Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

84-rasn. Diafragma.
Past tomondan ko‘rinishi:
1–pastki kavak vena o‘tadigan teshik;
2–aorta o‘tadigan teshik; 3–diafragmaning 
bel qismi; 4–bel-qovurg‘a uchburchagi;
5–qizilo‘ngach o‘tadigan teshik;
6, 9–payli markaz; 7–diafragmaning to‘sh 
qismi; 8–to‘sh-qovurg‘a uchburchagi;
10–diafragmaning qovurg‘a qismi.


156
Diafragmaning to‘sh qismi
 
to‘sh suyagining orqa yuzasidan 
bosh lanadi. To‘sh va qovurg‘a qismlari o‘rtasida ham mushak 
tolalari bo‘lmagan to‘sh-qovurg‘a uchburchagi bor. Uni ham 
yuqo ri tomondan plevra, pastdan esa qorinparda va fassiyalar 
qoplagan bo‘lib, unda diafragma churrasi hosil bo‘lishi mum-
kin. Diafragmaning pay markazida pastki kavak vena o‘tadigan 
teshik
 
bor.
Faoliyat jihatidan diafragma asosiy nafas mushagi hisoblana di. 
U qisqarganida gumbazi yassilanib ko‘krak qafasi kengayadi va na-
fas olinadi. 
Ko‘krak fassiyalari
. Ko‘krak sohasida yuza fassiya yaxshi rivoj-
lanmagan bo‘lib, u sut bezlarini o‘rab, uning ichida biriktiruvchi 
to‘qimali to‘siqlar hosil qiladi.
Ko‘krak ustidagi fassiya
 
yuza va chuqur qatlamlardan ibo-
rat bo‘lib katta ko‘krak mushagini old va orqa tomondan o‘ray-
di. Ko‘krak fassiyasining yuza qatlami yuqoridan o‘mrov suyagiga, 
medial tomondan to‘sh suyagining oldingi yuzasiga birikadi. U la-
teral va yuqoriga deltasimon mushak, pastga qo‘ltiq osti fassiyasiga 
davom etadi. Uning chuqur qatlami kichik ko‘krak va o‘mrov osti 
mushaklarini o‘rab, qo‘ltiq osti fassiyasiga o‘tib ketadi.
Ko‘krak xususiy fassiyasi
 
tashqi qovurg‘alararo mushak va qo-
vurg‘alarni tashqi tomondan qoplagan pishiq qatlamdan iborat.
Ko‘krakning ichki fassiyasi
 
ko‘krak qafasini ichki tomondan 
qop laydi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin