Amir temur va temuriylar davrida ilm-fan



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix21.08.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#140050
1   2   3   4
amir-temur-va-temuriylar-davrida-ilm-fan

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№4 2022 
43 
donoligi va o‘tkir bilimi bilan majlis ahlida bo‘lgan olimu-fuzalolarni dovdiratib 
qo‘ygan. Amir Temur diniy va dunyoviy ilmlarni mukammal egallagan bo‘lib, 
majlisi olimu ulamolar bilan boshqarilar edi. Amir Temur tuzuklarida bu haqda 
ma’lumotlar ko‘plab keltiriladi. 
Amir Temur, uning avlodlari Mirzo Ulug‘bek, Boysung‘ur Mirzo, Husayn 
Boyqaro, Bobur Mirzo kabi shoh va shahzodalar, temuriy malikalar Temuriylar 
ma’naviyati poydevorini o‘zlarining ilm-ma’rifatga bo‘lgan hurmati tufayli 
mustahkamlab bordilar va bu yo‘lda o‘z hisoblaridan ko‘plab qurilishlar va tashkiliy-
moliyaviy ishlarni amalga oshirdilar. Avliyolar avliyosi, shoirlarning sultoni Alisher 
Navoiy ijodiga ham o‘sha davrning ilmiy-ijodiy muhitining ta’siri bo‘lganligini 
anglab yetish mumkin. 
Amir Temur va temuriylar davri, umuman, Sharq, xususan, O‘rta Osiyo ilm-
fani, madaniyati, ma’naviyati, adabiyot va san’ati rivojida muhim bosqich, yangi 
tarixiy davr, burilishdir. Bu davr IX-XII asrlardagi ma’naviy-ma’rifiy hayotdagi 
ko‘tarilish va yuksalishning mantiqiy davomidir. Boshqacha nom bilan bu davr 
"Oltin asr” deb ham yuritiladi. O‘rta Osiyo xalqlari orasidan yetishib chiqqan buyuk 
tafakkur egalarining butun bir avlodi xuddi shu davrda shakllandi va ijod qildi. Bunga 
Amir Temur va Temuriyzodalarning ilm-fanni rivojlanishi uchun yaratib bergan 
shart-sharoit tufayli erishilgan, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Tarixdan 
ma’lumki, Samarqand shahriga o‘z zamonasining eng yetuk olim va donishmandlari 
kelib o‘rnasha boshlaganlar, shuni ham ta’kidlash kerak, Amir Temur va 
temuriyzodalar davlatni boshqarishda bag‘rikenglik nuqtai nazari bilan yondashuvi 
turli millat va din vakillarinig yonma-yon yashab, ilm va ijodkorlik bilan 
shug‘ullanishi uchun imkon yaratgan. Butun dunyoga nomlari mashhur tarixchilar 
Sharofiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir, Davlatshoh Samarqandiy; olimlardan 
Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi, Qozizoda Rumiy; faylasuf-shoirlardan Abdurahmon 
Jomiy, Alisher Navoiy, Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy; musavvirlardan Kamoliddin 
Behzod, Qosim Ali, Mirak Naqqosh; xattotlardan Sulton Ali Mashhadiy, Sulton 
Muhammad Xandon, Muhammad bin Nur va boshqalar shular jumlasidandir. 
Ularning barchasi o‘sha davr va o‘zlarigacha bo‘lgan insoniyat ma’naviyati, ma’rifati 
va madaniyati yutug‘ining barcha sohalarini mukammal bilib, o‘zlashtirib olgan, 
o‘zlari tanlagan sohalarining hali hech kim tomonidan zabt etilmagan cho‘qqilarini 
egallagan ulug‘ siymolar, qomusiy ilm egalari bo‘lganlar. Shuning uchun ham 
ularning boy, serqirra ijodlari, tengi yo‘q va takrorlanmas ilmiy-falsafiy, badiiy, 
tarixiy asarlari asrlardan-asrlarga o‘tib, zamon sinovlariga bardosh berib, bizlargacha 
yetib keldi. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek, Biz o‘z oldimizga 
mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni 
qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, 



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin