Tarbiya-o’tmish va kelajak avlodni bog’lovchi umuminsoniy qadriyat



Yüklə 36,63 Kb.
səhifə1/2
tarix25.12.2023
ölçüsü36,63 Kb.
#197152
  1   2
Tarbiya


Tarbiya-o’tmish va kelajak avlodni bog’lovchi umuminsoniy qadriyat.

Bayramova Shahina


Boshlang'inch ta'lim yo’nalishi talabasi
Olloqulova Farzona Umedillayevna
Termiz davlat pedagogika instituti o’qituvchisi


Annotatsiya: Mazkur maqolada tarbiya mazmun-mohiyati, tarixiy taraqqiyot jaroyinida tutgan o’rni, buyuk mutafakkirlarning ilmiy merosi, tarbiya nazariyasiga qo’shgan hissasi ilmiy-nazariy asoslari yoritilgan.
Kalit so'zlar: ta’lim, tarbiya, rivojlanish, yosh avlod, ma’naviy axloqiy fazilatlar.

Respublikamiz mustaqillik yillarida taʼlim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish maqsadida bir qancha asoslarni ishlab chiqdi."Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonunning qabul qilinishi,"Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi"ning yaratilishi va amaliyotga tatbiq etilishi xalq taʼlimi sohasida ham buyuk burilishlar yasadi. Milliy pedagogikaning jadal surʼatlarda taraqqiy etishi taʼlim-tarbiya jarayonida Al-Buxoriy, At-Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Az-Zamaxshariy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Ogahiy, Abdulla Avloniy singari ulug‘ olim-u fuzalolarning merosidan foydalanish imkoniyati yaratildi. Ular taʼlimdagi milliy xususiyatlarga alohida eʼtibor berishgan. Bobokalonlarimiz yosh avlod tarbiyasi borasida dorilfunun yaratib qoldirganlar. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi sanalmish "Avesto"dan tortib to hozirgi kunda yashab ijod qilayotgan pedagog olimlar asarlarida pedagogik mafkura o‘z aksini topgani bejiz emas.


Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning "Barkamol avlod orzusi" va"Yuksak maʼnaviyat yengilmas kuch"asarlarida yosh avlodni tarbiyalashda "Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga eʼtibor qilinmasa, kelajak boy beriladi. Tarbiyadan hech narsani ayamaymiz. Maʼnaviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o‘z-o‘zidan kelmaydi. Hammasining zamirida tarbiya yotadi" degan fikrlarni takidlaydi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ham tarbiyaga katta eʼtibor qaratmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maʼnaviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi 2019-yil 3-maydagi PQ 4307-sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31- dekabrdagi "Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi 1059-sonli qarorining chiqishi bu millat kelajagi, millat maʼnaviy taraqqiyoti uchun bir o‘ziga xos tarixiy voqelik boʻldi. Taʼlim va tarbiyani bir-biridan ajratib bolmaydi, chunki taʼlim yo‘q joyda tarbiya bo‘lmaydi, tarbiya yo‘q joyda esa taʼlim. Tarbiya kishilik jamiyati ibtidosidan paydo boʻlib, bashariyat manfaatlari uchun xizmat qilib kelgan, avlodlar oʻrtasidagi aloqani taʼminlaydigan ma’naviy ko’prikdir. Kattalar turmush jarayonida orttirgan tajribalarini o‘zidan keyingi avlodga o‘rgatib borganlar. Kichik avlod esa o‘z faoliyati davomida duch kelgan yangi-yangi muammolarning yechimini topish barobarida bilim va ko‘nikmalarni egallab, oldingi avloddan meros qolgan bilimlarni yanada boyitib,o‘zidan keyingi avlodga qoldiradi. Jamiyat taraqqiyoti, mehnat qurollarining takomillashishi natijasida keyingi avlodga meros qoldiriladigan tajribalar hajmi ham o‘sib boraveradi.
Qadimdan inson tarbiyasiga oid fikrlar xalq maqollarida, afsonalarida, dostonlarda o‘z ifodasini topgan. Ularda rostgo‘ylik, ota-onaga hurmat - ehtirom kabi fazilatlar tarannum etilgan. "Alpomish", "Toʻmaris" kabi doston va ertaklarda vatanparvarlik, insonparvarlik tuygʻulari ulug‘lanadi. Taʼlim va tarbiya masalalari hamisha, mutafakkir,yozuvchi,olimlar xayolini band qilib kelgan. Ular o‘zlarining bola tabiati,ularni barkamol inson qilib tarbiyalash haqidagi yorqin mulohazalari bilan pedagogika fani rivojiga ulush qo‘shganlar.
Mashhur hind masali "Kalila va Dimna", Nizomim Mulkning "Siyosatnoma", Nosir Xisravning "Saodatnoma", "Ro‘shnoyinoma", Yusuf Xos Hojibning "Qutadg‘u bilik", Mahmud Koshg‘ariyning "Devon-lug‘atit turk", Ahmad Yugnakiy, Kaykovus, Alisher Navoiyning ko‘pgina asarlari bevosita daxldordir. Bu allomalarning asarlari pedagogik fikrlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, bu asarlarda insonparvarlik, halol mehnat, do‘stlik, chin muhabbat, sadoqat kabi yuksak axloqiy fazilatlar o‘z aksini topgan. Pedagogikada "Tarbiya" so‘zi turli maʼnoda ishlatiladi. Chunonchi, tarbiya keng sotsial maʼnoda, ijtimoiy hodisa sifatida qo‘llanilganda jamiyatning barcha tarbiyaviy vositalarini, oilani, maktabgacha tarbiya muassasalarini, oʻquv-tarbiya muassasalarini, mehnat jamoalari, axborot manbalarining tarbiya yo‘nalishida olib boradigan harakatlarini o‘z ichiga oladi. Bu tarbiya vositalari o‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama kamol topishiga xizmat qiladi. Ajdodlarimizning bolani ona qornidan boshlab tarbiyalash kerak degan fikrlari bejiz emas. Buyuk alloma Abu Ali Ibni Sino ham tarbiya haqida ko‘pgina fikrlarni olg‘a surgan. Xususan, bir kishi Ibn Sinoning oldiga 9 oylik bolasini olib kelib, men bolamni qachondan va qanday tarbiya qilsam boladi deganlarida, bobokalonimiz shunday javob bergan ekanlar: "Azizim, siz ancha kech qolibsiz, bolani ona qornidaligidan tarbiyalash kerak"-degan fikrlarining o’ziyoq tarbiya masalasining naqadar dolzarb ekanligi yaqqol namoyon bo’ladi.
Albatta, bolaning qanday tarbiya olishi kattalarga bog‘liq. Ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, o‘z kelajagini yaratishga koʻmaklashish kattalarning qo‘lida. Zero, xalqimizda "Qush uyasida koʻrganini qiladi" degan naql bor. Oiladagi muhit qanday bo‘lsa, bola shunday kelajakka qarab intiladi. Tarbiya bolaga atrofdagilar ota-ona, o‘qituvchi, tarbiyachi tomonidan beriladi.
Rivojlangan mamlakatlardan sanalgan Yaponiyada bolalar 3 yoshgacha ota-onasi bag‘rida bo‘lib, asosiy vaqtini bolalar onasi bilan o‘tkazar ekan. Misrda esa, bola ulg‘aygandan keyin qori yoki qoriya bo‘lishlari uchun, homilador ayolini barcha yumushlardan ozod qilib, faqat Qurʼon o‘qishga daʼvat qilisharkan. Pedagogik adabiyotlarda va amaliyotda tarbiya so‘zi aniq, tor yo‘nalishni belgilash uchun ham ishlatiladi. Xuddi shu maʼnoda tarbiyachi rahbarligida aniq maqsadga qaratilgan jarayon tushuniladi.
O‘sib va rivojlanib boruvchi inson tarbiya obyekti hisoblanadi. Butun hayoti davomida insonning rivojlanish jarayoni davom etaveradi. Odam bolasining rivojlanishi-bu muhim jarayon sanaladi. Maʼlumki hayot davomida inson jismoniy va ruhiy tomondan o‘zgarib boradi. Lekin bolalik,o‘smirlik va o‘spirinlik davrda rivojlanish nihoyatda kuchli bo‘ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o‘sishi, o‘zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi. Tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi xususida fikr yuritganda, uning aniq maqsadga yoʻnaltirilgan hodisa ekanligi taʼkidlanadi. Inson taʼsir etuvchi omillarni tahlil qilishi shuni koʻrsatadiki, bu omillar ichida tarbiya muhim va yetakchi o‘rinda turar ekan. Haqli savol tugʻiladi: tarbiyaning maqsadi nima? Uning maqsadini kim va nima belgilab beradi?
Tarbiyaning maqsadi yoshlarni yetuk ong tafakkurli qilib o‘stirish, yosh avlodda jamiyatimizda qabul qilingan odob-axloq qoidalariga mos keladigan eʼtiqodni, axloqiy malaka va ko‘nikmalarni, ehtiyoj va intilishlarni tarkib toptirishdan iborat. Tarbiyashunos olim Abdulla Avloniy o‘zining "Turkiy Guliston yoxud axloq" asarida inson kamolotida tarbiyaning o‘rnini alohida taʼkidlab, shunday degan edi: "Janobi Haq insonlarning asl xilqatida isteʼdod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila zararni, oq ila qorani ajratadigan qilib yaratgan. Lekin bu insondagi qobilyatini kamolga yetkazmoq tarbiya vositasida bo‘ladir. Agar bola yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqda saqlanib, go‘zal xulqlarga odatlanib katta bo‘lsa, baxtiyor bir inson bo‘lib chiqadi. Agar tarbiyasiz, axloqi buzilib o‘ssa, nasihatni qulog‘iga olmaydigan, har xil buzuq ishlarni qiladigan nodon, johil, bir rasvoyi odam bo‘lib chiqadi". Sharqona tarbiya ming yillar mobaynida islomiy axloq qoidalari asosida tarkib topib borgani tarixdan maʼlum. Qurʼoni Karim oyatlari, Payg‘ambar alayhissalom hadislari, olimu ulamolarimiz kitoblari tarbiyamizning manbayi bo‘lib xizmat qilgan. Islomiy tarbiya musulmonlar hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan. Islomiy tarbiya bolani yetti jihatdan tarbiyalashni maslahat beradi. Bular: sog‘liq va badan tarbiyasi, aqliy tarbiya, estetik tarbiya, axloqiy tarbiya, vijdoniy va nafsoniy tarbiya, diniy-ruhiy tarbiyadir. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga, tarbiyasini, odobini ham yaxshilanglar!", deganlar. Shu bilan birga "Hech bir ota o‘z farzandiga xulq -odobdan yaxshiroq meros qoldirolmaydi", deb tarbiyada ota-onaning rolini belgilab o‘tganlar.
Islomiy (sharqona) tarbiya barcha moʻmin-u musulmonlarni nihoyatda xush xulqli, shirin so‘zli, oliyjanob bo‘lishga da'vat etadi. Bu rivoyatda yaxshi tarbiya ko‘rganning o‘nta nishonasi sanab o‘tiladi.
-Xalq to‘g‘ri deb topgan narsaga notoʻgʻri deb qaramaslik.
-O‘z nafsiga insof berishni so‘rash.
-Boshqalardan ayb qidirmaslik.
-Birovda yomonlik sodir bo‘lsa,uni yaxshilikka yo‘yish.
-Agar gunohkor uzr so‘rasa,uning uzrini qabul qilish. –
-Muhojirlar hojatini chiqarish.
-El g‘amini yeyish.
-O‘z aybini tan olish.
-El bilan ochiq yuzli bo‘lish.
-Odamlar bilan shirin muomalada boʻlish.
Turli tarixiy davrlarda tarbiyaning maqsadi ham, xususiyati ham o‘zgarib boradi. Buni ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm va kapitalizm formatsiyalari misolida ham koʻrish mumkin. Ibtidoiy jamoa tuzumida tarbiyaning maqsadi oddiy bo‘lib, shunchaki insonning hayot kechirishini taʼminlashga xizmat qiladi. Quldorlik tuzumida quldorlar va qullarning paydo bo‘lishi tarbiyaning xususiyati va maqsadini ham o‘zgartiradi. Feodalizm tuzumi ha kelib tarbiya keskin tabaqalana boshladi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivoj topa borishi taʼlim mazmunini o‘zgartirib yubordi, taʼlim sekin-asta ilmiy xarakter kasb eta boshladi,bu o‘z navbatida umumiy taʼlim kurtaklarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Kapitalizmga kelib tarbiyaning tabaqalanish xususiyati yana kuchliroq sezila boshlaydi. Ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlarining rivojlanishi, ishlab chiqarish korxonalarida ishlash, dastgohlarni boshqarish, ish unumdorligini oshirish, ishchilardan savodxonlikni, ilmli bo‘lishni talab etdi. Bu davrga kelib ishchilarning bolalariga ham birmuncha ilm berish, o‘qish davrida ularga shaxsiy mulkni muqaddas ekanligini uqtirib borish tarbiyaning asosiy maqsadi bo‘lib qoldi. Inson hamisha odamlar qurshovida yashaydi, ijtimoiy muhit sharoitida uning aqliy rivojlanishi, fikrlash qobiliyati amalga osha boradi. Bunda insonning normal jismoniy rivojlanishi uchun sharoitlar bo‘lishi kerak.
Aqliy tarbiya ijtimoiy tarbiya tizimining bir qismi bo‘lib, uning mazmuni barcha fanlar bo‘yicha bilimlar sistemasini bilib olishni va shu asosda yoshlarda ilmiy dunyoqarashni tarkib toptirish, tafakkur va nutq qobiliyatini o‘stirishdan iboratdir. Abu Nasr Forobiy inson aql-zakovati xususida fikr yuritib bunday deydi: "Barcha masalani, muhokama va mulohazani tezda tushuna oladigan, uning maʼnosini anglaydigan, so‘zlovchining maqsadi, aytilgan fikrning chinligini tezda payqay oladigan bo‘lsin. 1. Xotirasi juda baquvvat bo‘lsin, koʻrgan-eshitgan, sezgan narsalarining birontasini ham esidan chiqarmay, yodda saqlab qoladigan bo‘lsin. 2. Zehni shu daraja tez va o‘tkir bo‘lsinki, biror narsaning alomatini sezishi bilan bu alomat nimani bildirishini tezda bilib olsin. 3. So‘zlari aniq bo‘lsin, fikrini va aytmoqchi bo‘lgan mulohazalarini ravon va ravshan bayon eta olsin. 4. Bilim va o‘qishga muhabbati bo‘lsin, o‘rganmoqchi bo‘lgan bilimini charchashni sezmasdan osonlik bilan o‘zlashtira olsin". Axloq-ijtimoiy ong shakllaridan biri hisoblanib har bir kishining jamiyat va oiladagi turish-turmushini tartib-qoidalarning yigʻindisi sifatida gavdalanadi.
Xulosa qilib aytganda, insonning tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarga bo‘lgan munosabatidan uning axloqi namoyon boladi. Insoniyatning hayoti, turmush tarsi, faoliyati tarbiyasiz kechmaydi. Tarbiya insoniyatning hayot mazmuni bo’lib, o’tmish avjdodlar tajribasiga tayanib kelajak avlodga yetkazib beriladigan umuminsoniy qadriyatdir.

Yüklə 36,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin