Амир темур ва темурийлар даврининг


Turoni-zamin ilmu-fan, madaniyatini jahon sivilizatsiyasi



Yüklə 260,5 Kb.
səhifə3/7
tarix10.09.2023
ölçüsü260,5 Kb.
#142425
1   2   3   4   5   6   7
TEMURIYLAR DAVRI SIYOSIY BOSHQARUVI TIZIMI TARIXI

1.2. Turoni-zamin ilmu-fan, madaniyatini jahon sivilizatsiyasi
Temur davriga kelib Samarqand olimlar maskaniga aylanishi bilan madrasalarning vazifalari ham kengaya borib, ular yuqori saviyasi ilm-fan muassasalariga aylana bordi.
Ushbu olimlarning ko`pchiligi, ayni paytda, Temur davrida va Temurdan oldin barpo etilgan va obod xolga keltirilgan Samarqand madrasalarida talabalarga ta`lim berar edilar. Ularda endi diniy qadriyatlardan tashqari davlat xizmatchilari va iqtidorli yosh olimlar xam tayyorlana boshlandi. O`sha davrda Damashkdan keltirilgan yosh tolibi ilm Ibn Arabshoxning Samarqanddagi Idiku Temur madrasasida taxsil olib taniqli tarixchi olim bo`lib yetishganligi fikrimizning dalilidir3.
Undan tashqari Amir Temurning bevosita ustozligida Temuriylardan tashqari qariyib 80-dan ortiq mashhur davlat arboblari, talantli sarkardalar, ikki ta`limotda ham bilimga ega bo`lgan yirik siyosatchilar yetishib chiqadi. Jumladan, Tojuddin as-Salmoniy, Ma`sud as-Simnoniy, Muhammad as-Sogirjiy, Ahmad as-Tusiy, Mavlono Qutbiddin, Xoja Abdumalik, Mavlono Ubayd, Fazlulloh Mavlono, Jamoliddin, Muhammad Kovchin, amir Xamza, Maxmud Shoxob Xurosoniy, Nasriddin Maxmud, Amir Shox Malik, Amir Joku, Sayfitdin Borlos, Amir Sulaymonshox, Amir Abu Sayid, Amir Usmon Abbos, Amir Sariq Atko, Amir Jalolitdin kabilar shular jumlasidandir.
Temur davrida qurilgan va obod etilib faoliyati ijobiy yo`lga qo`yilgan madrasalar masalasiga kelsak faqat birgina Samarqandning o`zida ularning soni unga yaqin edi. Temurning suyukli nabirasi Muhammad Sulton madrasasi, Bibixonim madrasasi, Feruzshoh madrasasi, Idiku Temur madrasasi, Amir Shoxmalik madrasasi, Qutbiddin Sadr madrasasi va boshqalar shular jumlasidan edi.
Bundan tashqari, Shahrisabzda, Buxoroda, Xirotda ilm-fan axllari, ko`plab adiblar, shoiru-bastakorlar, musavvirlar, me`moru muxandislar, binokor naqqoshlar, mohir xunarmandlar ijod bilan band edilar. Bu davrda Temurning ota yurti Shahrisabz esa o`zi o`qigan madrasa qayta ta`mirlanib, kengaytirilib, ilmiy tarbiya markaziga, ya`ni «Adab ilmining gumbazi»ga aylangan edi. Undagi Temur bunyod etgan «Dor ut-tilovat»da nafaqat adab ilmi, balki diniy va dunyoviy bilimlar ham o`rganilar edi. Xirotda esa Shoxrux Mirzo ham Temurning ilm-fan va ma`rifat sohasidagi sa`y-harakatlarini olib butun Xurosondagi eng katta kutubxonani tashkil etadi. Temur saltanatining har ikkala ulkan kutubxonasida nafaqat arab va turk tillarida, balki fors, lotin va yunon tillaridagi eng nodir asarlar to`plangan ediki, bu asarlardan foydalanib ishlagan olimlar keyinchalik Samarqandda Mirzo Ulug`bek shakllantirgan ulkan ilmiy akademiyaning a`zolari bo`lib, ilmu faoliyatlari bilan jahonga tanilgan yirik va mashhur olimlar bo`lib yetishadi.
Xirotda esa ana shu sa`y-xarakatlarning davomi va Xirot kutubxonasining tarkibiy qismi tarzida pirovardda Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy davrida Kamoliddin Behzod rahbarlik qilgan «San`at akademiyasi» – «Nigariston» vujudga kelgan edi.
Yuqorida keltirilgan dalil va mulohazalarga asoslanib Temurning xayotda amal qilgan tartib e`tiqodlaridan biri, bu – kitob bitiklar kutubxonasini tashkil etish edi. Chunki uzoq Bursa shahridan Samarqandga yaxlit bir kutubxonani kuchirib kelish faqat Temur ma`naviyatiga xos tafakkur edi. Temurning fikricha, «kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql-idrokning, ilmu donishning asosi, xayotni o`rnatuvchi murabbiydir». Garchi bu satrlar Temur nomidan xalq tilida aytilgan rivoyatlarda keltirilgan bo`lsa-da, u Temur ma`naviyatiga tamoman mos keladi. Chunki uning ugitlarida «yozilgan narsa avlodlar xotirasida qoladigan ishlardan ham uzoqroq yashaydi», degan hikmatli satrlar mavjud4.
Amir Temurning ilm-ma`rifatga qaratgan katta e`tiborini uning «Tuzuklari»da ham kurish mumkin. Unda, jumladan shunday satrlarni o`qiymiz: «Musulmonlarga diniy masalalardan ta`lim berib, shariat aqidalar va Islom dini ilmlaridan dars bersinlar deb, har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qildim... Yana amr qildimki, har bir shaharda masjid va madrasalar bino qilsinlar, kasallar uchun shifoxonalar qursinlar va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlasinlar».
Darhaqiqat, Amir Temur zamonasida ulamo va mudarrislarga katta moddiy yordam ko`rsatilib ilgarigidan ham ortiqroq maosh va ish haqi olib mudarrislik qilar edilar.
Ular esa davlat va uning boshlig`i tomonidan olimu-ulamolarga qilgan salohiyatni moddiy va ma`naviy yordami tufayli o`sha davrlarda yaratilgan ilmu-fan natijalari hozirgi kunda, kelajakda ham o`z qiymatini yo`qotmaydi. Jumladan, hozirgi kunda Samarqandda Amir Temur saroyida hizmat qilgan olimlardan biri Muhammad Ibn Umar Sa`didin at-Taftazoniyning ilmu-hisob, handasa va mantiqqa doir bir necha risolasining qadimgi qo`lyozma nusxalari mavjud. Shulardan biri tug`ri chiziqlarning paralelligiga bag`ishlanadi. Unda Taftazoniy Yevklidning mashhur 5-postulatini isbot qilishga harakat qiladi va bunda ikki to`g`ri chiziqni uchinchi to`g`ri chiziq kesganda hosil buluvchi bir tomonli ichki tashqi burchak yig`indisining ikki to`g`ri burchakka teng bo`lishi zarur ekanini ko`rsatadi. Shu jarayonda u burchaklarning boshqa bir qator hossalarini ham isbot qiladi. Ularning tatbiqi sifatida ikki masalaning yechimini ham keltiradi5.
Ma`lumki «Ziji Kuragoniy» Mirzo Ulug`bekning yirik asarlaridan biri, ulkan ijodiyot maxsuli. Bu asar ustida ko`plab tadqiqotlar bajarilgan. Lekin u batamom tuliq o`rganilgan deyilishi mumkin emas. Har xolda keyingi tadqiqotlar qo`shimcha ma`lumotlarni bermoqdaki, ulardan ayrimlarini ko`rsatib o`tamiz. Hususan, «Zij» 2-maqolatining 1-bobida Ulug`bek adad (son, argument), hissai adad (shu son hissasi, funksiya qiymati), ta`dil (interpolyatsiyalash) kabi tushunchalarni beradi, funksiya qiymati uchun interpolyatsiyalash formulasini (albatta, yozma bayon asosida) va argument qiymatini topish uchun esa teskari interpolyatsiyalash formulasini bayon qiladi. Bular hozir Nyuton nomi bilan ataladigan formulalarning chiziqli qismidan iborat edi. U interpolyatsiya xatosini kamaytirish uchun qadamni kuchaytirish zarurligini ham o`qdiradi.
Maqolatning 2-bobi sinus (djayb), djaybu ma`kus (arksinus) va saxga bag`ishlangan bo`lib, bunda Ulug`bek ikki miqdor orasidagi funksional bog`lanish tushunchasiga asoslanadi. Saxm (1-sos dan iborat trigonametrik funksiya) tushunchasini kiritar ekan, biz uchun o`rta maktabdan ma`lum to`g`ri burchakli uchburchak trigonametriyasini tengenli uchburchak trigonametriyasigacha kengaytiradi va shu borada bir qator munosabatlarni keltiradi. Ulardan foydalanish hisoblashlarni ixchamroq bajarishga imkon berishi tushunarli.
Zillga (soya, tangens) bag`ishlangan 3-bobda uning xossalarini tushuntirish jarayonida nurning (yulduzdan) to`g`ri chiziqli tarqalish va yassi tekislikdan qaytish qonuniyatidan foydalanadi, tangens (kotangens, sekans, kosekans) qiymatining cheksizlikkacha o`zgarishini (demak, olamning cheksizligini), trigonametrik funksiyalar orasidagi munosabatlarni ancha batafsil bayon qiladi.
Maqolatning keyingi boblarida biz sferik geometriya va trigonametriyaning hozir Keper nomi bilan ataladigan munosabatlardan, shuningdek, sferik uchburchak uchun sinuslar va kosinuslar teoremalaridan foydalanadi. Ulug`bek bayonidan foydalanib turli vaziyatda, masalan, osmon sferasining bir qismi kurinmay qolgan sharoitda ham, hisoblashlarni bajarish mumkinligini ta`kidlaymiz.
Sinusnng 1-li qiymatini juda aniq topish maqsadida Ulug`bek maktabida ishlab chiqilgan va uchinchi darajali tenglamaning ayrim ko`rinishlarini yechish qo`llanilgan iteratsion usullar ma`lum shartlarda ixtiyoriy tenglamani yechish uchun ham yaroqli ekani ma`lum bo`ldi.

Yüklə 260,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin