«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya texnikaviy tarozilardan foydalaniladi. Moddalar 0,0001-0,0002 g aniqlikda
analitik tarozilarda tortiladi (22- rasm h ).
Texno-kimyoviy va analitik tarozilarning tuzilishi prinsiplari bir xil. Texno-
kimyoviy tarozida (22-rasm a ) shayi deb ataladigan teng yoqali richag tayanch
vazifasini о‘taydi, qolgan ikkitasi esa yuk kо‘tarish uchun xizmat qiladi, bu
prizmalar yostiqchalarga о‘rnatilgan, yostiqchalarga esa halqa orqali tarozi
pallalari osib qо‘yilgan. Tarozi pallasiga toshlar qо‘yishda yoki tarozi ishlamay
turganda tebranishdan saqlash uchun о‘rtadagi prizmani yostiqchadan kо‘tarib
qо‘yiladi. Buning uchun xizmat qiladigan moslama arretir deyiladi.
Prizmaning yostiqchaga yotmaydigan holati tarozining arretirlangan holati
deyiladi. Prizma va yostiqchalar qattiq pо‘latdan yasaladi. Analitik tarozilarda
esa yostiqchalar agatdan tayyorlanadi. Shayining о‘rtasiga pastki tomoni uchli
strelka о‘rnatilgan bо‘lib tarozi pallalari tebranib turganda bu strelkaning uchi
pastki tomonga joylashtirilgan shkala bо‘ylab harakat qiladi. Shayi gorizontal
holatda bо‘lsa strelka shkalaning nol belgisida turadi. Tarozida biron narsa
tortishdan oldin uning tо‘g’ri ishlash va tо‘g’ri natija berishi tekshirib kо‘riladi.
Buning uchun arretirn tushiriladi va strelkaning shkala bо‘ylab o’sishi kuzatiladi.
Agar tarozi tо‘g’ri о‘rnatilgan va tо‘g’ri ishlayotgan bо‘lsa, strelka shkalaning
о‘rtasidagi belgidan chap va о‘ng tomonga barobar og’adi, bu hol tarozi
pallalarining muvozanatda ekanligini kо‘rsatadi. Agar strelka biron tomonga
kо‘proq og’sa, shayning uchiga о‘rnatilgan pasangilardan birini yoki о‘nga yoki
chapga burab, tarozi muvozanatga keltiriladi.
Analitik tarozilar oldingi devorni yuqoriga kо‘tariladigan va eshikchalari bо‘lgan
oynalangan shkafchalarda bо‘ladi. Shkafcha aniq tortishda chang va havo
qarshiligidan saqlaydi. Tortish paytida va tarozi ishlatilmaydigan paytda
eshikchalar berkitilib qо‘yiladi. Har bir analitik tarozi uchun maxsus toshlar
ishlatiladi. Bu toshlar maxsus qutichadagi alohida uyachalarga joylashtirilgan.
Odatda toshlarning og’irligi quyidagacha bо‘ladi:
Gramlar - 50. 20. 10, 10, 5, 2,1.
Milligramlar - 500, 200, 200, 100, 50, 20, 20, 10.
Texno-kimyoviy tarozida tortish uchun yuqoridagidan osonroq toshlar ham
ishlatiladi.
Tarozi xarid qilmoqchi bo’lgan tashkilotingizda nafaqat narxlar oralig’iga, balki
tovar va xizmatlar sifatiga ham e’tibor bering. Bizning tashkilotimiz
O’zbekistonda tarozilarni sotish bilan 7 yil shug'ullanmoqda, va bunda biz
yetakchi jahon ishlab chiqaruvchilaridan keng doiradagi sotiladigan
mahsulotlar, a’lo darajadagi servis va keng doiradagi qo’shimcha xizmatlarni
taklif etamiz.