Amir Temur

Yüklə 0,74 Mb.
səhifə3/10
tarix24.01.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#80465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Temur va Temuriylar davrida Movarannuahr va xurosonda Memorchilik va madaniy hayot

Amir Temur aql-zakovati, shijoati va jasorati to‘g‘risidagi shuhrat uni Movarounnahrning nufuzli amirlaridan avval Joku Barlos, so‘ngra Amir Qazog‘on (1346-1358) bilan yaqinlashtirgan. Otasi Amir Temurni avval (1352) Amir Joku Barlosning qizi Turmish Og‘oga uylantiradi. 1362-yilda Amir Temur Qazog‘onning nabirasi, Amir Husaynning singlisi Uljoy Turkon Og‘oni o‘z nikohiga oladi. Keyingi nikoh tufayli Balx amiri bilan bog‘langan qarindoshlik aloqalari shubhasiz Amir Temur bilan Amir Husayn o‘rtasidagi ittifoqni yuzaga keltirdi va Mo‘g‘ullarga qarshi jiddiy kurash boshlandi.

Biroq Movarounnahr aholisi mog‘ullarga qarshi kurashga jur`at eta olmaydilar. Kesh viloyatining hukmdori Hoji Barlos Xurosonga qochadi. Mana shunday og‘ir pallada Amir Temur maydonga kiradi. Kuchlar teng emasligini hisobga olgan Amir Temur 1360-yilning boshida Tug‘luq Temur tomonidan Keshga yuborilgan beklar bilan kelishadi. Sharoit taqozosi bilan xon xizmatiga o‘tib, uning yorlig‘i bilan o‘z viloyatining dorug‘asi etib tayin etiladi. Biroq, ko‘p o‘tmay Movarounnahrning humdori etib tayinlangan Ilyosxo‘ja bilan Amir Temur murosasi kelishmay qolishi natijasida 1361-yilning oxirida mamlakatni tark etib, Xorazmga yo‘l oladi.

U yerda amir Husayn bilan uchrashadi va mog‘ullarga qarshi kurashda ikkovlon birlashib, kuch to‘plashga kirishadi. Dastlab ular, Tug‘luq Temurxonning farmoniga binoan Amir Temurni ta`qib qilishga kirishgan Xiva dorug‘asi To‘qol (Tavakkal) bilan jang qildilar. So‘ngra 1362-yilning kuzida Seistonda viloyat hukmdori Malik Qutbiddinning tarafida turib, mekroniylar bilan bo‘lgan to‘qnashuvda, Amir Temur o‘ng kifti va o‘ng oyog‘idan jarohatlandi. Nihoyat, Ilyosxo‘ja boshliq Jeta lashkalari bilan bir necha marta jang qilib, mo‘g‘ullarni Movarounnahr hududidan 1364-yil oxirida quvib chiqarishga muvaffaq bo‘ladi. Biroq, Ilyosxo‘ja 1365-yili bahorida Turkiston ustiga qo‘shin tortadi. Toshkent va Chinoz o‘rtasida sodir bo‘lgan “Loy jangi”da amir Husaynning hiyonati oqibatida Amir Temur qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchraydi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin