Ikki ko’z bilan (binokulyar) ko’rish. Odatda buyum bir vaqtda ikki ko’z bilan ko’rilganda uning tasviri har ikkala ko’z to’r pardalarining simmetrik, bir-biriga mos nuqtalariga tushadi. Shu sababli u bitta bo’lib ko’rinadi. Agarda buyum tasviri har ikkala ko’z to’r pardasining bir-biriga nosimmetrik nuqtalarida tushganida edi, bu vaqtda u ikki ko’zga alohida-alohida, ya'ni ikkita bo’lib ko’ringan bulardi. Binokulyar ko’rish katta ahamiyatga ega. Ikki ko’z bilan ko’rilganda ko’z o’tkirligi kuchayib, ko’rish maydoni kengayadi. Buyumlar to’la, atroflicha ko’riladi, ularning shakli, qancha masofada turganligi to’g’risida aniqroq tasavvur hosil bo’ladi.