1. Simmetrik zanjirning ma’nosi, hamda unda qo‘llanuvchi elementlarni tuzilishi. Simmetrik zanjir ikkita bir xil o‘tkazgichlarning bir majmuidir, ya’ni bir xil material va o‘lchamlardan, hamda bir xil dielektrik materialdan 2 va ularning elektr xarakteristikasi bir xil bo‘lgan elektr anjomdir. Bunday zanjirda o‘tkazgichning izolyatsiyasi rangi turli xil bo‘lishi mumkin (1-rasm)
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan izolyatsiyalar turi. Ya’ni kordelli, g‘ovakli va boshqa turdagi izolyatsiyalar tarkibida juda ham ko‘p havo mavjud. Demak, havo eng yaxshi dielektrikdir, unda 1 va tg0. Shundan xulosa qilish mumkinki, kabel zanjirlarining o‘tkazgichlari izolyatsiyalarida qanchalik havo ko‘p bo‘lsa, izolyatsiyadagi energiya yo‘qotuvchanligi shunchalik kam bo‘ladi. Bu holat ayniqsa ko‘plab kanallarni tashkil qilish uchun kabel zanjirlari zichlashtirilganda namoyon bo‘ladi, (uzatish chastota diapazoni o‘sib boradi). Izolyatsiyadagi energiyani yo‘qotuvchanligi chastota o‘sgan sari oshib boradi.
2-rasm. Simmetrik aloqa kabellari tok o‘tkazgichlari izolyatsiyasining tuzilishi: a) to‘liq polietilenli; b) naycha-qog‘ozli; v) kordelli.
3- rasm. Simmetrik aloqa kabellari o‘tkazgichlarining o‘ramlari:
a) juftlik; b) to‘rtlik (1 va 2 zanjirlar (1-2) va (3-4) o‘tkazgichlari o‘ramidan hosil bo‘ladi.