Amir temurning davlat boshqaruvi mavzusini o`qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish reja



Yüklə 96,5 Kb.
səhifə9/12
tarix11.05.2022
ölçüsü96,5 Kb.
#57508
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Amir temurning davlat boshqaruvi mavzusini o`qitishda yangi peda (1)

Boshqariluvchanligi o`qitish jarayoni diagnostik maqsadni ko`zlash, rejalashtirish, loyihalashtirish, bosqisma-bosqich diagnostika qilish, natijalarni tuzatish maqsadida vosita va metodlarni o`zlashtirish mumkinligini ko`zda tutadi.

5.Ta’limda kompetentlik (Moslik)- Kompetentlik deganda shaxsning bilim, ko’nikma, malakasining ijtimoiy professional mavqeiga mosligi va o’ziga tegishli vazifalarni bajarish, muammolarni hal qilishga qodirligi tushuniladi.

Ta’limda interfaol usul va uning mohiyati

Interfaol- (Inter- o’zaro) harakat qilmoq ma’nosini beradi. Bu uslublarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va talaba (yoki o’quvschi)larning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi.

Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga:



  • talaba (yoki o’quvchi)ning dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikirlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi;

  • talaba (yoki o’quvchi)larning o’quv jarayonida fanga bo’lgan qiziqishlarini doimiyligini ta’minlanishi;

  • talaba (yoki o’quvchi)larning fanga bo’lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi;

  • pedagog va talaba (yoki o’quvchi)larning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etilishlari kiradi.

Interfaol usulning maqsad va vazifalarini quyidagicha ifodalash mumkin:

-ta’lim oluvchilarni erkin,mustaqil, tanqidiy, tahliliy mantiqiy, ijodiy fikirlashga va ular asosida to’g’ri qarorlar qabul qilishga o’rgatish;

-bilim oluvchilarni muammoli vaziyatlardan qiynalmay chiqa olishga, nazariy va amaliy hamda kasbiy (hayotiy) topshiriqlarni bajarishni uddalashga o’rgatish;

-o’quvchilarni fikrlashga undash orqali, ularni izlanishga va ijodkorlikka yo’naltirish;

-ta’lim oluvchidagi hamkorlikning samarali yo’llarini va kasbiy bilim, ko’nikma hamda malakalarini egallashga bo’lgan xatti-harakatlarini faollashtirish;

- ta’lim oluvchilarni tashkilotchilik,boshqaruvchilik(rahbarlik)ka undash.

Interfaol usullardan foydalanishning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda,quyidagi vositalardan foydalanish mumkin:


  • kasbiy didaktik o’yinlar;

  • rolli o’yinlar;

  • kasbiy kompyuterli o’yinlar;

  • interfaol o’quv adabiyotlari;

  • axborot kommunikatsiya;

  • metodik ko’rgazma.

Interfaol usullardan foydalanish darsni jonli tashkil etishni ta’minlaydi.Shu bilan bir qatorda, avvalgi bilimlar va yangi axborotlar o’rtasida bog’lanish hosil qilib, berilgan materialni to’la tushunishga zamin yaratadi.

Interfaol usuldagi o’quv jarayonida yakka tartibda, juft bo’lib ishlash, guruhlarda ishlash, izlanishga asoslangan loyihalar, rolli o’yinlar hujjatlar bilan ishlash, ijodiy ishlash kabi metodlardan foydalanish mumkin.Bu, ayniqsa, muayyan iqtidor sohibi bo’lgan o’quvchilarning qirralarini yaxshiroq ochishga, uning ijodkorligini rivojlantirishga imkon beradi.




Yüklə 96,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin