“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-23, Issue-3, December - 2022 77 Barcha tafsilotlaming to'liq tarixshunosligi: Jahon adabiyoti №1 (104) 2006-yil,
yanvar sonida to'liq keltirilgan; Muhammadjon Xolbekov "Amir Temurning Yevropa
qirollari bilan yozishmalar" -Samarkand, 1996, -38 bet.
Istoriya Samarqanda. Tom 1: -Tashkent, Izd. «Fan», 1969, -482 s.
Umnyakov I.N. MejdunarodnLie otnotenie Sredney Azii v nachale XV veka.
Snoteniya Temura s Vizantiey i Frantsiey, Truda Uzbekskogo gosudarstvennogo
universiteta im. N.Navon. Novaya seriya. №61. -Samarkand: izd. UzGU., 1956. -
s.179-
Aslida, Yevropa olimlarining Amir Temur shaxsi va uning faoliyatiga qiziqishi
XVI asrdan boshlangan edi. Jumladan, 1553-yili Italiyaning Florensiya shahrida
italiyalik olim Perondinoning "Skifiyalik Tamerlanningf ulug'vorligi" asari bosib
chiqilgan. Shuningdek bu davtda Pero Meksikaning "Buyuk Temur tarixi" asari chop
etildi. 1582-yilda esa Seviliyada mashhur Ispaniya elchisi Klavixoning "Esdaliklar"
kitobi nashrdan chiqdi. Aynan shu davrdan Amir Temur haqida turli tatqiqot asarlari,
monografiyalar, Amir Temur bilan zamondosh bo'lgan elchilar kundaliklari va
yozuvchilarning asarlari tarixshunoslikda muhim ma'lumotlar hisoblanib, to hozirgi
kunga qadar Amir Temur haqida yoziladigan asarlarning keti uzilmaydi. Bugungi
kunda Amir Temur va Temuriylar haqida 33 mamlakatda 500 dan ziyod chet ellik
tadqiqotchilarning asarlari chop etildi.2006-yilda, Parijda Temuriylar davri tarixi va
san'atini o'rganish bo'yicha assotsiatsiyaning asoschisi va prezidenti, professor Lyus'en
Keren qalamiga mansub "Samarqandga, Temur davrida sayohat" kitob albomining
uchinchi nashri bosmadan chiqdi. Bu kitob YUNESKOning "Ipak yo'li-muloqot yo'li"
dasturiga muvofiq yozildi va nashrga tayyorlandi. Kitobning uchinchi nashri uning
kitobxonlar orasida keng ommalashganidan dalolat beradi va u Yevropa kitobxonlarida
ulug' bobokalonimiz, buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur shaxsiyatiga katta
qiziqish uyg'otishi shubhasiz.
Xulosa qilib shuni ta'kidlash kerakki, Sohibqiron Amir Temur mashhur davlat
arbobi, mohir sarkarda sifatida O'zbekiston davlatchiligining yuksalishida muhim o'rin
tutadi. Tarixiy manbalarda Amir Temur Sohibqiron nomi bilan bir qatorda "Sohibi
jahon" hamda "Sohibi adl" - "Adolat sohibi" nomlari bilan ulug'lanishi tarixiy manbalar
va tarixshunoslarning tatqiqot ishlarida namoyon bo'lishu bejizga emas. Bugun tarixiy
bilimlarning bosqichlarini o'rganar ekanmiz, Mo'gullarning 150 yildan ortiq
hukmronligidan so'ng Amir Temur buyuk sarkarda, davlat arbobi, adolatli hukmdor
sifatida o'sha davrida yuksak cho'qqilariga erishgan madaniy sohalarga e'tibor bergan,
mamlakatlarda shaharsozlik, me'morchilik, tasviriy san'at, naqqoshlik, metallga badiiy
ishlov berish, hattotlik, ilmu fan, adabiyot, hunarmandchilik, xullas, barcha
sohalarning rivojlanishiga asosiy sababchilaridan biri bo'lgan shaxs ekanligining
guvohi bo'lamiz. O'zbekiston va jahon tarixshunosligida hozirgi kunga qadar o'zining
dolzarb mavzuga ega ekanligini ko'rishimiz mumkin. Temur tuzgan buyuk davlatda