167
2. Kurak-kekirdak uchburchagi orqa va past tomondan to‘sh-
o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushak, orqa va ust tomondan kurak-til
osti
mushagining yuqori qorinchasi, old tomondan kekirdak bi-
lan chegaralangan.
3. Pastki jag‘ osti uchburchagi yuqoridan pastki jag‘, pastdan
ikki qorinchali mushakning oldingi va orqa qorinchalari bilan
chegaralangan. Bu sohada jag‘
osti bezi, qon tomirlar va nervlar
joylashadi. Bu uchburchak sohasidagi jarrohlikda katta ahamiyat-
ga ega bo‘lgan til (Pirogov) uchburchagi tafovut qilinadi. U old
tomondan pastki jag‘-til osti suyagi
mushagining orqa chekkasi,
past va orqa tomondan ikki qorinchali mushakning orqa qorin-
chasi, yuqoridan til osti nervi bilan chegaralangan bo‘lib, unda til
arteriyasi yotadi.
Bo‘yinning yon tomonida narvonsimon mushaklar orasida
ham uchburchak shaklidagi oraliqlar bo‘lib,
bulardan qon tomir
va nerv lar o‘tadi.
1. Narvonsimonaro oraliq
oldingi va o‘rta narvonsimon mu-
shak o‘rta sida, pastdan I qovurg‘a bilan chegaralangan. Undan
o‘mrov osti arte riyasi va yelka chigali poyalari o‘tadi.
2.
Narvonsimon oldi oraliq
oldindan to‘sh-qalqonsimon va
to‘sh-til osti mushaklari, orqadan oldingi narvonsimon mushak
bilan chegaralangan. Bu oraliqdan o‘mrov osti venasi va kurak
osti arteriyasi o‘tadi.
Bosh mushaklari va fassiyalari
Bosh mushaklari mimika va chaynov mushaklariga bo‘linadi.
Mimika mushaklari tananing boshqa sohasi mushaklaridan o‘zi-
ning kelib chiqishi, birikishi va faoliyati bilan farq qiladi (90-
rasm). Ular teri ostida yuza joylashib, fassiyalar bilan qoplanmay-
di,
suyaklardan bosh lanib, teriga birikadi. Shuning uchun ular-
ning qisqarishi terini harakatga keltirib, odamning hissiyotini ifo-
dalaydi. Mimika mu shaklari ko‘proq tabiiy
teshiklar atrofida joy-
lashgan bo‘lib, tolalari aylanma yoki radial yo‘nalishga ega. Joy-
lashgan joyiga qarab mimika mu shaklari kalla gumbazi mushak-
lari; ko‘z yorig‘ini o‘ragan mu shaklar; burun teshigini o‘ragan
mushaklar; og‘iz yorig‘ini o‘ragan mushaklar va quloq suprasini
o‘ragan mushaklarga bo‘linadi.