Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

90-rasm. Bosh va bo‘yin
mushaklari. O‘ng tomondan ko‘rinishi:
1–kallaning pay qalpog‘i; 2–ensa-peshona 
mushagining peshona qorinchasi
3–ustki labni ko‘taruvchi mu shak; 
4–kichik yonoq mu shagi; 5–katta 
yonoq mushagi; 6–pastki labni
pastga tortuvchi mushak; 7–kulgu 
mu shagi; 8–og‘iz burchagini pastga 
tortuvchi mushak; 9–bo‘yinning
teri osti mushagi; 10–ko‘zning
aylanma mushagi; 11–quloq
sup rasining orqa mushagi;
12–ensa-peshona mushagining
ensa qorinchasi; 13–quloq
sup rasining ustki mushagi.
Kalla gumbazi ust tomondan 
kalla usti mushagi
(m. epicra-
nius)
 
bilan qoplangan. U peshona qorinchasi,
 
ensa qorinchasi
 
va 
ularni o‘zaro qo‘shib turgan kallaning pay qalpog‘idan iborat. Bu 
mushakning ensa qorinchasi ensaning yuqori bo‘yin chizig‘ining 
lateral 2/3 qismidan boshlanib, kallaning pay qalpog‘iga o‘tib ke-
tadi. Uning pe shona qorinchasi kallaning pay qalpog‘idan bosh-
lanib, qosh sohasi terisiga birikadi. Kallaning pay qalpog‘i yassi 
fibroz qatlamdan iborat bo‘lib, kalla qopqog‘ining katta qismini 
qoplaydi. U bilan kalla qop qog‘ini qoplagan suyak parda o‘rta sida 
yumshoq biriktiruvchi to‘qima qatlami joylashgan. Shuning uchun 
ensa-peshona mushagi qisqarganida bosh terisi kallaning pay qal-
pog‘i bilan birga kalla gumbazi ustida erkin harakat qiladi.
Faoliyati: ensa qorinchasi bosh terisini orqaga tortadi, pesho-
na qorinchasi esa peshona terisini yuqoriga ko‘tarib, peshonada 
ko‘ndalang burmalar hosil qilib, qoshni yuqoriga ko‘taradi.
Takabburlik mushagi 
burun suyagining tashqi yuzasidan bosh-
lanib, yuqoriga yo‘naladi va peshona terisiga birikadi.
Faoliyati: ikki qosh o‘rtasida ko‘ndalang egat va burmalar ho-
sil qiladi.
Ko‘z yorig‘ini o‘ragan mushaklarga:

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin