Amir Temur va temuriylar sulolasi davri ma‘naviyati Reja: Amir Temur–buyuk davlat arbobi, yuksak ma‘naviyat soxibi ekanligi. «Temur tuzuklari»


Temuriylar sulolasi davridagi ma‘naviyat va ma‘rifatning yanada rivojlantirilishi



Yüklə 36,3 Kb.
səhifə4/5
tarix11.11.2022
ölçüsü36,3 Kb.
#68600
1   2   3   4   5
Amir Temur va temuriylar sulolasi davri ma‘naviyati Reja Amir T

Temuriylar sulolasi davridagi ma‘naviyat va ma‘rifatning yanada rivojlantirilishi.
Temuriylar davri ma’naviyati va ma’rifati rivoji o‘zlarining ongli hayoti va faoliyatini insonning baxt-saodati, xalqlar osoyishtaligi, obodonlik ishlari, ilm-fan, adabiyot va san’at rivojiga bag‘ishlagan ikki buyuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy (1414-1492) va Mir Alisher Navoiy (1441-1501) larning nomi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Abdurahmon Jomiy O‘rta Osiyo xalqlari ma’naviy olamida, badiiy tafakkur osmonida yorqin nur sochib, o‘chmas iz qoldirgan mutafakkirlardan biridir.
Abdurahmon Jomiy temuriylar davri dunyoqarashi, mafkurasi bo‘lmish naqshbandiychilikka ixlos qo‘ygan, uni qabul qilgan, o‘zi shu yo‘ldan borgan va uning g‘oyalarini targ‘ib etgan. Naqshbandiychilik adolatni, o‘z mehnati asosida bunyod etilgan halol luqmani ma’qullagan, dabdabali hayotni rad etgan, g‘irrom yo‘llar bilan mol-mulk to‘plashni qoralagan. Bu ta’limot insonparvarlik, rostgo‘ylik, halollik, mehnatsevarlik, ma’naviy poklik, kamtarlik, samimiylik kabi chin insoniy fazilatlarni ulug‘lagan. Uning «Dil ba yoru, dast ba kor» - «Ko‘ngil Ollohdayu, qo‘l mehnatda» shiori Jomiy va Navoiy kabi mutafakkirlarni o‘ziga jalb etgan. Shu sababli bu ikki ulug‘ siymo, so‘z san’atkorlari naqshbandiychilik yo‘lini qabul qilganlar va o‘z ijodlarida uning g‘oyalarini tarannum etganlar.
Abdurahmon Jomiy «Xiradnomai Iskandar» («Iskandar aqlnomasi») asarida el-ulus dardi bilan yashovchi, uning arzu-dodiga quloq tutuvchi hukmdor siymosini yaratadi. Hukmdor adolatli va odil bo‘lishi lozim deb, odillik va adolatni nurga o‘xshatadi.
Agar chiqsa adolatning quyoshi,
Taralgay har tomon nuri ziyosi.
Agar zulm etsa zolim, bu sitamdan
Jahon bo‘lgay qaro, yo‘q intihosi
- deb xitob qiladi.
Jomiy el-ulusga, insonga yaxshilik qilish, ularga nisbatan muruvvat ko‘rsatish inson nomini ulug‘laydi, deb shohlarni, hukmdorlarni shunga chaqiradi:
Ey toju muhrga ko‘ngil bog‘lagan,
Qachongacha toju muhr qoladi?
Mulku boylik bari ketadi bir kun
Na zamon, na zamin, na nahr qoladi.
Qo‘lingdan kelgancha yaxshilik qilg‘il
Jahonda senga shul mehr qoladi...- deb yozgan Jomiy nechog‘lik haq ekanligini anglab yetmog‘imiz darkor.
O‘zbek xalqining buyuk farzandi, mutafakkir, davlat arbobi, o‘zbek adabiyoti va tilining asoschisi Alisher Navoiy O‘rta Osiyoning ma’naviy va ma’rifiy fikr taraqqiyotida alohida o‘rin tutadi. U adabiyot, san’atning turli sohalariga oid qirqdan ortiq asar yaratdi. «Chor devon», «Hamsa», «Mahbubul-qulub», «Muhokamatul-lug‘atayn», «Majolisun-nafis», «Lisonut-tayr» va boshqalar shular jumlasidandir.
Navoiy o‘z asarlarida zolim, mustabid, nodon, maishatparast shoh va hukmdorlarni qoralab, ularga qarshi insonparvar, xalqparvar, odil, adolatli hukmdor obrazini qo‘yadi.
Odami ersang demagil odami,
Oniki yo‘q xalq g‘amidin g‘ami, - bayti
Navoiy ma’naviyati va insonparvarligining markaziy nuqtasi desak, hech yanglishmaymiz. Navoiy butun umri bo‘yicha insonparvarlikni, odamiylikni kuylab, uni ulug‘lab o‘tgan. Kishilar g‘amida bo‘lish, yaxshilik qilish, muruvvat ko‘rsatish bu buyuk zot hayotining mazmuni bo‘lgan. Uning qabrida mana bu so‘zlar bitib qo‘yilgan: «Shohi g‘aribon», ya’ni g‘ariblar, yolg‘izlar, faqirlar shohi.
Navoiy saxovat va muruvvatda benazir inson bo‘lgan. O‘zining joylardagi yer-suvlari, mol-mulklaridan kelgan daromadlarini to‘laligicha xayriya ishlariga sarflagan.
Birgina Hirot shahrida o‘zining jamg‘armasi hisobidan qanchadan-qancha binolar, inshootlar barpo etgan. Injil kanalining janub tomonida katta tibbiyot o‘quv yurti va shifoxona barpo ettirgan, ularga taniqli tabib va dorishunoslarni jalb etgan. Ixlosiya madrasasi yonida katta saroy qurdirib, undagi mehmonxonada kambag‘al beva-bechoralarni tekin ovqat bilan ta’minlagan. Muhtoj kishilarga har yili ikki ming po‘stin va kiyim-kechak tarqatgan. Bundan tashqari kanal qazdirib, Mashhad shahriga suv keltirgan.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Temuriylar davri ilm-fan, ma’rifat, ma’naviyat va madaniyati jahon sivilizasiyasi rivojiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi. Bunda ulug‘ bobomiz, davlat arbobi, sarkarda sohibqiron Amir Temo’rning xizmatlari beqiyos va benazirdir. Buni hammamiz, ayniqsa Siz talaba yoshlar to‘g‘ri anglamog‘ingiz lozim, ul ulug‘ zot ila faxrlanishimiz barchamizning burchimiz. Navoiyning bundan qariyb 550 yil avval ilgari surgan g‘oyalari asrlar osha ahamiyatini, hayotiyligini yo‘qotgani yo‘q, Prezidentimiz Islom Karimovning insonparvarlik, xalqlar tinchligi uchun olib borayotgan kurashi bilan hamohang bo‘lib yangramoqda.


Yüklə 36,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin