KS ning mukammal ta’rifi:Oz eruvchan elektrolit ionlarining – geterogen muvozanatda stexiometrik koeffitsient darajasidagi fa’olliklar (yoki konsentratsiyalari)ko‘paytmasining xona xaroratidagi qiymati eruvchanlik ko‘paytmasi yoki solvoliz doimiysi deb ataladi E.K. qiymadidan molyar eruvchanlikni xisoblash formulasini keltirib chiqaramiz
Ca3(PO4)2 ↔ 3Ca2+ + 2PO43- KS = [3S]3 · [2S]2 = 27S3 · 4S2 = 108S5 KS = 33 · 22 · S3+2
Umumiy xolda AmBn tarkibli cho‘kmaning eruvchanligi
KS = [A]m · [B]n – tenglamasidan, KS qiymati geterogen muvozanatdagi erigan elektrolit ionlari konsentratsiyasiga to‘g‘ri mutanosibligi qo‘rinib turibdi.
Qoida: Uxshash tarkibli oz eruvchan elektrolitlarning KS qiymati kichik bo‘lsa uning eruvchanligi kamligidan dalolat beradi
Misol:
BaSO4
SrSO4
CaSO4
KS
1 · 10-10
1 · 10-7
1 · 10-5
Eruvchanlik o‘ngdan chapga tomon kamayaboradi.
Ammo bunday solishtirish tarkibi o‘xshash bo‘lmagan cho‘kmalarga joiz emas
Misol:
KS
S
AqCl
1,78 · 10-10
1,33 · 10-5
Aq2CrO4
1,1 · 10-12
4 · 10-5
Kationning to‘liq cho‘kishiga ta’sir etuvchi omillar
Taxlilda ochiluvchi ioni to‘liq cho‘kishi muxim axamiyatga ega, bunga quyidagi omillar ta’sir etadi:
2.1.Moddaning tabiati. YA’ni kation va anion orasidagi kimyoviy, ion bog‘ning mustaxkamligi, bu esa ionlar radiusi va qutblanuvchanligiga bog‘liq xolda, eruvchanlik ta’sir etadi:
Misol:
CaSO4
SrSO4
BaSO4
Kation radiusi n.m
0,104
0,120
0,138
Qutblanuvchanlik ortaboradi →
KS
2,5 · 10-5
3,2 · 10-7
1,1 · 10-10
Eruvchanlik S m/l
5 · 10-3
5,66 · 10-4
1,05 · 10-5
2.2.Erituvchi va cho‘ktiruvchining tabiati a) Dielektrik doimiysi katta bo‘lgan qutbli erituvchilarda oz eruvchan elektrolit nisbatan ko‘proq eritdi.
b) Ochiluvchi ionni to‘liq cho‘kishi cho‘ktiruvchi elektrolitning dissotsiatsiya darajasiga bog‘liq.
Masalan: 1. MgCl2 + 2NaOH → 2NaCl + Mg(OH)2 ↓
cho‘ktiruvchi elektrolit – ishqorda OH- ionlari ko‘pligi sababli Mg2+ to‘liq cho‘kadi
MgCl2 + 2NH4OH → 2NH4Cl + Mg(OH)2 ↓
cho‘ktiruvchi kuchsiz asos, (OH-) ionlarini konsentratsiyasi kam shuning uchun Mg2+ to‘liq cho‘kmaydi
3. MgCl2 + NH4OH + NH4Cl NH4Cl → NH4+ + Cl- NH4OH ← NH4+ + OH- NH4Cl tuzi NH4OH dissotsiatsiyasini kamaytirgani sababli (OH-) shungalik kamayib ketadi-ki, cho‘kma xosil bo‘lmaydi.
2.3. Harorat. Odatda xarorat pasayganda ya’ni eritma sovutilganda eruvchanlik kamayishi xisobiga, kation to‘liqroq cho‘kadi. Jadvallarda KS xona xarorati 200C uchun berilgan.
2.4. Cho‘ktiruvchining konsentratsiyasi. Cho‘kma geterogen tizimdagi ionlar konsentratsiyalarining ko‘paytmasi (IK) eruvchanlik ko‘paytmasi (KS) qiymatiga teng kelgan xolatdagina boshlanadi.
Binobarin a) IK KS (CA · CV = IK < KS = [A]·[B]) cho‘kma xosil bo‘lmaydi.
b) IK = KS (CA · CV = [A]·[B]) cho‘kma xosil bo‘laboshlaydi.
v) IK > KS (CA · CV > A]·[B]) bo‘lganda geterogen tizimdagi ionlar konsentratsiyasi elektrolitning molyar eruvchanligidan katta bo‘gani uchun tizim geterogen xolatda, ya’ni cho‘kma albatta bo‘ladi.
2.5. Oz eruvchan elektrolitni to‘liq cho‘kishiga bir ismli ionli yaxshi eruvchan elektrolitning ta’siri.
BaSO4 cho‘kmasining ustidagi to‘yingan eritmasiga, cho‘kmadagi anionga bir ismli ioni bo‘lgan, Na2SO4 eritmasidan ko‘shilganda geterogen muvozanat chapga siljib, tiniq eritma loyqalanishi ya’ni ko‘shimcha BaSO4 xosil bo‘lishini kuzatish mumkin.
Na2SO4 → 2Na+ + SO42- BaSO4 ↔ Ba2+ + SO42- Demak cho‘kmadagi ion bilan bir ismli bo‘lgan ion konsentratsiyasi ortganda geterogen movozanat cho‘kma xosil bo‘lish tomoniga siljigani sababli to‘liq cho‘kish sodir bo‘ladi, ya’ni muvozanat xolatida cho‘kma ustidagi eritmada, bir ismli ion bo‘lmagan dastlabki xolatdagiga nisbatan, cho‘ktirikluvchi (Ba2+) ionlarining konsentratsiyasi kamayadi.
Shunday qilib, geterogen movozanatdagi to‘ingan eritmaga bir ismli, yaxshi eruvchan elektrolit eritmasi qo‘shilganda, oz eruvchan elektrolitning eruvchanligi yanada pasayadi.Demak, cho‘ktiruvchining ortiqcha miqdori qo‘shilganda to‘liq cho‘ktirshiga erishiladi.
3. Cho‘kmaning erishiga ta’sir etuvchi omillar 3.1. Xaroratni ortishicho‘kmani eruvchanligi oshiradi.
3.2.Tuz samarasi.Begona elektrolitlar ko‘shilganda cho‘kmani eruvchanligi ortadi. Eritmaning ion kuchi ortishi bilan izoxlanadigan bunday xolat tuz samarasi deb ataladi. BaSO4 cho‘kmasi bo‘lgan geterogen tizimga begona (NH4Cl, NaNO3 va boshqa) elektrolitlar qo‘shilganda Jk = 1/2 CiZi2 eritmaning ion kuchi ortadi bu esa eritmadagi, cho‘ktiriluvchi ionlar fa’olligini kamaytiradi.
Eruvchanlik qo‘paytmasi ifodasiga ionlar fa’olligi qo‘yib, termodinamik ifoda xisoblansa:
KS = aBa2+ · aSO42- = fBa2+ · [Ba2+] · fSO42- [SO42-] [Ba2+][SO42-]= KS(BaSO4) /fBa2+ · fSO42- Fa’ollik koeffitsienti f = a/s doimo birdan kichik bo‘lgani sababli fBa2+ · fSO42- << 1 yangi geterogen movozanatdagi ionlar ko‘paytmasi
[Ba2+] · [Ba2+]·[SO42-]> KSkiymatidan ortiq bo‘lishiga, boshqacha qilib aytganda cho‘kmani qisman erishiga olib keladi. Geterogen movozanatdagi eritmada begona ionlarni ko‘payishi eritmadagi cho‘ktiriluvchi ionlar fa’olligini kamaytirib, yangi geterogen movozanat qaror topishi uchun cho‘ktiriluvchi ionlarning ko‘proq konsentratsiyasi talab etiladi. Shunday qilib cho‘kma-eritma geterogen tizimiga begona ismli, yaxshi eruvchan, elektrolit qo‘shilganda eruvchanlikni qisman ortishituz samarasi deb ataladi2.