotida bab-baravar dong taratgan. Uning ijrochilik va bastakorlik ijodi shu qadar yuksak cho‘qqilarga erishganki, xatto bu to‘g‘rida xalq orasida ko‘plab afsonalar yuzaga kelgan. Afsonalaming birida Forobiyni soz chalib, kuy ijro etib, odamlami sarosimaga solganligi, gohida jo ‘shqin kishilarai xomush ahvolga tushirib, ba’zan esa ziyraklami uxlatib, shinavandalami hayratda qoldirganligi to‘g‘risida rivoyatlar mavjud. Ilmda esa, u olamshumul ahamiyatga molik asarlar bunyod etib, musiqashunoslik tarixida so‘nmas iz qoldirgan. Forobiy musiqaga oid ko‘p asarlar yozgan. 7Manbalarda uning “Ilmlar klassifikatsiyasi” (“Ixso al-ulum”), “Katta musiqa kitobi” (“Kitob al-musiqa al-kabir”), “Musiqaga kirish” (“Mad-hal filmusiqa”), “Ritmlar klassifikatsiyasi kitobi” (“Kitob ixsa al-iko‘”) va boshqa ko‘plab asarlari tilga olinadi. Bu asarlaming ayrimlari qo‘lyozma sifatida dunyoning turli kutubxonalarida saqlanadi. Zamonaviy ilmga Forobiyning asosan, ikkita musiqa asari keng joriy qilingan. Ular - “Ilmlar klassifikatsiyasi kitobi”ning musiqaga bag‘ishlangan bo‘limi va “Katta musiqa kitobi”dir. Musiqa ilmi masalalarining atroflicha va chuqur yoritilishi jihatidan o‘z davrida tengsiz bo‘lgan “Katta musiqa kitobi” jahon fanining shoh asarlaridandir. Forobiy bu asarida oldinlari boshqa fanlaming tarkibiy qismi bo‘lgan musiqani, mustaqil ilm darajasiga ko'targan. “Katta musiqa kitobi”ning dunyoning turli kutubxonalarida saqlanadigan bir necha nusxalari ma’lum. Forobiy tavalludining 1100 yilligi munosabati bilan arab olimlari Zakariyo Yusuf hamda Mahmud Dafniy tomonidan mavjud qo‘lyozmalar asosida kitobning mukammal matni tayyorlanib, nashr qilindi. Bu kitob musiqa olamida ko‘p asrlar davomida mashhur. 0 ‘rta va Yaqin Sharq musiqa fanida u doimo eng nodir va markaziy asarlardan biri bo‘lib xizmat qilib kelgan. Sharq musiqa ilmida Forobiy ijodi bilan aloqador bo‘lmagan biron-bir ko‘zga ko‘ringan olimni topish qiyin. “Katta musiqa kitobi” Yevropada ham anchadan buyon ma’lum. U dastlab XII asrda Zohid Guldislav tomonidan lotin tiliga tarjima qilingan edi. So‘nggi vaqtlarda “Katta musiqa kitobi” bir qancha xorijiy tillarga ham ag‘darilgan. 1840-yilda nemis sharqshunosi Land kitobning cholg‘u asboblariga oid qismini lotin tiliga tarjima qilgan. XX asming 30-yillarida “Katta musiqa kitobi” baron Rudolf D.Erlanje tomonidan fransuz tiliga to‘la tarjima qilinib, “Arab musiqasi” to‘plamida chop etilgan. Ushbu tarjima orqali Forobiy merosi Yevropaga keng joriy qilingan. “Katta musiqa kitobi”ning turli boblari fors va turk tillarida ham nashr etilgan. Bu asar rus, o‘zbek va qozoq tillariga qisman tarjima qilingan. Asar muqaddimasida, Forobiyning ta’kidlashicha, “Katta musiqa kitobi” ikki qismdan iborat bo‘lgan. Birinchisida ushbu ilmning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan bo‘Isa, ikkinchisi - o ‘tmish olimlarining musiqa ilmidagi “xatolariga” izohlar berishga qaratilgan. Kitobning ana shu so‘nggi qismi bizgacha yetib kelmagan. “Katta musiqa kitobi”ning hozirgacha saqlangan nusxasining o‘zi ham ikki qismdan iborat. Birinchisi - “Musiqa san’atiga kirish” (“Madxam sinoatu fil-musiqa”), ikkinchisi - “Asosiy qism” (“Juzvi asl”) deb nomlanadi. 0 ‘z navbatida “Musiqa san’atiga kirish” har biri ikki bobdan iborat bo‘lgan ikki faslga ajratiladi. Asosiy qism esa birinchisi - ikki, ikkinchisi - uch, uchinchisi ham uch bobdan iborat uch faslni tashkil qiladi. Shunday qilib, “Katta musiqa kitobi” jami 12 bobdan iborat. Yuqorida qayd qilinganidek, Forobiy musiqa ilmini nazariy va amaliy qismlarga ajratadi. Nazariy ilm musiqani asoslari (tub qonunlari) va ularni o‘rganish uslublari haqida fikr yuritadi. Har qanday nazariy ilmda insonning kamol topmog‘i uchun uch narsa kerak deydi:
1. Uning asoslarini egallash.
2. Shu fan asoslaridan kerakli natijalar chiqara bilish.
3. Shu fanga oid xato natijalami topa olish, o‘zga olimlar fikrini chuqur tushuna olish, ulaming yomon fikrlaridan yaxshilik kashf eta bilish, yo‘l qo‘yilgan xatolami tuzata olish, - deb yozadi “Katta musiqa kitobi”ning debochasida Forobiy. Forobiy ilmu ta’lifining yuqorida zikr etilgan har bir kategoriyasini keng va mukammal bayon qiladi. Ilmu ta’lif dastlabki tushuncha tovushning musiqaviy va fizik xususiyatlarini o‘rganishdan boshlanadi. Tovush biron-bir qattiq yoki yumshoq tananing tebranishidan hosil bo‘ladigan fizikaviy hodisa, deb ta’riflanadi. Keyinchalik tovushning akustik xususiyatlari, ya’ni tebranuvchi tananing hajmi va tovush baland-pastligi o‘rtasidagi munosabatlar, turli cholg‘u asboblari misolida ochib beriladi hamda ulaming miqdorlarini matematik uslubda ifodalash omillari tushuntiriladi. “Kuylar qasida va she’r bilan qiyoslanadi.8 She’riyatda dastlabki element harflar bo‘lib, ulardan sabab, vatad, ularning qo‘shilmasidan misra va baytlar hosil bo‘lgani kabi, kuylar tuzilishida ham dastlabki va ikkinchi darajali elementlar borki, ulardan qasida va she’r bilan solishtirilayotgan kuy kelib chiqadi. She’riyatdagi harflar vazifasini kuylarda o‘taydigan narsa nag‘malardir” - deb yozadi Forobiy. Demak, tovushdan kelib chiqadigan tushuncha - nag‘ma (musiqaviy tovush, ton, parda)dir. Forobiy nag‘malarining pastbalandlik sabablari, mutanosiblik omillari va shu xususiyatlar orqali hissiyotga ta’sir ko‘rsatish masalalari ustida mulohaza yuritadi (Forobiy. “Katta musiqa kitobi”, Kohira, 1967-yilda chop qilingan). Bo‘d (interval) kategoriyasi ilmu ta’lifning markaziy tushunchalaridan hisoblanadi. Chunki, parda hali o‘zi, alohida kuy bo‘lagi bo‘la olmaydi. Intervallar hosil bo‘lishini Forobiy tebranadigan tananing hajmi va miqdorini o‘lchash va yuzaga kelgan bo‘laklami sonlar nisbatida ifodalash yo‘li bilan tushuntiradi. Tovush balandpastligini belgilovchi omillar turlichadir, torli cholg‘ularda torning uzunligi va yo‘g‘onligi, puflab ijro etiladigan asboblarda havo tebranadigan tananing uzunligi, bo‘yi va eni. Ammo, bular orasida eng muhimi uzunlikdir. Shuning uchun asosan uzunlik miqdori o‘lchanadi. Buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sinoning serqirra ilmiy merosida musiqa muhim va salmoqli o‘rin tutadi. Ibn Sino o‘zidan oldin o‘tgan yunon faylasuflari Aristotel, Ptolomey, Evklid, shuningdek, Sharq olimlari Xorazmiy, Kindiy va Forobiy asarlarini ijobiy o‘zlashtirib, musiqa ilmida mustaqil ta’limot yaratdi. Qo‘yilgan masalalaming kengligi, yoritilishining chuqurligi nuqtayi nazaridan o‘z zamonida beqiyos bo‘lgan Ibn Sino ta’limotining ahamiyati davr doirasi bilan cheklanmasdan, balki u Sharq va G‘arb musiqasining keyingi rivojlanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Abu Ali ibn Sino musiqa ilmini yoshligidanoq puxta egallagan. Ibn Sino tarjimayi holida yozilishicha, yoshligida riyoziyot (matematika) ilmlarini puxta o‘rgangan. M a’lumki, musiqa ilmi matematikaning tarkibiy qismi bo‘lgan. Ibn Sino buyuk matematik va musiqashunoslar Ptolemey va Evklid asarlari bilan tanish bo‘lgan. Ibn Sinoning navqiron davri ona shahri Buxoroda o‘tgan. Bu davrda Buxoro rivojlangan shaharlardan edi. Somoniylar poytaxti madaniy hayotining diqqatga loyiq tomonlaridan biri shuki, unda xalifalik hukmronligidan chiqish va mahalliy an’analarga qiziqish kuchaygan edi. Ana shu umumiy yo‘nalish ostida Markaziy Osiyo va Eron xalqlarida keng tarqalgan. Ibn Sino yashagan davrda, yangi talablarga bo‘ysundirilgan holda qayta o‘zlashtirilgan. Rost, Zangula, Zirafkand, Raxoviy, Navro‘z va shunga o‘xshagan qadimiy yo‘llar 0 ‘rta va Yaqin Sharq professional musiqasining yangi tuzimi - maqomlar tarkibiga singa boshlagan. Bu davrda Buxoroda va keyinchalik Ibn Sino yashab ijod etgan Urganch, Ray, Hamadon kabi markaziy shaharlarda bastakorlar, ustoz xonanda va sozandalar ijodining barq, urishi, musiqa tafakkurining yuksak namunalaridan bo‘lgan maqomlaming joriy qilinishi musiqa ilmiga ham katta ehtiyoj tug‘dirdi. Ibn Sino asarlari esa bu borada bebaho ahamiyat kasb etadi. Musiqa ilmiga oid masalalar Ibn Sinoning ko‘plab asarlarida o‘z ifodasini topadi. Afsuski, ulaming hammasi ham bizgacha yetib kelmagan. Masalan, Ibn Usayba tilga olgan “Madhal san’ati al musiqa” (“Musiqa san’atiga kirish”), Ibn Sinoning o‘zi “Shifo” kitobida qayd qilgan «Kitob al lavohiq (“Qo‘shimchalar kitobi”) kabi musiqaga oid asarlar hanuzgacha fanga ma’lum emas. Ibn Sinoning musiqa merosi asosiy yirik qomusiy asarlari orqali bizgacha yetib kelgan: “Shifo” kitobining “Javomi ilm-al musiqa” (“Musiqa ilmi yig‘indisi”) deb nomlanuvchi bo‘lagi; “Najot” kitobining “Muxtasar ilm-al musiqa” («Musiqa ilmi haqida qisqacha ma’lumot»); «Donishnoma»ning musiqaga oid qismlari. Bundan tashqari, Ibn Sinoning boshqa fanlarga bag‘ishlangan “Tib qonunlari” va “Ishq risolasi” kitoblarida ham musiqaga tegishli ma’lumotlar berilgan. Ibn Sinoning musiqaga oid qarashlari “Javomi ilm-al musiqa”da to‘laroq aks ettirilgan. “Muxtasar ilm-al musiqa” va “Donishnoma”ning musiqa qismlari esa o‘sha asar asosida tuzilgandir. Ibn Sino musiqa borasidagi qarashlarining asosiy xususiyati hamda Forobiy ta’limotidan farqli tomonlaridan biri shundaki, Ibn Sino o‘z musiqa nazariyasini (asosan ilmu ta’lifni) ko‘proq tovushning fizik xususiyatlariga qarata tuzishga intiladi. Forobiy esa nazariyani ko‘proq tajriba va idroklash qonuniyatlari bilan bog‘laydi. Bunda Ibn Sino ta’limotining kuchli va zaif tomonlari namoyon bo‘ladi. Zaif tomoni shundan iboratki, Ibn Sino musiqaning ichki tuzilish va idroklash qonuniyatlarini mutlaqlashtirmoqchi bo‘ladi. Kuchli tomoni shundaki, musiqani faqat tajribaning o‘ziga bog‘lab qo‘ymasdan, uni fan va ilmiy tafakkur yordamida rivojlantirishga da’vat etadi. 9Ibn Sino zamonida maqom iborasi hali keng joriy qilinmasdan professional musiqa namunalari yuqorida zikr etilgan roq, navo, parda nomlari bilan yuritilgan. Bular maqomlaming prototiplari edi. Ibn Sinoning musiqaviy ta’limotida estetika, nazariya va amaliyotga oid qator dolzarb masalalar o‘z aksini topgan. Musiqani inson faoliyatining mahsuloti, aloqa vositasi deb tushunishga asoslangan Ibn Sino estetikasi, o‘rta asrlar musiqa tafakkurining eng ilg‘or ko‘rinishlaridan biridir. Ibn Sino o‘zining “Javomi ilm-al musiqa” asarini idealistik qarashlami to‘g‘ridan to‘g‘ri rad qilishdan boshlaydi: “Biz musiqa pardalarining munosabatini falaksiymolar va ruhning axloqiy xususiyatlariga qiyos qilishga e’tibor bermaymiz, chunki bu bir ilmni ikkinchisidan ajratib ololmaydiganlaming odatidir”. U, musiqani progressiv yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash, idealistik qarashlardan muhofaza qilishda 0 ‘rta asrlar sharoitida juda katta ilmiy matonat edi. Ibn Sinoning ilmu ta’lif nazariyasida ham uning barcha kategoriyalari, tovushdan to murakkab tuzilmalargacha ко‘rib chiqiladi. Uning ilmu ta’lifi quyidagi tovush sistemasiga asoslanadi. Forobiy jadvalida tovushlar sistemasining negizini tabiiy intervallar tashkil qiladi. Bu hoi ayrim tadqiqotchilarga Ibn Sino musiqada “sof parda tuzimi”ning bunyodkori deyishga asos bergan. Aslida esa Ibn Sinoda “sof parda tuzimi”ni polifonik yoki garmonik kamsadolikning asosi deb tushunish hali bo‘lmagan edi. Bu intervallami afzal ko‘rish esa musiqani tabiiy asoslarga yaqinlashtirish istagi bilan bog‘liq edi. Ibn Sinoning ilmu iqo‘ borasidagi qarashlari ham diqqatga sazovor. U kuyning go‘zalligini va ichki xususiyatini ko‘p jihatdan mutanosib vaznga bog‘laydi, shunga ko‘ra, vaznni musiqaning muhim omili deb biladi. Olim o‘z davrida mashhur bo‘lgan. 1. Akustika qonuniga ko‘ra, har bir tovush tarkibida lco‘plab tovushlar mavjud. Ular obertonlar deb yuritiladi va ma’lum tar- tibda joylashgan bo‘ladi. Obertonlar tartibi tabiiy tovush qator, intervallari esa tabiiy intervallar deyiladi. 2. Musiqada uchta asosiy parda tuzimi mavjud. Ular Pifagor, sof va temperatsiyalashgan parda tuzimlari deyiladi. Bu borada Ibn Sino Aristotel an’analarining davomchisi bo‘lib, musiqa va she’riyat masalalarini davom qildirgan donishmanddir. She’riyat va musiqa orasida eng katta ko‘prik vazn ekanligini qayd qilgan Ibn Sino, vazn masalalariga, musiqa va she’riyat tabiiy uyg‘unlashuvi muammolariga alohida e’tibor bergan. She’riyat va musiqaning vazni ular mazmunini chambarchas bog‘lanishi, musiqa asari mukammalligining eng muhim shartlaridan biri deb bilgan. Ibn Sino musiqa cholg‘ularini ham keng o‘rgangan. E’tiborli tomoni shundaki, odam ovozini olim eng mukammal asbob deb bilgan va boshqa cholg‘u asboblarini esa shunga qiyos qilib o‘rgangan. Ibn Sinoning sevimli asbobi g‘ijjak bo‘lgan emish. U g‘ijjakni odam ovoziga eng yaqin turadigan tabiiy va qoyilmaqom cholg‘u asbobi deb bilgan. Bundan tashqari ud, tanbur, rubob, nay, surnay va qonun asboblari to‘g‘risida ma’lumotlar berib, ulaming ijrochilik xususiyatlari, o‘zaro qo‘shilishiga tegishli ko‘p masalalarga to‘xtalib o‘tgan. Abdurahmon Nuriddin Abdurahmon Jomiy Xurosonning Jom shahri (1414-1492)da tug‘ilgan. Uning otasi Nizomiddin Ahmad yirik mhoniy - shayxulislom edi. Jomiyning go‘daklik chog‘ida oila Hirotga ко‘chib boradi va o‘sha yerda istiqomat qiladi. Abdurahmon Jomiy o‘qishga juda erta kirishadi, tez orada xat-savodini chiqarib oladi va turli xil ilmlami havas bilan o‘rgana boshlaydi. Jomiy maktabdan keyin Hirotning Dilkash madrasasida ulkan adabiyotshunos olim Mavlono Jo‘nayd qo‘lida saboq ola boshlaydi. Jomiy xususan 0 ‘rta Osiyoning mashhur filologi Sa’daddin Mas’ud Taftazoniyning (1322-1389) “Muxtasar al-manon” va “Mutavval” kitoblarini katta ishtiyoq bilan o‘qiydi. Jomiy Taftozoniyning shogirdi Jojarmiy va mashhur mudarris Aloiddin Aliy Samarqandiydan ta’lim oladi. U Hirot tahsili bilan qanoatlanib qolmay, bilimini oshirish maqsadida Samarqandga keladi, Ulug‘bek madrasasida o‘qiydi, qozizoda Rumiy va mashhur olimlaming mashg‘ulotlariga qatnaydi. U Bahouddin Naqshbandning izdoshlari bo‘lgan Shayx Sa’daddin Qoshg‘ariyga (1456-yilda vafot etgan) murid tushib, tasaw uf bo‘yicha ta’lim oladi. Jomiy bir qator badiiy, ilmiy va diniy-tasawufiy asarlar yaratadi. Hirot va boshqa shaharlaming ko‘pgina ilm, san’at va adabiyot ahllariga ustoz hamda ilmiy va adabiy tortishuvlaming hakami (arbitri) bo‘ladi. Uning obro‘-e’tibori kundan-kunga oshib boradi. Temuriy hukmdorlar, Husayn Boyqaro, shuningdek atrof o‘lka va viloyatlaming hokimlari Jomiyni hurmat qilib, uni in’omlar bilan taqdirlaydilar. Jomiy daromadlarini ko‘proq obodonchilik ishlariga, ilm-fan, san’at va adabiyot ahllariga sarf qiladi. Abdurahmon Jomiy boshqa ilmlar bilan bir qatorda musiqa ilmi bilan ham shug‘ullangan. Intervallar nazariyasi o‘tmishda Sharqda atroflicha o‘rganib kelingan. Lekin eski zamonaviy tushunchalar o‘rtasida katta farq bor. Masalan, nazariyada zul arbajan’t aniq maxrajning uchga nisbati, uch kasr to‘rt tushunilgan bo‘lsa, u (kelishilgan) taxminan qabul qilingan tovush munosabati qilib olinadi. Shunga binoan, oldingi musiqashunoslar tomonidan har bir maqomning aniq raqamlar bilan belgilangan tovushi ishlab chiqilgan. Ammo riyoziy uslubda ifodalangan bo‘dlar doim ham mutloq birlik bo‘lavermasligini e’tirof etish lozim. Bu fikr Abdurahmon Jomiyning “Risolayi musiqiy”sida ravshan bayon etilgan: “Shuni bilmoq kerakki, vujudga keltirilgan bu taqsimot emas, balki taqribdir. Zotan, sohibi amal barmog‘i bu: past yoki baland qo‘yilsa, nag‘ma eshitilishida sezilarli farq bo‘lmaydi. A. Jomiyning “Musiqa risolasi” debochasida hamdu sano ruhidagi g‘azal Sarahborlardan oldin usulsiz “katta ashula”ga o‘xshatib aytiladigan lavhalarga aynan mos kelishligi e’tirof etildi. A. Jomiy risolasidagi she’r mazmunan musiqiyni ulug‘lash, uning ilohiy sifatlarini madh etishga qaratilgan qisqa, lekin o‘ta ma’noli baytlar sozandalar o‘z ishiga kirishish (kuy chalish, ashula aytish) dan oldin aytadigan duolarni eslatadi va bu o‘rinda Sarahborlaming ibodatomuz ruhiyatiga mos tushishi haqidagi ma’lumotlami berib o‘tgan. Risola musiqashunoslik tarixida juda katta ahamiyatga ega. Amir Temur Ko’ragon ibn Amir Tarag’ay (1336-1406) “Temur tuzuklari” asarining ma’naviy – ma’rifiy va pedagogik mazmuni xususida fikr yuritishdan oldin uning ana shu ta’limoti shakllanishining zaminlari, diniy-axloqiy manba va ildizlari haqida aytib o’tishga to’g’ri keladi.
Amir Temur ulug’ davlat arbobi bo’lish bilan birga zamonasining komilu fozil, benazir dahosi, Yaratganning nazari tushgan mislsiz qobiliyat va iste’dod egasi, ilm-fan va madaniyatning noyob sohibi edi.
Buyuk bobokalonimiz yoshlik kezlaridan boshlab Sharq tarixi va falsafasiga, adabiyot va san’atga, islom dini va uning odob-axloqqa oid muqaddas ta’limotiga iymone’tiqod bilan qaragan. U xandasa, falaqiyot, mantiq, ilohiyot, fiqx, falsafa, tarix, axloqshunoslik, jug’rofiya, tibbiyot, adabiyot va san’at ilmlarini teran o’zlashtirgan. Zamonasining rasmiy uch tili, — turkcha, forscha va arabchani chuqur va mukammal bilgan. Temurning shijoatli ruhida ilm va ilm axdiga hurmatu e’zozi favqulodda kuchli bo’lgan. “Tarag’ay Bahodir o’g’li Amir Temur yoshlik chog’idan mard, dovyurak, g’ururli, o’tkir zehn va aqlu idrok egasi bo’lib o’sdi. Turli dunyoviy ilmlarni, harbiy san’atni egalladi. Qur’oni Karimni yod oldi, hadis ilmini o’rgandi. Imon-e’tiqodli, halolpok inson bo’lib etishdi”
Amir Temur naqshbandiya tariqatining asoschisi Xoja Baxouddin va u yaratgan ta’limotga ixlos-e’tiqodi nihoyatda kuchli bo’lgan.
Amir Temur Xoja Shamsuddin Kulol, Sayyid Amir Kulol, Mavlono Zaynuddin Abu Bakr Toybodiy, Mir Sayyid Baraka singari ulug’ diniy allomalarni o’ziga pir deb bilgan, ularning ma’naviy-ruhiy madadlaridan, ta’limotlaridan doimo mislsiz kuch-quvvat olgan, buyuk davlat tizimini yaratish va mustahkamlashda foydalangan.
Ilmiy manbalarda yozilishicha, Amir Temur mudom, saltanatda erishgan jamiki narsam va mustahkam makonlarni fath qilishim — bular hammasi Shayx Shamsuddin alFaxuriyning duosi, Shayx Zaynuddin al-Havofiyning hikmati tufayli va barcha topgan barakalarim esa faqat Sayyid Baraka yordamida , bo’lgan, der ekan.
