Amir temurning jahon tarixshunosligi va


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 55,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü55,36 Kb.
#206532
1   2   3   4   5
74-78

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-23, Issue-3, December - 2022
 
76
hayoti va faoliyatiga bag'ishlab nashr qilingan turli adabiyotlar jamlanib izohlar bilan 
ta'minlandi. 
Amir Temurning ibratli hayoti, saltanati tarixi, undagi ilm-fan, madaniyatni 
o'rganish tarixshunoslikning yirik ilmiy yo'nalishlaridan biri sifatida doimo olimlar 
diqqat-e'tiborida bo'lib kelgan. . "Amir Temur tuzuklarini o'qisam," - degan edi 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov-xuddi bugungi zamonning katta-katta 
muammolariga javob topgandek bo'laman". 
Temuriylar tarixiga tegishli manbalar jahon miqyosida turli tillarga tarjima 
qilingan hamda ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Shu o'rinda temurshunoslik 
rivojiga tamal toshini qo'ygan G.A.Pugachenkova, I.Mo'minov, R.Mukminova, 
B.V.Lunin, E.V.Rtveladze, P.Zohidov, L.I.Rempel, A.O'rinboyev, B.Ahmedov, D. 
Yusupova, O'.Alimov, T.Fayziyev, O.Bo'riyev kabi qator fidoiy olimlarning 
tadqiqotlari Amir Temur saltanati tarixini yoritishga xizmat qildi. Zero, aynan ularning 
mustaqillik yillarida chop etilgan yirik nashrlarda Amir Temur hayoti va faoliyati 
tarixini mukammal yoritishdagi xizmatlarini e'tirof etish zarur. Birlamchi yozma 
manbalar, ya'ni qo'lyozma kitoblar maxsus kataloglarda yoritilgan[3]. Dunyo 
tarixshunosligida Amir Temur davri tadqiqiga oid nashrlar, "Temurshunoslik" ilmiy 
yo'nalishining shakllanishi, badiiy adabiyotda Amir Temur obrazining yaratilishi 
ancha ilgari boshlangan. Bu jarayon Sohibqironning tirikligidayoq boshlangan desak 
xato bo'lmaydi. Yevropa Uyg'oniy davri ijodkorlari uning shaxsiga katta qiziqish bilan 
qaraganlar. "Xorijning mashhur tarixchilaridan E.Gibbon, F.SHlosser, G.Veber, 
JanPol' Ru va boshkalar o'z asarlarida Amir Temur faoliyati haqida ma'lumotlar 
berganlar". Amir Temur qudratli davlat barpo etgach G'arbiy Yevropa hukumdorlari 
Usmonli turk imeriyasi hujumidan tashvishga tushib undan yordam so'raydi. "Shu 
maqsadni ko'zlagan Vizantiya imperatori Manuil II Paleologning dojlari 
(imperatorning o'zi o'sha kezlarda G'arbiy Evropa qirollari huzurida bo'lgan) Yildirim 
Boyazid tazyiqidan xalos etishni so'rab, Amir Temurga murojaat qilishadi va shu 
paytgacha turk sultoniga to'lab kelgan bojlarini bunday buyon Sohibqironga 
berajaklarini aytadilar. Kastiliya qiroli Genrix III va Frantsiya qiroli Karl VI o'z 
elchilarini, Rim papasi Bonifakiy IX bo'lsa o'z katolik missionerlarini shoshilinch Amir 
Temur huzuriga yo'lladilar[5]. Bu yozishmalar jahon tarixshunosligi va 
manbashunosligida muhim o'rin egallaydi. "...bu nomalarning asl nusxa va tarjima 
variantlari hozirda Parij, Madrid va London kutubxonalarida saqlanib kelinadi. Bu 
haqda biz quyidagi tarixiy asarlardan bilib olsak bo'ladi". 
Ushbu ma'lumotlar Keren L. Amir Temur saltanati , Fransuz tilidan tarj. Va 
izohlar muallifi: B.Ermatov, Maxsus muharrir: X.Sulton; So'z boshi Lui Bazen. - T.: 
"Manaviyat", 1999, -224 bet. kitoblari ham bor. 



Yüklə 55,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin