“Amir Temur va Temuriylar davridagi odob-axloq va tarbiyasi to’g-hozir.org
Keyinchalik Chig'atoy ulusida hokimiyat uchun ichki nizolar kuchayib ketganligi sababli, Qarachor no'yonning farzandlari va qavm-qarindoshlari Kesh viloyatiga kelib, o'rnashib, shu yerda yashab qolganlar, uning avlodlari o'sha viloyatni boshqarganlar, "Zubdat at-tavorix"da Qarachor no'yonning farzandlari ko'p bo'lganligi qayd etilib, ulardan o'n to'qqiz o'g'ilning nomini, shu o'g'illardan tarqalgan keyingi avlodning mashhurroqlarini sanab, ayrimlarining shajarasi to o'zi yashab turgan davrgacha davom ettirilgan va ularning qanday mavqeni egallab turganliklari qayd etiladi. Jumladan, Qarachor no'yonning oltinchi o'g'li Injil no'yon bo'lgan va uning farzandlaridan biri Iylangiz no'yon (Ilangiz)dir. Bu no'yonning bir necha farzandlari bo'lib, ulardan biri Sohibqironning bobosi Burkul no'yondir. Uning ikki o'g'li bo'lgan: biri-Bolta, ikkinchisi Tarag'ay no'yon" ya'ni Amir Temurning otasi. Tarag’ay no'yonning to'rt o'g'li va ikki qizi bor edi: o'g'illari - Amir Temur, Suyurg'atmish, Olamshayx, Jo'gi no'yon, qizlari - Qutlug' Turkon og'a, Sherbik og'a, Amir Temur farzandlar orasida to’ng’ichi bo'lgan Amir Temur yoshlikdan ilm ahliga juda katta e'tibor bergan.