Amir Temur islom rahnamolari — sayyidlar, shayxlar, xo’jalarga samimiyat bilan munosabatda bo’lgan. Buyuk jahongirning islom diniga munosabati va tasavvuf ahliga e’tiqodi uning “Tuzuklar” va unga nisbat berilgan “Tarjimai hol” deb nomlangan asarlarida, Nizomiddin Shomiy, Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi” kitoblari va boshqa ilmiy manbalarda o’z ifodasini topgan.10 “Yana tajribamda ko’rib bildimki,-deydi Amir Temur davlat agar dinu oyin asosida qurilmas ekan, to’ra-tuzukka bog’lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo’qoladi. Bunday saltanat yalang’och odamga o’xsharkim, uni ko’rgan har kimsa, nazarini olib qochadi. Yoxud kasu nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigito’sig’i yo’q uyga o’xshaydi. Shuning uchun men o’z saltanatim binosini dini islom, to’ra va tuzuk asosida mustahkamladim… O’z saltanatimni shariat bilan bezadim”.
Amir Temur sayyidlarga mehribonlik qilib, ularni o’ziga yaqin tutgan. Ulamo va fozillarga izzat-ikrom ko’rsatib, ularni boshqalardan ustun va ulug’, deb bilgan. Diniy arboblar, ulamo va shayxlar bilan mazmunli bahslar yuritgan, martabalarini har doim oshirib, sovg’a-salomlar in’om etib turgan. “Musulmonlarga diniy masalalardan ta’lim berib, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tafsir, hadis, fiqxdan dars bersinlar deb, har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qildim. Turli mamlakatlardagi sadrlar va qozilarga shariatning asosiy talablari qanday bajarilayotganligi xususida menga xabar qilib turishni buyurdim. Shunga o’xshash har el va har shaharda sipoh va raiyat orasida urf-odatlarga oid janjallashishlar haqida menga ma’lumot berib tursin, deb adolat amrini tayinladim. Shu tariqa dinni rivojlantirib, shariatni musulmon mamlakatlariga yoydim”
Mustaqil Turkiston davlati ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishda Amir Temur Qur’on va Hadis talablariga qatiy amal qilgan, ularga zid ish qilishga zinhor yo’l bermagan. U islom dinini, shariat qonun-qoidalarini xurofot, bid’at, mutaassiblik, johillik, razolat, shakkoklik, diyonatsizlik kabi illatlardan astoydil turib himoya qilgan.
Amir Temur diniy ilmlar bilan bir qatorda dunyoviy ilmlarni ham mukammal o’zlashtirgan. Ilm-fan va madaniyatning u xabardor bo’lmagan biron-bir sohasi bo’lmaganligiga uning keng qamrovli, mazmunan nihoyatda chuqur “Temur tuzuklari” misoldir.
Ilmiy, falsafiy, tarixiy manbalarda, hozirgi zamon muarrixlarining asarlari, ilmiy tadqiqotlarida Amir Temurning Movarounnahr, Xurosonning bir necha ming yillik ilmfan,
Amir Temur yoshligida olishuv-kurash, ot o’yinlari, chavandozlik, poyga, merganlik (tirandozlik), qilichbozlik, nayzabochlik, tosh ko’tarish, uzoqqa chopish kabi musobaqalarda qatnashib, chiniqqan. Yoshligidagi bu o’yin-mashqlar keyinchalik sohibqironga juda asqotgan.
O’zi o’yin-mashqlarda chiniqqan Amir Temur xalq o’yinlaridan o’z qo’shinini harbiy jihatdan tayyorlashda keng foydalangan. Jaxongir Amir Temur qo’shinini ruhiy va jismoniy bardam qilish uchun mashq, musobaqa, o’yinlar tizimini yaratgan.
Amir Temur o’z sipohiylarining nihoyatda jasur, epchil va chaqqon bo’lishini talab etgan. O’z askarlarini qilichbozlik, nayza uloqtirish, merganlik, baland qoyadan arqonda chuqur soyga tushib o’zi bilan yana pastdan tosh olib chiqish va hokazo harbiytayyorgarlik mashqlaridan foydanishga o’rgangan. Amir Temur qo’l, qalqon, pichoq, qilich, yoy, nayza va tig’ bilan jang qila oladigan jismoniy va ruhiy baquvvat polvon, mergan, qilichboz askarlar – mahoratli jangchilar tayyorlash maktabini yaratgan.
Amir Temur ulug’ligining zaminida uning ma’naviy sifatlari turadi. Sohibqiron bobomiz ma’naviyat, diniy-axloqiy, ijtimoiy-falsafiy qarashlari markazida islom ta’limoti, Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, tavhid, tafsir, fiqx, tasavvuf ilmi va falsafasi turganligini alohida ta’kidlashga to’g’ri keladi.
Tasavvuf falsafasi Amir Temurga turonliklarning mo’g’ul istibdodiga qarshi erk va mustaqillik uchun boshlangan harakatlarga rahnomoligi uchun g’oyaviy asos bo’lib xizmat qildi, milliy qahramonga aylanishida ma’naviy asos bo’ldi. Tasavvuf mohiyatini yoshligidanoq teran his qilib, anglab etgan bobomiz yurt mustaqilligi uchun muzaffar kurashga otlangan edi. U butun umri mobaynida davrining ulug’ mutasavvuflari, pirlari bilan suhbatdosh bo’ldi, ularning pand-nasihatlari, ma’naviy yo’l-yo’riqlari va ko’maklari sharofati bilan milliy davlat asoslarini yaratdi.
madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analari, milliy qadriyatlarini chuqur bilganligi va astoydil hurmat qilganligi haqida aniq ma’lumotlar berilgan. U o’z Vatani tarixini, ayniqsa, qadimiy Turon va Turkiston xalqlari davlatchiligi masalasida keng bilim va ma’lumotga ega bo’lgan.
Amir Temur mislsiz yorqin tarixiy shaxs sifatida o’zini tarbiyalagan, o’ziga ma’naviy oziq bergan, buyuk ishlarga chorlagan el-yurtining ilmiy-falsafiy ta’limotlariga katta qiziqish bilan qaragan. Ayniqsa, Sharq donishmandlari – Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy singari buyuk mutafakkirlarning tabiiyilmiy, ijtimoiy-siyosiy, falsafiy ta’limotlaridan to’la xabardorligibugun hech kim uchun sir emas.
Amir Temur Sharqona an’analarga sodiq qolib, vaqti-vaqti bilan olimlar, faylasuflar, hokimlar, tabiblar, munajjimlar, muhaddislar, amirlar, vazirlar, dongdor san’at namoyondalari, turfa kasb-hunar egalari bilan kengashib, ularning maslahatini olib ish yuritgan. Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asarida Eron imomlarining ulug’lari va Turon sohibi ixtiyorlarining fozillaridan bo’lmish nomdor ulamolar va fozilu fuzalolar bilan Amir Temur o’tkazgan kengash haqida hikoya qilingan. Unda Amir Temur, “o’tgan asrlardagi ulamolar sultonlarga yaxshilik va adolat bobida yo’l ko’rsatganlar, sizlar esa menga rahnomolik qilmaysizlar va men bajarishim vojib va lozim bo’lgan narsalarni menga aytmaysizlar… Menga tahsin aytish va mening mijozimga muvofiq gapirishingiz menga xush kelmaydi, vazifa shuki, sizlar har toifa har tomondan kelgansizlar, u tomonning yaxshi ham yomon ahvolu avzoyini menga aytinglar va hech nimani mendan yashirmanglar. Men bu so’zni sizlar menga ishonch bildiringlar yoki undan mening mulkimga biror foyda etsin, deb aytayotganim yo’q”38, deydi.
Ana shu fikrlarning o’zi ham Amir Temur o’z davlatini faqat harbiy kuchga suyanib emas, balki aql-zakovat, dinu diyonat, ijtimoiy adolat qoidalariga asoslanib idora etganligini isbotlab turibdi. “Adolat kuchda emas, kuch-adolatdadir,” degan shior Amir Temur saltanatining ilmiy-falsafiy, axloqiy-ma’naviy mezoni bo’lib xizmat qilgan.11 Olimu fuzalolar, diniy ulamo va allomalar boshini doimo silab turganligi o’laroq, firdavsmonand poytaxt Samarqand jahon ilm-fani va madaniyatining gultoji hisoblangan faylasuflar, fiqxshunoslar, tarixchilar, musiqashunoslar, munajjimlar, muhaddislar, mutasavvuflar maskani bo’lgan. Mavlono Abdumalik, Sayyid Sharif Jurjoniy, Xoji Muhammad Zohid Buxoriy, Mavlono Ahmad, Nizomidtsin Shomiy, Hofizi Abru, Ibn
Arabshox, Sa’diddin bin Umar Taftazoniy va boshqa allomalar Amir Temur rahnamoligida unumli ijod qilib, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotiga munosib hissalarini qo’shganlar.
Ushbu dalillar Amir Temurning dunyoqarashi, din, odob-axloq, madaniyat, ma’naviyat, ma’rifat haqidagi fikr va mulohazalari zaminsiz paydo bo’lmaganligidan dalolat beradi.
Shaxsan Amir Temurning o’zi odob-axloq, iymon-e’tiqod, ta’lim-tarbiya, madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat bobida yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biridir. Uning saltanati yuksak ma’naviyat va oliy darajadagi madaniyatga yo’g’rilgan saltanat edi.
Ma’naviyat va ma’rifat, din, odob-axloq haqidagi Amir Temur ta’limotining mohiyatini chuqur va mukammalroq bilib olish uchun uning o’zlari tomonidan yaratilgan odob-axloqqa oid dasturlar, pand-nasihatlarni hamda boshqa olimlarning u hakda yozgan asarlarini ko’zdan kechirish kifoyadir. “Temur tuzuklari”, “Amir Temur o’gitlari”, “Amir Temur vasiyati”, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi”, Salohiddin Toshkandiyning “Temurnoma”, B.Ahmedovning “Tarihdan saboqlar” va “Amir Temur”, Evgeniy Berezikovning “Buyuk Temur”, Ashraf
Ahmedovning sohibqiron tarjimai holiga oid asarlari va boshqalar shular jumlasidandir. Sohibqironning ma’naviyat va ma’rifat haqidagi ta’limoti asoslari, murakkab va serqirra hayoti va ijgimoiy-siyosiy faoliyati uning “Tarjimai holi” da va “Tuzuklari” da chuqur bayon etilgan.
Amir Temurning insonparvarligi, millatsevarligi, ma’na-viyat va ma’rifatning jonkuyar homiysi sifatidagi insoniy fazilatlarini uning farzandlariga qoldirgan vasiyat so’zlarida yaqqolroq namoyon etilgan:12 “O’g’illarim, millatning ulug’ martaba-sini, saodatini saqlamoq uchun Sizlarga qoldirayotgan vasiyat va “Tuzuklar” imni yaxshi o’qing, aslo unutmang va tatbiq eting.
Millatning dardlariga darmon bo’lmoq vazifangiz. Zaiflarni qo’ring, yo’qsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va Ozodlik dasturingiz, rahbaringiz o’lsin. Men kabi uzun saltanat surmak istasangiz qilichingizni yaxshi o’ylab chekingaz. Bir daf’a chekkanda so’ngrada uni ustalikla qo’llangiz. Orangizda nifoq tuxumlari ekilmasligi uchun ko’p diqqat bo’ling. Ba’zi nodimlaringiz va dushmanlaringiz nifoq tuxumlari sochmakka, bundan foydalanmakka chalishajaqdurlar. Faqat vasiyatimda sizga idora shaklini, uning ilkularini ko’rsatdim. Bularga sodiq qolsangaz tosh boshingizga tushmas”.
Amir Temurning farzandlari-yu nabiralariga qilgan o’gitlari va yo’l-yo’riqlariga uning o’zi umrbod qat’iy amal qilgan. Jamiyatda ijtimoiy adolat tantanasi uchun kurashda ikkilanish, chekinish nimaligini aslo bilmagan.
U kuch-qudrat zo’rlik, zo’ravonlikda emas, aksincha, adolatda ekanini chuqur anglab etdi. Adolatni kuch bilan, kuchni esa adolat bilan uyg’unlashtirdi. Temur tamg’asining naqshi “Rosti-rusti” bo’lib, bu “Haqgo’y bo’lsang – najot topasan”, demaqdir.
Sohibqiron“Kuch-adolatdadir”, degan shiorga qat’iy amal qilib, davlatni boshqargan, jabr-sitam yo’lini berkitgan. O’z davrida hech bir davlatda bo’lmagan va tarihda kamdan-kam uchraydigan lavozim — “Adolat amiri” lavozimini ta’sis etgan.
Adolat Amir Temurning yurak dardi, hayotining mazmuniga aylanganligiga uning hayot dasturi bo’lmish “Tuzuklar” guvohlik beradi: “Endi mening nomdor baxtiyor farzandlarim va mamlakatlarni zabt etuvchi iqtidorli nabiralarimga yo’l-yo’rig’im shulki, men o’n ikki narsani o’zimga shior qilib olib, saltanat martabasiga erishdim. Shu o’n ikki narsa yordamida mamlakatlarni zabt etib, saltanatimni boshqardim va saltanat taxtiga zebu ziynat berdim. Ular ham ushbu tuzukka amal qilsinlar. Davlatu saltanatimni va o’zlarini ehtiyot qilsinlar”
Amir Temur umr bo’yi amal qilgan o’n ikki tamoyillardan birinchisi – har erda va har vaqtda islom dinini quvvatlaganligi, ikkinchisi davlat ishlarini mamlakatning ustunlarini tashkil qilgan turli tabaqalar va toifalar bilan quvvatlab, maslahatlashib, kengashib olib borganligidir. Uchinchi tamoyil– Amir Temurning saltanat ishlarini murosayu madora, muruvvat va sabr-toqat bilan yurgizganligi, ko’p narsalarni bilib tursada, o’zini bilmaslikka olganligi, do’stu dushman bilan murosa-madora qilganligidan iborat. To’rtinchisi – davlat ishlarini saltanat qonun-qoidalariga, to’ra va tuzukka tayanib va asoslanib boshqarishni tashkil etsa, beshinchisi amirlar va sipohiylar bilan yaxshi munosabatda bo’lib, ularga izzat-hurmat ko’rsatib, martabalarini ulug’lab, ish tutganligidadir.