“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-23, Issue-3, December - 2022 75 siymodir. Amir Temur va Temuriylar tarixshunosligi va manbashunosligi tarix
fanining nafaqat hozirgi davrdagi dolzarb masalasi, balki, o'rta asrlardayoq o'rganilishi
boshlangan muhim jarayon hisoblanadi. Bu boradagi jumboqli, qiziq va qimmatli
bo'lgan ma'lumotlar hozirgi kunda ham O'zbekiston va jahon tarixshunosligida o'zining
o'rganilish ahamiyatini yo'qotmagan dolzarb mavzulardan biri hisoblandi.
XX asrda Sovet hokimiyati o'rnatilgandan Sovet tarixshunosligining o'ziga xos
jihatlaridan biri shu bo'ldiki, bu davr tarixshunosligida o'tgan asrlardagi rus
shovinizmining ta'siri ma'lum darajada saqlangan holda, unga yangi salbiy jihatlar
qo'shildi. Bular tarixga va tarixiy shaxslarning hayoti, faoliyatini o'rganishga
kommunistik mafkura talablari asosida partiyaviy va sinfiy nuqtai nazardan yondashish
edi. Natijada Amir Temur shaxsini qoralash, uni faqat salbiy jihatlarini yoritish avj
oldi. Bu hol, ayniqsa, XX asrning 70-yillarida yaqqol namoyon bo'ldi.
A.P.Novosel'tsevning 1973 yili "Voprosti istorii" jurnalida e'lon kilingan "Ob
istoricheskoy otsenke Temura" maqolasi Amir Temur qoralab yozilgan maqola edi.
Shundan so'ng XX asrning 70 - va 80-yillarida Amir Temur haqida birorta
temurshunoslik
ilmiy
saviyasi
bilan
farqlanuvchi
tadqiqot
ishi
e'lon
qilinmadi.O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng Amir Temur shaxsi sovet
mafkurasidan xizmat qilgan tarixiy adolatsizlikdan to'liq ozod etildi. 1995 yil dekabrda
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 1996 yilni Amir Temur yili deb e'lon qildi.
"Temur tuzuklari" bir necha tillarda chop etildi. O'sha davr tarixiy, madaniy
yodgorliklarini tiklab, yozma adabiyotlar ilmiy muomalaga kiritildi. Muqaddas
qadamjo - Amir Temur maqbarasi ta'mirlandi. Juda qisqa fursatda, bobokalonimizning
dunyoviy sha'ni va shavkatiga mos keladigan Temuriylar davri tarixi muzeyi qurildi.
1999-yilda esa akademik E.V.Rtveladze va akademik A.X.Saidovlar tomonidan
tayyorlangan "Amir Temur dunyo fani ko'zgusida" nomli bibliografik nashrda xorijiy
tillarda chop etilgan adabiyotlar tizimga solindi. Mualliflar jahon tarixshunosligida
mustaqil "temurshunoslik" ilmiy yo'nalishi shakllanganini e'tirof etishdi. Shuningdek,
"Amir Temur jahon tarixida" nomli nashrining "Amir Temur davri tarixnavisligi"
bobidagi "Ilmiy izlanishlar" qismida O'zbekiston va xorij tadqiqotchilarining ishlari
tahlil qilindi. Nashrda "Amir Temur shaxsini biryoqlama, tor va bir xil tarzda talqin
etishdan iborat dastlabki ko'nikmalardan uni chuqur, keng va har yoqlama idrok etishga
asta-sekin o'tish tadriji sodir bo'ldi"- degan xulosaga kelinishi tarixshunoslikdagi ilmiy
burilishdir. 2003-yilda akademik B.Ahmedov, B.Qosimov, I.Niyazov, B.Bannopov,
M.Zikrullayev, Ya.Muhammedov tomonidan ham temurshunoslik sohasida bir qancha
tadqiqot ishlari olib borilib, "Amir Temur bibliografiyasi" nashrdan chiqdi. Bundan
tashqari Amir Temur shaxsi va davriga oid birmuncha manbalar tarjimasi, ilmiy, ilmiy-
ommabop,badiiy adabiyotlar yaratildi. O'zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyida
bajarilgan "Amir Temur. Bibliografiya. Birinchi kitob" mavzuyidagi maqsadli amaliy
grant doirasida bajarilgan loyihada O'zbekiston va jahon miqyosida Amir Temurning