1.3.Amir Temur va Temuriylar davrida ilmu-fanning keyingi taraqqiyoti Amir Temur va temuriylar davrida ijod etgan olimlarning asarlari keyingi va yilliklar davomida qayta-qayta ko`chirilgan va foydalanib kelingan. Tadqiqotlar bu asarlar ilmu-fanning keyingi taraqqiyotida ham alohida o`rin tutganliklarini ko`rsatadi6.
Amir Temurning ilmu-fan, ma`naviy-madaniyati xaqida fikr yuritar ekanmiz Sohibqironning o`zi ham fan bilan shug`ullangan, tarixni sevgan, tarix xaqida kitoblar yozgan. Uning «Manzumoi Turk», «Tuzuklari» shular jumlasidandir. Yuqorida ta`kidlaganimizdek jahon xalqlari tarixini yaxshi bilgan, o`z faoliyati to`g`risida siyosiy xulosalar chiqargan.
Shu bilan bir qatorda Amir Temur tabobat ilmining rivojiga katta sharoit yaratib beradi va xalq meditsinasini, tabobat ilmiy markazlari, binolarini vujudga keltiradi.
Temurning alohida bino tarzida shifoxona qurdirganligi xaqida adabiyotlarda ma`lumot yo`q. Biroq bizga Amir Temur davrida Samarqanddagi Ark-qal`ada dor ush-shifo, ya`ni shifoxona xizmati tashkil etilganligi ma`lum. Zamonasining ulug` ulamolaridan bo`lmish Mir Sayid Sharif Jurjoniy (1330-1414) avval SHerozda mudarrislik qilib, 1387 yilda Amir Temurning taklifi bilan Samarqandga kelib ushbu dor ush-shifoda o`z faoliyatini davom ettirganligi xaqida ma`lumotlar mavjud.
Temur «Tuzuklari»ga amal qilib kasallar uchun shifoxonalar qurgan temuriylar haqida gapiradigan bo`lsak, unda Xuroson hukmdori Sulton Shoxruh Mirzoning xotini Milkat og`a (u oldin Umarshayx Mirzoning xotini bo`lib, 1394 yilda u o`lgandan keyin Temur idorasiga bo`ysunib, Shoxruh Mirzo oladi, u kishi Xirot shahrida dor ush-shifo quradi) hamda Shoxruh Mirzoning nabirasi Mirzo Alouddavlatni (u ham Xirotda shifoxona qurgan) va Husayn Boyqaroni (Xirot yaqinidagi Gerirud tog`idan chiqqan shifobaxsh issiq suvga shifoxona qurdiradi) ko`rsatib o`tish mumkin.Xullas, Amir Temurning nafaqat diniy ilmlar, balki dunyoviy ilmlar hamda tabobat ilmini rivoj toptirishda ham hizmatlari katta bo`lgan.
Temuriylar davrida ilm-ma`rifat faqat Ulug`bek davridan boshlab rivoj topgan, deb tushunilar edi. Yuqorida keltirilgan ma`lumotlardan ayon bo`ldiki, Temur nevarasi Ulug`bekka qadar ham o`z saltanatida ilm-ma`rifat taraqqiyotiga alohida e`tibor bergan va shunday xulosa qilish mumkinki, Ulug`bek akademiyasidek ulkan ilm maskanining poydevoriga ham aslida Temurning o`zi asos solib ketgan edi.Amir Temur faoliyatida tolerantlikka doir mulohazalar.
Tolerantlik faqat diniy e`tiqodlarda tasavvuf ilmdagina qo`llanilmasdan butun ijtimoiy hayotning hamma sohalaridagi qarashlarning xilma-xilligi, milliy, diniy va g`oyaviy jarayonlarning butun tizimlarida yuz beradigan, turli xil qarashdagi tomonlarni keltirish va muvozanatlashtirish, vaziyatni keskinlashtirish emas, balki muvofiqlashtirish, hatto g`arazli holatlarni ham tinchlantirishdan iborat vositadir. Ayniqsa, tolerantlik dinlararo, davlatlararo, xalqaro muhim ahamiyatga ega bo`lgan vositaviy imkoniyatdir7.
Islom dini va uning tasavvufchilik ilmidagi ana shu imkoniyatdan Amir Temur ustamonlik bilan o`z vaqtida yirik markazlashgan davlatni tashkil etish, Turon – zamin halqlarini birlashtirishda siyosiy arbob, qobiliyatli hukmdor, buyuk sarkarda sifatida foydalanishga erishgan davlat boshlig`idir, turkiy xalqlarning ardoqli farzandidir. Islom dini, diniy islom tasavvufchilik tariqati nafaqat kishilarni ezgu-niyatlarga, insoniy fazilatlarga, axloq-odobga, diniy e`tiqodga, Ollohning yakkaligi-yu yaratganning kuch-qudratiga, diniy islom talab-maqsadlariga, balki ijtimoiy jamiyatni boshqarishni o`ziga xos salohiyati, boshqaruvchi-hukmdorning ham adolatligi, ma`rifatliligi, xalqparvar solih bo`lishligini, xalqlar o`rtasida birlik, hamkorlikni, bir-biriga ishonishni talab etadigan dindir.