Analitik kimyo fani va uning usullari. Reja: Analitik kimyo- mustaqil kimyoviy fan sifatida



Yüklə 150,13 Kb.
səhifə5/7
tarix16.10.2023
ölçüsü150,13 Kb.
#156247
1   2   3   4   5   6   7
1-Mavzu uchun slayd

Mamlakatimizda analitik kimyoning rivojlanishiga V.I. Severgin (1765-1794) ancha salmoqli hissa qo’shdi. Uning «Rukovodstvo po pribornomu isskustvu i ximicheskomu isptaniyu drugix iskopaemx metallicheskix rud» nomli birinchi kitobi 1801 yilda chop etildi. Murakkab tarkibli tuzlar aralashmasini vodorod sulfid asosida sistemali analiz qilish tartibini shvetsiyalik olim T.Bergman (1735-1784) taklif etdi. Analitik kimyoning muhim nazariy va amaliy muammolarini hal etishda D.I. Mendeleevning elementlar davriy sistemasi va davriy qonuni, uning gidratlar nazariyasi muhim ahamiyat kasb etdi. D.I.Mendeleevning fikrlarini davom ettirib N.A.Menshutkin (1824-1904) kationlarning analitik gruppalar boyicha eng qulay klassifikatsiyasini fanga kiritdi. U 1871 yilda «Analitik kimyo» darsligini bosmadan chiqardi. Keyingi yillarda analitik kimyo fanining rivojlanishi mashhur olimlarimizdan A.P.Vinogradov, I.P.Alimarin, I.I.Chernyaev, Y.A.Chugaev, N.A.Tananaevlarning nomi bilan bevosita bog’lik. Shuningdek chet ellik R.Bunzen, G.Kirxgof, Bertselius, Gey-Lyussaq, Devilar ham samarali mehnat qilib, bu sohaga o’z hissalarini qo’shdilar.

Analitik kimyo fanining rivojlanishida O’zbekistonlik olimlarning ham hissalari katta. Akademiq Sh.T.Tolipov rahbarligida olimlarning katta gruppasi analitik kimyo sohasida samarali mehnat qilmoqdalar. Hozirgi davr qudratli kimyo sanoati va unga munosib kimyo fanining mavjudligi bilan harakterlanadi. Kimyo fanlari orasida analitik kimyoda yangi zamonaviy analiz usullari vujudga kelmoqda; shuningdek analitik kimyo usullari qo’llaniladigan sohalar kengayib bormokda. 4. Sifat analizi usullari. Tekshirilayotgan modda miqdoriga, analizda ishlatilayotgan eritmaning hajmiga ko’ra analiz usullari makro, yarim mikro, mikro va ultramikro usullarga bo’linadi. Makro usulda reaktsiya o’tkazish uchun 0,1 g va undan ko’p modda yoki 1,0-10,0 ml va undan kam miqdorda eritma olinadi. Hosil bo’lgan cho’kmalarni ajratish va tozalashda anorganik kimyo usullaridan foydalaniladi. Analizlar mikro usullar bilan bajarilishda moddadan makroanalizga nisbatan 100 marta, ultramikro usulda esa 1000 marta kam olinadi. Reaktsiyalar maxsus probirkachalarda o’tkaziladi. Ba‘zan analiz natijalarini kuzatish maqsadida mikroskopdan ham foydalaniladi.


Yüklə 150,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin