Anatomiya 2014. indd


Qorinning to‘g‘ri mushagi



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Qorinning to‘g‘ri mushagi
(m. rectus abdominis)
 
qorin-
ning oq chi zig‘ini ikki tomonida bo‘ylamasiga yo‘nalgan uzun 
tasmasimon mu shak. U qov qirrasi va qov simfizidan ikki pay bi-
lan boshlanib, yuqo riga yo‘naladi va biroz kengayib, xanjarsimon 
o‘siqchaning oldingi yuza si, V–VII qovurg‘alar tog‘ayiga birika-
di. Bu mushak tolalari 3–4 yerida ko‘ndalang yo‘nalgan mushak 
qorinchalari orasidagi paylar
 
bilan bo‘linadi. Buning natijasida 
mushakning ayrim qismlari alohida qisqarishi mumkin. 
Faoliyati: umurtqa pog‘onasini bukadi, qovurg‘alarni pastga 
tortadi. 
2. 
Piramidasimon mushak 
(m. pyramidalis)
 
uchburchak shakli-
da bo‘lib, qorinning to‘g‘ri mushagini pastki qismi oldida yota-
di. Bu mu shak qov qirrasidan boshlanib, tolalari pastdan yuqori-
ga yo‘naladi va qorinning oq chizig‘iga birikadi.
Faoliyati: qorinning oq chizig‘ini taranglaydi. 
Qorinning orqa devorida 
belning kvadrat mushagi
(m. qua-
dratus lumborum) yotadi. U
 
bel umurtqalari ko‘ndalang o‘siq-


159
chalarining yon tomonida yotadi. Yonbosh suyagi qirrasi, yon-
bosh-bel boylami,
 
pastki bel umurtqalarining ko‘ndalang o‘siq-
chalaridan boshlanib, XII qovurg‘aning pastki qirrasi va ustki bel 
umurtqalarining ko‘ndalang o‘siqchalariga birikadi.
Faoliyati: ikki tomonlama qisqarganida umurtqa pog‘onasini 
tik tutsa, bir tomonlama qisqarganida uni o‘z tomoniga, XII qo-
vurg‘ani pastga tortadi.
 
Qorin fassiyalari. 
Qorinning yuza fassiyasi
 
teri osti yog‘ to‘qi-
masi bilan qorin mushaklari orasida joylashgan.
Qorinning xususiy fassiyasi
 
qorin devori mushak qavatlariga 
mos ravishda birnecha qatlamdan iborat. Uning yuza qatlami qo-
rinning tashqi qiyshiq mushagini tashqi tomondan o‘raydi. Xu-
susiy fassiyaning ikki qatlami qorinning ichki qiyshiq mushagini 
old va orqa tomondan o‘rab turadi.
Ko‘ndalang fassiya

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin