Kurs ishining maqsadi: «Amir Temur va temuriylar davrining intellektual saloxiyati» mavzusidagi o`quv qo`llanma ana shu manbalar asosida yozilib tavsiya etilmoqda.
Kurs ishining obyekti va predmeti: Amir Temur davrida ilmu-fan va shu asosda ma`naviy-ma`rifiy xayotning o`ziga xos mezonlari, bunyodkorlik xususiyatlari haqida yangi ma`lumotlarga tayanib ta`rif berildi. Shu bilan bir qatorda Temur va temuriylar davrida jiddiy e`tibor berilgan tolerantlik, murosayu-madora muammolari, madaniy landshaftlik va orostalik fazilatlari, tibbiyot ilmi va veterinariya xizmati, xalq tabobat ilmiga birinchi bor ta`rif berildi. Amir Temur bog`lari haqida, avlodlari va Sohibqiron davlatida faoliyat ko`rsatgan davlat arboblari, ilmu-fan namoyondalari, xunarmand-muxandislar, shaxmatchi va san`atkorlarga, Amir Temur va temuriylar davri tarixini yozgan taniqli olimlar haqida ma`lumot berildi. Shu bilan bir qatorda Amir Temur haqida noxaq fikrlar bildirgan shaxslar muloxazalari keltirildi. Undan tashqari Sohibqiron zabt etgan mamlakatlarning ham nomlari keltirildi.
Kurs ishining vazifalari: Temur o`z siyosatini mamlakatda markazlashgan kuchli mustaqil jamiyat o`rnatish, har bir ishda qonun va tartib joriy qilish, yurtda osoyishtalikni jonlantirish, xunarmandchilik, savdoni rivojlantirish, islom aqidalariga rioya qilishdan boshladi. Temurning amaliy-ijtimoiy faoliyati uning avval o`tgan podshohlarga nisbatan qanday ijobiy yangiliklarni amalga oshirganligiga qarab baholanishi zarur. Ana shu nuqtai nazardan aytishimiz mumkinki, Amir Temur va temuriylarning faoliyati, shubhasiz ilmu-fan taraqqiyoti va ma`naviyati bilan sug`orilgandir.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish qismi, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda iborat
1. BOB. Temur davrida Markaziy Osiyoda shaharsozlik, me`morchilik, san`ati
1.1. Me`morchilik san`atining rivojlanishi yangi pog`onaga ko`tarilishi
Temur davrida Markaziy Osiyoda shaharsozlik, me`morchilik, san`ati, dinu-islom, madaniyat va ilmu-ma`rifat tengsiz rivoj topdi. O`rta Osiyo shaharsozligida bino va inshootlarni qurishda yangicha ansambl uslubi, yangidan-yangi jamoa binolari, usti berk savdo rastalari, maxsus bozorlar vujudga keldi, ilmu-fan markazlari tashkil topdi1.
Me`morchilik san`atining rivojlanishi yangi pog`onaga ko`tarildi. Peshtoq va gumbazlar binolarga mahobat bahsh etuvchi asosiy shakllarga aylantirildi. Bino shakllari va qismlarini bir-biriga hamohang va uyg`un, miqyosiy ulchovlarda shakllantirish avj oldirildi. Bu esa, o`z navbatida, bino qismlari ulchovlarini mutanosib nisbatlarda bo`lishligini, bino tarzini esa me`moriy jihatdan shaklan mukammal va go`zal chiqishini ta`minladi. Muxandislik san`atidagi yutuqlar ham me`morchilikning yanada ravnaq topishiga yaqindan yordam berdi. Temur davrida yaratilgan o`zaro kesishuvchi ravok g`ishtli qurilmalar keng xonalarning tomlarini yopishda, ularning ichki va tashqi ko`rinishlarini maxobatli qilib ishlashda qo`llanildi. Me`morchilikka tadbiq etilgan hattotlik san`atining rivoj topishi esa bino va inshootlarning yanada mukammal va serjilo yaratilishini tashkil etdi. Naqshinkorlikda girix, islimiy va husnixat bezaklaridan tashqari muqarnas va kundal uslubi keng qullanildi. Binolar yaqindan va uzoqdan kurishga mo`ljallangan naqshlar, yozuvlar bilan bezatildi. Tasviriy san`atda kitob nafis naqqoshligi (miniatyura) bilan bir qatorda ilgarilari (XI-XIII) asrlarda) din peshvolari tazyiqi ostida amaldan qolgan maxobatli devoriy (monumental) rang-tasvir san`ati shoxona saroy va qushk hashamatlaridan yangitdan rivoj topib qullanila boshlandi.
Bu holatlar Amir Temurning bunyodkorlik faoliyatida nafaqat me`morchilik, qurilish san`ati, balki ilmu-fanning hamma sohasini rivojlantirishning sardori, yo`lboshchisi bo`ldi. O`zi esa ilmu-fanning yirik bilimdoni sifatida o`zgalarga na`muna bo`lib davlat siyosati islom haqiqati bilan o`yg`unlashtirib olib bordi. Uning ashaddiy raqibi ibn Arabshoh: «Temur podshohlar va xalqlar siyratlarida bilimdon, Sharqu-G`arb tarixining otasi va onasi edi» - deb bejiz tan olmagan edi.
G`arb yepiskopi monax Ioann Grinlo Temur xaqida yozib, uning turk, fors va arab tillarida bemalol so`zlashaolganligini ilmu-fandan bilimdon ekanligini ta`kidlaydi. «Ilmu Qur`on va ilmu fikhda shunchalik zabardast ediki, - deb xabar beradi u Temur haqida, - har qanaqa musulmon olimi u bilan bu mavzuda bellasha olmagan».
Sultoniya yepiskopi monax Ionn Grinlo o`zining Amir Temur haqidagi xotiralarida: «Temurbekning bunyod etgan qasrlari ikki yuzdan ziyod edi: Samarqandda o`n sakkiz, Kesh shahrida yigirma, Bog`dodda o`n besh, Isfaxonda o`n ikki, SHerozda yetti qasri bor edi», - deb yozadi. Ioann Grinlo ushbu qasrlarning aynan qanday imoratlar ekanligini yozmasada, ularning sonini keltirgani Sohibqironning bunyodkorlik ishlariga juda katta e`tiborni qaratganligidan dalolat beradi.
Ayniqsa uning o`zga yurtlarda bunyod etgan bino va inshootlari Temur ma`naviyatidagi yangi qirralarni ochib berishga hizmat qiladi. O`nlab shaharlar va bog`-saroylar, masjidu-madrasalar, savdo va tijorat inshootlari, kasalxonalaru langarxonalar, xonakohlar, hammomlar, ko`priklar, kanallaru bo`g`onlar Buyuk Ipak yuli bo`ylab bino etilgan son-sanoqsiz rabotu-karvonsaroylar, sardobalar Amir Temur bunyodkorlik faoliyatining ko`p qirralari va rang-barangligidan dalolat beradi.
Bir so`z bilan aytganda Amir Temur davrida Turkiston va Xurosonda amalga oshirilgan keng bunyodkorlik ishlarida o`ziga xos «Temur uslubi» yaratilgan edi. Keyinchalik temuriylar bu uslubni rivojlantirib davom ettirdilar va Shimoliy Xindistonda Bobur Mirzo va boburiylar hukmronligi davrida ham bu uslub o`zining sezilarli ta`sirini ko`rsata oldi.
Temur davri madaniy-ma`naviy hayoti bilan bog`liq masalalar orasida ushbu davrdagi mahobatli, ya`ni monumental devoriy tasviriy san`at rivoji masalasi o`ziga xos tadqiqotga muxtojdir. Markaziy Osiyo madaniyatiga qadimdan xos bo`lgan, biroq Islom tazyiqi ostida X-XIII asrlarda amaldan qolgan monumental tasviriy san`atning devoriy uslubi aynan Amir Temur va temuriylar davrida yangidan jonlandi, rivoj topdi. Nega? Tirik jonzotlarni tasvirlash, yirik o`lchamdagi devorlardagi rangtasvirlarda ifodalash shariat talablariga tamoman qarshi edi! Nega temuriylar bunga amal qilmadi? Bu kabi savollarga javob berish temuriylar davri tasviriy san`ati turli qirralarda tadqiq qilishni, bu davrda islom va tasviriy san`at munosabatlarini o`rganishni taqozo etadi2.
Temur ilmu-fan rivojiga rahnamolik qilgan, o`zi esa tarix, jug`rofiya, tib ilmlarini yaxshi bilgan, adabiyot va shaxmatni sevgan. U ulamo va shoirlarni behad hurmat qilgan, e`zozlagan. Sababi uning o`zi ham o`z davrining olimi va donishmandi bo`lgan. Uning mug`oliblaridan biri Ibn Arabshoh Temurni «Sharqu G`arb tarixining otasi va onasi edi» deganda to`g`ri baho berib, mubolag`a qilmagan edi. Temurning qadami qayerga yetgan bo`lmasin, u o`sha yerdagi olimu ulamolar, shoirlar, san`atkorlar, me`morlar, hunarmandlar, kasbkorlarni yig`ib suhbat aylagan, ularga topshiriqlar va vazifalar bergan, osoyishta ijod, bunyodkorlik bilan shug`ullanishga imkoniyat yaratib bergan, moddiy yordam berib xomiylik qilgan. Chunonchi, u Damashqda islom ulamolarini yig`ib, Qur`on haqida katta munozara o`tkazdi. Ozarbayjonning Boylaqon shahrida ham olimlar bilan kengash o`tkazib, ular oldiga katta vazifalar qo`yadi. Rumning Basra shahridagi eng katta kutubxonadagi nodir kitoblarini Samarqandga keltirib bu yerdagi kitoblar bilan qo`shib Ko`ksaroyda ulkan bilim maskani - kutubxona tashkil etadi. Bu kutubxona xazinasidan minglab kishilar bahramand bo`lgan, yetuk olimlar yetishib chiqqan. Fahmlash mumkinki, Temurning kutubxonasi o`z davrida yer yuzidagi ulkan va eng boy kutubxonalardan biri bo`lgan. Negaki poytaxt Samarqandga nafaqat kitoblar, balki Temur saltanati xududidagi eng nufuzli olimlar ham yig`ilgan edilar. Temurning bevosita g`amhurligida yuzlab olimlar ilmu-fanda ijod qilganlar. Ular qatorida Sa`uddin at-Taftazoniy, Mavlono Ahmad, Sayid Sharif Jurjoniy, Shamsiddin Muhammad ibn al-Jazariy, Xoja Muhammad al-Buxoriy, Xoja Abdulmalik Samarqandiy, Tojiddin as-Salmoniy, Mavlono Ubayd, Mavlono Abdujabbor, Ahmad Kirmoniy, Xofizu Abru, G`iyosiddin Ali, Nizomiddin Shomiy, Hofiz SHeroziy, Kamol Xujandiy va boshqalar edi.
Umuman olganda Amir Temur saltanatida zamonasining taniqli allomalari hisoblangan dunyoviy fanlarning hamma tarmoqlari bo`yicha ilmiy-tadqiqotlari olib borgan qariyib 100 dan ortiq olimlar, Islom tasavvufchiligi sohasida ham Sharqda nomi mashhur bo`lgan o`nlab avliyoyu-pirlar ilohiyat yo`lida samarali ibodatda bo`lganlar. Samarqand o`sha davrda ana shunday buyuk zotlarning ijod markaziga aylangan edi. Bu iborani o`sha davrning guvohi bo`lgan Ibn Arabshoh shunday ta`riflaydi: «Temur har bir jonni (olimu-ulamolarni...) yig`ib, nimaiki narsa bo`lsa sarasini Samarqandga keltirdi. Natijada, Samarqandda har bir ajib fan ahli namoyondasidan va san`atlar g`aroyib uslubidan fazilati peshonasida nishona bo`lib, o`z tengqurlaridan ustun turgan o`z sohasida alloma kishilar yig`ilgan edi». (1 kitobi, 87-bet). U davom etib: «Darhaqiqat Samarqand fozillar jam bo`lgan va fazilat ahlining kelib qunadigan joyi erdi» (1 kitob, 309-bet).
Ushbu olimlar Temur tashkil etgan Ko`ksaroy kutubxonasida ishlash va foydalanish xuquqiga ega edilar. Har bir olimning o`rni va vazifasi aniq edi.
Ular ilmu-fanning turli sohalarida ilmiy izlanishlar olib borib, Turoni-zamin ilmu-fan, madaniyatini jahon sivilizatsiyasi darajasiga ko`tarib, Samarqandda o`ziga xos ilmiy markazni tashkil etib, nevarasi Ulug`bek davrida fanning keng taraqqiy etishiga, ilmiy laboratoriya va Samarqand fanlar akademiyasining vujudga kelishiga asos solgan edi.
Dostları ilə paylaş: |