Afina (shahar)
Afina (
grekcha
: Αθήναι) —
Yunoniston
poytaxti, mamlakatning eng yirik shahri.
Afina
shahar
grekcha
: Αθήναι
Athīna
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
37°59′3″N 23°43′41″E / 37.98417°N 23.72806°E (https://tools.wmflabs.org/geohack/geohack.php?p
agename=Afina_(shahar)¶ms=37_59_3_N_23_43_41_E_scale:100000_type:city)
Mamlakat
Yunoniston
Hukumat
•
mer
Giorgos Kaminis
Maydon
2,928.717 km
2
(1,130.784 mi²)
Afina mamlakatning janubi-sharqidagi Attika yarim orolida joylashgan, Egey dengizi sohilida,
uch tomoni togʻ. Aholisi 772 ming kishi (
1995
). Afina Pirey va shahar atrofi bilan birga Katta
Afinani tashkil qiladi. Katta Afinaning maydoni 433,3 km². Aholisi 3 mln. kishidan ortiq. Afina
qadimiy shahar. Shaharning vujudga kelgan vaqti aniq emas, rivoyatlarga koʻra Afina oʻrnida
miloddan avvalgi 16– 13-asrlarda qishloqlar boʻlgan. Mil. av. 5-asrda Afina iqtisodiy, siyosiy
va madaniy rivojlanishining eng yuqori pogʻonasida boʻlgan. 395–1204-yillarda Vizantiya
imperiyasi tarkibida. 1204 – 1458-yillar Afina hersogligi poytaxti,
1458-yildan
turklar
tasarrufiga oʻtgan.
1834-yildan
Yunoniston poytaxti.
Afina – Yunonistoning asosiy sanoat markazi, mamlakatdagi temir yoʻl, avtomobil va havo
yoʻllarining yirik tuguni. Xalqaro Elinikon aeroporti bor. Afinadan 8 km narida mamlakatning
eng yirik dengiz porti – Pirey joylashgan. Katta Afina Yunoniston umumiy sanoat
mahsulotining 2/3 qismini beradi. Afinada toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻn poyabzal, oziq-ovqat,
kimyo, neftni qayta ishlash, sement, poligrafiya, metallsozlik va mashinasozlik (shu jumladan
kemasozlik) sanoati korxonalari bor. Gilam, mebel, chinni buyumlar ishlab chiqariladi. Afina
yirik savdo va moliya markazi. Afinada Fanlar akademiyasi (1926), koʻplab oliy oʻquv yurtlari,
jumladan Afina universiteti (1837), bir qan-cha tarix, arxeologiya va badiiy muzeylar (Akropol,
Agora, Vizantiya) bor. Shaharning asosiy qismi Akropol qoyasi bilan Likavittos balandliklari
oʻrtasida boʻlib, yagona meʼmoriy reja asosida qurilgan. Shaharning eng qadimgi qismi
miloddan avvalgi 7-asrda shakllangan. Shaharning Akropol atrofidagi qismi meʼmoriy va
arxeologiya muzeyi sifatida saqlanmokda. Afinada Afina davlatining tarixiy yodgorliklari bor.
Afinaning asosiy yodgorligi – Akropol bal. 156 m li qoyada joylashgan; Agora, Areopag va
Pniks tepaliklari – ijtimoiy va siyosiy hayot markazlari. Akropolning bosh inshootlari: Propilei
Afina geografiyasi
Afina sanoati
Afina
(miloddan avvalgi 437–432 yillar), Nike Apteros ibodatxonasi (miloddan avvalgi 420 yil),
Erexteyon (miloddan avvalgi 421–406 yillar). Afinada Olimpiya Zevsi ibodatxonasi (miloddan
avvalgi–2-asr milodiy), Lisikrat haykali (miloddan avvalgi 335 yil atrofida), „Shamollar
minorasi“ (miloddan avvalgi 1-asr oʻrtalari) va boshqa ham saqlangan. Oʻrta asr meʼmoriy
yodgorliklaridan Ayos – Elefterios (11-asr), Agoradagi Ayi – Apostollar (11-asr) cherkovlari
bor. Yangi inshootlardan – „Olimpiya“ teatri (1951), „Xiltonotel“ (1959–63) qurilgan. Afinada
1896-yil I Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan.
Yunoniston
(hozirgi Yunoniston) tarixi va madaniyatida muhim ahamiyatga ega boʻlgan
shahardavlat (polis). Afina Yunonistonning Attika deb atalgan togʻli joyida vujudga kelgan.
Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, bu joylarda odamlar neolit davridan boshlab yashagan.
Attikaliklar Afina maʼbudiga sajda qilganlar. Attikadagi qishloklar birlashib Afina shahri
vujudga kelgan (miloddan avvalgi 9–8-asrlar). Bu vaqtda (Gomer davri) harbiy demokratiya
susayib, urugʻchilik munosabatlari yemirila boshlagan edi. Hokimiyatni urugʻ aristokratlari
(evpatridlar) boshqarardilar. Mil. av. 7-asrda Ada evpatridlar siquvi kuchayib dehqonlar ahvoli
ogʻirlashgan edi. Mil. av. 594 yilda savdogarlar aristokratiyasidan Solon arxont (hokim) boʻldi.
U Afinada ijtimoiysiyosiy tuzumni tubdan oʻzgartiradigan islohotlar oʻtkazdi. Qarzlarni bekor
qildi, qarz tufayli qul qilib sotishni taqiqladi, urugʻchilik munosabatlariga uzil-kesil zarba berdi.
Siyosiy huquq va lavozimlar kishilarning mol-mulkiga qarab belgilanadigan boʻldi. Aristokrat
naslidan boʻlgan Pisistrat oʻz tarafdorlari va yollanma askarlariga tayanib, miloddan avvalgi
560 yilda oʻzini Attika dehqonlarining dohiysi deb eʼlon qildi va Afinaning mustabid hokimi
boʻlib oldi. Pisistrat oʻziga qarshi boʻlgan aristokratlarning yerlarini tortib olib dehqonlarga
ulashib berdi, ularga davlat hisobidan pul qarz berishni joriy etdi. Pisistrat davrida Afinada
savdo munosabatlari rivoj-landi, ibodatxona va boshqa qasrlar qurildi, suv quvuri oʻtkazildi.
Pisistrat va uning oʻgʻillari saroyga eng yaxshi adiblarni toʻpladilar. Gomerning „Odisseya“ va
„Iliada“ asarlari yozib olindi. Afina da dastlabki teatr vujudga keldi. Pisistrat vafot etgandan
soʻng (miloddan avvalgi 527 yil) hokimiyat uning oʻgʻillari Gippiy va Gipparxga oʻtdi. Pekin
mustabid hokimlik uzoq davom etmadi. Gipparx fitnachilar tomonidan oʻldirildi, Gippiy esa
hokimiyatdan haydaldi (510 yil). Yirik savdogar va hunarmandlar vakili Klisfen xalq
qoʻzgʻoloniga boshchilik qilib, hokimiyatni qoʻlga oldi (508 yil). U toʻrtta urugʻchilik okrugi
oʻrniga unta hududiy okrug tashkil etdi. Shu bilan urugʻchilik jamoasi tuzumining soʻnggi
qoldiqlariga barham berildi. Mil. av. 5-asr boshida yunon-fors urushlari boshlandi. Marafon
jangit (miloddan avvalgi 490 yil) yunonlar forslarga qattiq zarba berdilar. 480 yil Kserksning
juda katta qoʻshini Bolqon yarim oroliga bostirib kirdi. Salamin o. yonidagi dengiz jangida
yunonlar gʻalaba qildilar. Afinada Egey dengizi davlatlarining birlashuvidan iborat Delos ittifoqi
tuzildi. Bu ittifoq keyinroq Aning dengizdagi hukmronli-gini taʼmin etdi. Afina dan tashqariga
Qadimgi Afina
vino, zaytun moyi, turli hunarmandchilik buyumlari chiqarilar, chetdan asosan, qullar, gʻalla va
yogʻoch keltirilar edi. Afinada Perikl davri (miloddan avvalgi 5-asr oʻrtalari) qadimgi quldorlik
demokratiyasining namunasi edi. Perikl qonuni boʻyicha hamma ozod aholi ishtirok etadigan
Xalq majlisi – oliy organ hisoblanar va u barcha muhim davlat ishlarini muhokama qilardi,
chek tashlash yoʻli bilan saylanadigan 500lar kengashi davlatning maʼmuriy-nazorat organi
hisoblanar, ijro etuvchi oliy hokimiyat 10 strateg kollegiyasi qoʻlida edi. „Perikl oltin asri“ deb
atalgan yillar Afina madaniyatining eng yuksak darajada taraqqiy etgan davri boʻldi. Bu davrda
Afinada tarixchi Gerodot, faylasuf Anaksagor, haykaltarosh Fidiy, Esxil, Sofokl va Yevripid kabi
adiblar yashagan, katta-katta imoratlar – qasrlar vujudga kelgan. Meʼmorchilik ustalari – Iktin
va Kallikratlar Fidiy rahbarligida Afina maʼbudasi ibodatxonasi – Larfenonii bunyod etganlar.
Bu kasr kdd. meʼmorlik madaniyatining eng yaxshi namunalaridan biri boʻlib qoldi. Oʻsha
vaqtlarda Afina yozuvchilarining tili (attika lahjasi) keng tarqalgan va ellinistik davlatlarda
adabiy til hisoblangan. Periklning butun Yunonistonni Afina ga boʻysundirishga qaratilgan
tashqi siyosati yunonlar davlatidagi boshqa guruhlarning qarshiligiga duch keldi. Bu guruxlar
orasida Sparta boshchiligidagi Peloponnes ittifoqiniyat eʼtibori baland edi. Peloponnes ittifoqi
demokratik tartibga qarshi oligarxiya tartibini yoklab chiqdi. Oʻrtadagi qarama-qarshilik butun
Yunoniston uchun halokatli boʻlgan Peloponnes urushini (miloddan avvalgi 431–404) keltirib
chiqardi. Urushda magʻlubiyatga uchragan Afina oʻzining Yunonistonda tutgan yetakchilik
mavqeini yoʻqotdi. Lekin bu magʻlubiyatdan soʻng ham Afina davlati yana ancha vaqtgacha
qadimgi dunyo madaniyatining eng yirik markazlaridan biri boʻlib keldi. Mil. av. 338 yil
Makedoniya podshosi Filipp II Xeroneyadagi jangdan soʻng Yunonistonni oʻziga boʻysundirdi.
Afina bilan Rim imperiyasi oʻrtasidagi doʻstlik munosabatlari miloddan avvalgi 88 yilgacha
davom etib keldi. 86 yilning 1-martida rimliklar Afinani bosib oldilar, koʻpgina bino va qasrlar
vayron qilindi. Ammo Rim sarkardasi Sulla Afinaning oʻtmishdagi shuhratini eʼtiborga olib,
unga „ozodlik“ inʼom etdi. Mil. av. 27 yil butun Yunoniston Rim imperiyasining
mustamlakasiga aylandi. Shunda ham Afina oʻz-oʻzini mustaqil idora etar, Rim noibiga itoat
etmas, soliqtoʻlamas edi. Afina ilmiy va madaniy markaz sifatidagi ahamiyatini yoʻqotmadi,
badavlat rimliklar shu yerga kelib maʼlumot olar edilar. Rim imperatorlarining baʼzilari, ayniqsa,
Adrian Afinaga alohida ahamiyat berib, unda kurkam imorat, ibodatxonalar qurdirgan,
kutubxona va gimnaziyalar tashkil etgan. Mil. 3-asrdan varvarlar istilosi boshlangandan keyin
Afina uzil-kesil tanazzulga yuz tutdi. Bizantiya imperiyasi barpo etilishi bilan Afinadagi sanʼat
va madaniyatning buyuk yodgorliklari Konstantinopolga olib ketildi. 529 yilda Vizantiya
imperatori Yustiniannit buyrugʻiga binoan Afinada oxirgi maktablar yopildi. Shu bilan qadimgi
Afina madaniy tarixi tugadi.
Afina sanʼati
Afina (Afina Pallada) – yunon afsonalaridagi urush va gʻalaba, sanʼat va hunarmandchilik,
bilim va donolik maʼbudasi. Zevsning qizi. Zevsning boshidan toʻla qurollangan holatda
(dubulgʻa va sovut bilan) tugʻilgan. Afina shahrining homiysi. Rim afsonasidagi Minervaga
mos keladi. Yunon sanʼatining nodir yodgorligi boʻlgan Afinadagi Parfenon ibodatxonasi
oldiga Afinaning jasur kiz shaklida tasvirlangan katta xaykali kuyilgan. Afina shahriga bu
maʼbudaning nomi kuyilgan.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Cityofathens.gr (http://www.cityofathens.gr/en/)
– Afina shahrining rasmiy veb-sayti
Dostları ilə paylaş: |