Amir Temur

Yüklə 0,74 Mb.
səhifə8/10
tarix24.01.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#80465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Temur va Temuriylar davrida Movarannuahr va xurosonda Memorchilik va madaniy hayot

Amir Temur 35 yil davomida mamlakatni boshqardi. Ko‘pdan-ko‘p harbiy yurishlar va jang‘u jadallarni amalga oshirdi. Ko‘p mamlakatlar zabt etildi. Oqibatda Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar va Orol dengizidan Fors qo‘ltig‘iga qadar bo‘lgan g‘oyat katta hududni qamrab olgan ulkan saltanatni vujudga keltirdi. Bundan tashqari, Kichik Osiyo, Suriya, Misr va Quyi Volga, Don bo‘ylari, Balxash ko‘li va Ila daryosi, Shimoliy Hindistongacha bo‘lgan mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundirdi. Bu mamlakatlardan Amir Temur katta o‘ljalar bilan bir qatorda ko‘zga ko‘ringan olimlar, hunarmandlar va mohir ustalarni Samarqand, Shahrisabz va Buxoroga ko‘chirib olib keldi. Bu shahar va qishloqlar obod qilindi.

U nafaqat Movarounnahr va Turkistonni obod qildi, balki bo‘ysundirilgan mamlakatlarning shaharlarini ham qayta qurdirdi. Bag‘dod, Darband va Baylakon shaharlarini qayta tikladi. Karvon yo‘llarida rabotlar, qal`alar, ko‘priklar, shaharlarda masjid va madrasalar hamda bog‘-u bo‘stonlar barpo etdi. Eng muhimi Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi tarqoqlik va boshboshdoqlikka barham berib, Sharq bilan G‘arbni bog‘lovchi qadimiy karvon yo‘llarini tikladi. Bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga xalqlar va mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qo‘shdi. Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik qirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar o‘rnatdi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin