O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JAHON TARIXI
(I-tom, I-jild)
(Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik)
Toshkent-2018
Oliy o‘quv yurtlari tarix fakultetlari talabalari uchun mo‘ljallangan ushbu “Jahon tarixi” darsligi jahon tarixining Qadimgi Sharqda ilk sivilizatsiya o‘choqlarining vujudga kelishi davridan boshlab, Yevropada G‘arbiy Rim imperiyasining qulashigacha bo‘lgan davrlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur darslik jahon tarixshunosligida so‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlarning umume’tirof etilgan natijalari bilan boyitilganligi, fan bo‘yicha innovatsiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etilganligi bilan ilgarigi o‘quv adabiyotlaridan farq qiladi.
Ushbu darslik bakalavr talabalarga mo‘ljallangan bo‘lishiga qaramasdan, undan magistrlar, yosh tadqiqotchilar, tarixchi-olimlar ham keng foydalanishlari mumkin.
Mas’ul muharrir:
Tarix fanlar doktori, akademik A.S.Sagdullayev
Taqrizchilar:
Tarix fanlar doktori O.P.Kobzeva tarix fanlari nomzodi, F.Ismatullaev
Mualliflar jamoasi:
tarix fanlari nomzodi, dotsent D.J.Urakov; tarix fanlari nomzodi, dotsent A.G.Holliev; tarix fanlari nomzodi, S.I. Gabrielyan; tarix fanlari nomzodi, R.N.Tursunov; tarix fanlari nomzodi O.A.Maxmudov; kat. o‘qit. А.A.Rozakov
kat. o‘qit. A.A. Biykuziyev; kat. o‘qit. B.B.Xaynazarov. o‘qit. R.X.Djurayev
o‘qit. Kenjayeva N.S.
OT-A-1-99 “Xorijiy adabiyotlar asosida Oliy o‘quv yurtlari uchun Jahon tarixi darsligining 1-tomini tayyorlash” mavzusidagi grant rejasiga binoan chop etilgan.
Darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Muvofiqlashtiruvchi Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan (bayonnoma № “ _”_ 2018 y.).
So‘z boshi
Mustaqillik yillarida Oliy ta’lim tizimida tub islohotlar amalga oshirildi. Jahon andozalariga mos ravishda Davlat Ta’lim Standartlari va Malaka talablari ishlab chiqildi. Shu jihatdan Oliy ta’limda ilmiy adabiyotlarni yangi avlodini yaratish hozirga qadar dolzarb sanalib, bu borada Vatanimiz olimlari ham qator ilmiy tadqiqotlarni olib borayotganligi tahsinga sazovordir. Shunga qaramay, “Jahon tarixi” fanidan jahon tarixshunosligida erishilgan yutuqlarni ilmiy muomalaga kiritish borasida qator vazifalarni amalga oshirish talab etilmoqda. Mazkur darslik O‘zbekiston Milliy Universiteti “Jahon tarixi” kafedrasi jamoasi tomonidan tayyorlangan bo‘lib, unda jahon tarixshunosligida so‘nggi vaqtda erishilgan yutuqlar va ilmiy bilimlardan keng foydalanildi. Xususan, “Anglo- sakson maktabi”, fransuz “Annallar maktabi” va “Berlin akademiyasi” ilmiy maktablari tomonidan tayyorlangan ilmiy materiallar tanqidiy tahlil etildi.
Mualliflar jamoasi darslik yuzasidan berilgan fikr-mulohazalar uchun oldindan minnatdorchilik bildiradi.
Dostları ilə paylaş: |