“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-23, Issue-3, December - 2022
74
AMIR TEMURNING JAHON TARIXSHUNOSLIGI VA
MANBASHUNOSLIGIDA TUTGAN O'RNI
Turdiyeva Dilbar Ramazonovna
Navoiy viloyati Uchquduq tumani 10-umumiy o'rta ta'lim maktabi
Tarix fani o'qituvchisi
Annotatsiya
: Mazkur maqolada o'z davrida buyuk saltanat barpo etgan, o'zbek
davlatchiligi va jahon tarixida munosib o'rin
egallagan, buyuk sarkarda, ilm-fan
homiysi Amir Temur shaxsining O'zbekiston va Jahon tarixshunosligida tutgan o'rni
va ro'li haqida so'z boradi. Uning davlat hukumdori va ilm-fan homiysi sifatida tarixda
o'chmas
iz qoldirgani, shuningdek barcha davrlarda Temur shaxsining tarix fanida
qanday ahamiyatga ega ekanligi haqida fikr-mulohazalar yuritiladi. Jahon tarixida
Sohibqiron va uning tarixini o'rgangan ilmiy tatqiqotlar haqida ayrim ma'lumotlar
keltirilib o'tiladi.
Kalit so'zlar:
Amir Temur, Sohiqbiron, tarix,
tarixshunoslik, manbashunoslik,
tatqiqot, manba, bibliografiya, tarixnavislig.
O'zbekiston Respublikasi taraqqiyotining yangi bosqichida davlat va jamiyatning
har bir sohasida tubdan yangilanishlar, rivojlanish
bilan bir qatorda milliy
davlatchilikni mustahkamlash, yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotini
barqaror izga solish va rivojlantirish bo'yicha keng qamrovli
chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda. Jumladan, yangilanayotgan O'zbekistonda tarix fanida ham ajdodlarimiz
tarixini o'rganish, ularga to'g'ri va xolis baho berish, shu asosida milliy
qadriyatlarimizni tiklash o'zining yangicha bosqichiga ko'tarildi. Zero, Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Bizning havas qilsa arziydigan ulug'
tariximiz
bor. Havas qilsa arziydigan ulug' ajdodlarimiz bor"[1]. O'z davrida buyuk saltanat
barpo etgan, o'zbek davlatchiligi va jahon tarixida munosib o'rin egallagan,
buyuk
sarkarda, ilm-fan homiysi Amir Temurdir. Amir Temur va temuriylar davri tarixi
nafaqat o'lkamizning, balki jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida umume'tirof etilgan davr
sifatida ko'plab tatqiqotchilar e'tiborini o'ziga jalb qiladi.
XIV asr ikkinchi yarmida, Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik yanada kuchaydi.
Bunday og'ir vaziyatda feodal tarqoqlikdan barlos amirzodalaridan Amir Temur ustalik
bilan foydalanib qoldi va 1370-yili oliy hokimiyatni qo'lga oldi. U 1370-1379 yillar
davomoida mamlakatdagi
tarqoqlikni tugatib, Movarounnahr va Xorazmni o'ziga
bo'ysundirdi. 1381-1402 yillarda Amir Temur qo'shni mamlakatlar ustiga uyrish kilib,
Eron, Kavkazorti, Iroq, Kichik Osiyo va Hindistonni istilo kildi. Oltin O'rda xoni
To'xtamishga qaxshatqich zarba berib, uni poytaxti Saroy Berkani egalladi. Sohibqiron
nafaqat O'zbekiston tarixida, balki, jahon xalqlari tarixida
katta iz qoldirgan buyuk