Amir Temur va temuriylar sulolasi davri ma‘naviyati Reja Amir T
I.Karimov asarlarida soxibkironning boy ma‘naviy merosini yoritilishi hamda mustaqillik davrida Amir Temurga bo’lgan munosabatning tubdan o’zgarishi. Amir Temur shaxsiga aniqrok baxo berishda Prezidentimiz fikrlari aloxida urin tutadi. «Insof – iymon tuygusi, diyonat mezoni Amir Temur hayot mazmunini tashkil etadi. Olamning kariyb yarmiga jaxongir ersa-da, u kuch – kudrat, zurlik, zuravonlikda emas, aksincha, adolatda ekanini teran angladi… Amir Temur nafaqat Turon-Turkiston-O’zbekiston zaminining, balki insoniyatning eng ulug daxolaridan biridir», kabi fikrlari bilan Prezidentimiz A.Temurga katta baxo berdi va ulug bobomiz qoldirgan merosdan foydalanib, bugungi kunda huquqiy, adolatli, demokratik davlat barpo etishga bosh kosh bulmokda.
Bugungi kunda Amir Temur merosini o’rganishdagi makad eng avvalo mustamlakachilik yillarida ongimizdan chikarib tashlangan milliy tuygularimizni kayta tiklash bilan birga, milliy xak-huquqlarimizni tushunib yetish uchun kerak, bu birinchidan;
Ikkinchidan, Xalqimizning milliy gururi va milliy ongimizni yuksaltirish uchun haqikiy tariximizni kayta tiklash;
Uchinchidan farzandlarimizni kelgusi avlodni ulug ajdodlarimiz nomi, qoldirgan merosi bilan faxrlanishga urgatish uchun;
Turtinchidan, Amir Temur qadriyatlari bizning demokratik, huquqiy, buyuk davlat kurish uchun, undan ulgu olish uchun zarur;
Beshinchidan, Temuriylar qadriyati mamlakatimizning jaxon hamjamiyatidan munosib urin egallashi, kelgusi avlodlarga ozod va obod Vatan koldirish uchun kerak; Umuman olganda, Amir Temur davlatchiligi va uning shaxsi boshqaruvidagi o’ziga xos tamoyil bugungi o’zbek miliy davlatchiligini kurishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniksa, uning «Kuch - adolatda» degan fikrlari Prezidentimiz boshchiligidagi davlat boshqaruvida asos bulib xizmat qilmoqda.
“Soxibqiron Amir Temur va temuriylar nomi bilan bog'liq bo'lgan qariyb 500 yillik davr turkiylar hayotidagi ikkinchi uyg'onish davri, milliy tiklanish, milliy taraqqiyot pallasi bo'lib tarixda abadiy qoldi. Bu ikkinchi Renissans xodisasi jahon fani, madaniyati, umuminsoniy qadriyatlarni oliymaqom darajada o'zida mujassam etgan milliy davlatchilik va boshqaruv tizimining shakllanishi bilan bog'liq bo'lgan buyuk voqelikdir” 1