Analitik kimyo fani va uning usullari. Reja: Analitik kimyo- mustaqil kimyoviy fan sifatida



Yüklə 150,13 Kb.
səhifə3/7
tarix16.10.2023
ölçüsü150,13 Kb.
#156247
1   2   3   4   5   6   7
1-Mavzu uchun slayd

Spektral analiz juda sezgir usul bo’lib, grammning yuz milliondan bir ulushini ham aniqlash imkonini beradi. Hosil qilingan spektr chizig’ining ko’rinishi moddani sifat jihatdan, spektrning intensivligi esa miqdor jihatdan analiz qilish imkonini beradi. Lyuminestsent analiz ayrim moddalarning ultrabinafsha nurlar ta‘sirida sovuq holada chiqaradigan nurlari intensivligini o’lchashga asoslangan. Maxsus reaktivlar yordamida moddalarda lyuminestsentsiya hodisasini vujudga keltirish mumkin. Ushbu usulning sezgirlik darajasi spektral analizdan qariyib 100 000 marta ortiq. Havodan suyuqlikka o’tayotgan nurning sinish xodisasiga asoslanib eritma kontsentratsiyasini aniqlash refraktometriya usulining asosini tashkil etadi. Bu usul yordamida meva sharbati tarkibidagi qand miqdorini aniqlash mumkin. Analizning fizik-kimyoviy usullarini kimyoviy reaktsiyalar vaqtida sodir bo’ladigan fizikaviy o’zgarishlarni tekshirishga asoslangan. Fizik-kimyoviy usullardan biri – kolorimetrik analiz. Kolorimetrik analiz moddaning kontsentratsiyasi o’zgarishi bilan eritma rangining intensivligi o’zgarishini aniqlashga asoslangan. Analizning konduktometrik usulida esa eritma kontsentratsiyasi o’zgarganida elektr o’tkazuvchanlikning o’zgarishi aniqlanadi.

Turli moddalar o’z tabiatiga bog’liq ravishda bir xil adsorbentga turlicha yutilishi mumkin. Adsorbent sifatida alyuminiy oksididan foydalanib moddalar aralashmasi tarkibiy qismlarga ajratiladi. Bu usul xromatografiya usuli bilan mashg’ul. Shuni eslatib o’tish lozimki, fizikaviy va fizik-kimyoviy usullar xilma-xil murakkab tuzilishdagi asboblar qo’llashni talab qiladi. Ana shu sababli kimyoviy analiz usullari qulay va ularning qishloq xo’jaligida qo’llanilish sohasi ham keng. Bo’lajak mutaxasislar kimyoviy analiz usullari boyicha mukammal bilimga ega bo’lishlari kerak. 2. Analitik kimyoning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati. Analitik kimyo nazariy va amaliy muammolarni yechishda katta ahamiyatga ega. Kimyo fanining rivojlanishi ham analitik kimyo bilan bevosita bog’liq. Moddalarning molekulyar massasini aniqlash, ekvivalentini topish, molekulyar formulalarini keltirib chiqarish analitik kimyo usullari yordamida amalga oshiriladi. Analitik kimyo bilan agranomiya, fiziologiya, mikrobiologiya, veterinariya, zoogigiena, qishloq xo’jaligi hayvonlarini oziqlantirish fanlari bevosita bog’liq. Hozirgi vaqtda kimyoviy texnologik jarayoni nazorat qilinmaydigan birorta ham kimyoviy korxona yo’q. Kimyoviy analizsiz xom ashyo va tayyor mahsulot sifatiga baho berish ishlab chiqarish jarayonlarini tushuntirish mumkin emas.


Yüklə 150,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin