O`zbekiston tarixi fanining metodik darajasi: O`zbekiston tarixi fanining metodik darajasi “O`zbekiston tarixi faninng metodik” ko`rinishida qo`llaniladi, ya'ni O`zbekiston tarixi fani bo’yicha,O`zbekiston tarixi o`qituvchisi doirasida o`qitish va tarbiyalash ma'lum mazmunini amalga oshirish uchun metodlar va vositalar to`plami sifatida ishlatiladi.
Lokal (modulli) darajasi: lokal texnologiya o`quv-tarbiyaviy jarayonning alohida qismlari, xususiy didaktik va tarbiyaviy masalalarni hal etish texnologiyasidan iborat (alohida turdagi faoliyat, tushunchalar shakllantirish, alohida shaxsiy sifatlarni tarbiyalash, dars texnologiyasi, materiallarni takrorlash va tekshirish texnologiyasi, mustaqil ishlar texnologiyasi va boshqalar).
Bundan tashqari texnologik mikrostrukturalarni ham ko`rsatdilar: usullar, qismlar, elementlar va boshqalar.
2. O`zbekiston tarixi o’qitishning innovatsion texnologiyalarini rasmiylashtirish usullari.
Texnologik chizma – bu O`zbekiston tarixi o’qitishning texnologik jarayonini shartli ravishda tasvirlash, ularni alohida qismlarga ajratish va ular orasidagi mantiqiy bog`liqliklarni ko`rsatish.
O`zbekiston tarixi o’qitishning texnologik xaritasi – bu O`zbekiston tarixi fanini o’qitishda qadamma-qadam, bosqichma-bosqich harakatlar ketma-ketligi ko`rinishida (ko`pincha grafik shaklda) qo`llaniladigan vositalarni ko`rsatib jarayonni tasvirlash.
Texnologiyalar va metodikalarning aralashtirib yuborilishi ba'zan metodika texnologiya tarkibiga kirishiga, ba'zan esa aksincha, u yoki bu texnologiyalar - o`qitish metodikasi tarkibiga kirishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |